Markirovka kodlarini agregatsiya qilish — raqamli markirovka tizimidagi muhim bosqichdir. U iste’mol qadoqlaridagi (butilka, banka, qadoq va h.k.) markirovka kodlarini guruh qadoqlari (blok, poddon, palleta va h.k.) yoki transport qadoqlari (quti, palleta va h.k.) kodlari bilan bog‘laydi.
Agregatsiya natijasida kodlar “agregatsiya daraxti” yoki “matryoshka” shaklida bog‘lanadi va barcha qadoqlar o‘rtasidagi aloqani quyidagicha saqlaydi:
Yuqoridan pastga:
palleta raqami orqali undagi barcha blok qadoqlar kodlarini aniqlash mumkin;
blok qadoq kodi orqali uning ichidagi barcha iste’mol qadoqlari kodlarini aniqlash mumkin;
Pastdan yuqoriga:
iste’mol qadoq kodi orqali u qaysi blok qadoqqa joylashtirilganini aniqlash mumkin;
blok qadoq kodi orqali u qaysi palleta ustiga joylashtirilganini aniqlash mumkin.
Agregatsiya nima uchun kerak?
Agregatsiya tovarlarning elektron kuzatuvini va logistika zanjiri bo‘ylab harakatini monitoring qilishni ta’minlaydi:
elektron hujjatlarni rasmiylashtirishda (GTD, ESF, chek va h.k.) faqat guruh yoki transport qadoqlari kodlari skaner qilinadi;
hujjatlar qayta ishlanganda tizim “matryoshka”ni avtomatik ravishda ochadi va operatsiyani ham agregatsiya kodi, ham ichki qadoqlar uchun ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Shu tariqa, ishlab chiqarishda agregatsiya qilish ichki iste’mol qadoqlarini skanerlashsiz, faqat agregatsiya kodlari orqali operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bu esa hisob-kitobni soddalashtiradi va jo‘natish/qabul qilish vaqtini qisqartiradi.
Tovar aylanmasi ishtirokchilari mahsulotni agregatsiyalangan qadoqda (agregatsiya kodlari bo‘yicha) qabul qilishi va uni ham agregatsiyalangan holda, ham iste’mol qadoqlari bo‘yicha sotishi mumkin.
Agregatsiya hisobotining tarkibi
Agregatsiya hisobotida quyidagilar bo‘ladi:
umumiy ma’lumotlar (ariza beruvchi, faoliyat joyi, agregatsiya bajarilgan sana va vaqt);
-
shakllantirilgan agregatsiya kodlari ro‘yxati:
ota (parent) qadoq kodi (agregatsiya kodi);
rejalashtirilgan sig‘im (kutilayotgan ichki qadoqlar soni);
amaldagi sig‘im (haqiqiy ichki qadoqlar soni);
ichki qadoqlar kodlari.
E’tibor bering:
agregatsiya monotovar bo‘lishi kerak (bir xil mahsulot nomi / shtrix-kod);
ishlab chiqaruvchi qayta agregatsiya orqali tarkibni yangilashi mumkin;
tovar aylanmasi jarayonida agregatsiya tarkibi o‘zgarishi mumkin.
Agregatsiya tarkibini qanday aniqlash mumkin?
Agregatsiyaning umumiy tarkibi (mahsulot nomi va soni) quyidagilarda mavjud:
tovar aylanmasi ishtirokchisining shaxsiy kabinetida;
Asl Belgisi mobil ilovasida;
tizimning ochiq API’sida.
To‘liq (pokodli) tarkib faqat joriy egasiga mavjud.
Agregatsiyani qanday tekshirish mumkin?
Asl Belgisi mobil ilovasida “Agregatsiyani tekshirish” funksiyasi mavjud:
agregatsiya kodini skaner qiling;
ichki qadoqlar kodlarini skaner qiling;
“Tekshirish”ni tanlang.
Yirik korxonalar bu funksiyani o‘z tizimlariga API orqali integratsiya qilishi mumkin.
Agregatsiya hisobotini qanday topshirish mumkin
Glossariy
Термин |
Описание |
IK(IQIK) |
Iste’molchi qadoqlashining identifikatsiya kodi |
GQIK |
Guruhli qadoqlashning identifikatsiya kodi |
TIK (SET) |
To'plam identifikatsion kodi |
TQIK |
Transport qadoqlashning identifikatsiya kodi (quti, paleta) |
SSCC |
Serial Shipping Container Code — transport qadoqlashning seriyali kodi (tizimda bu KITU sifatida ko‘rsatiladi) |
Agregatsiya hisoboti yaratish
MAT "ASL BELGISI" shaxsiy kabinetida operatsiyalar bilan ishlash uchun, "Kodlar bilan operatsiyalar" bo‘limiga o‘ting va "Shaxsiy operatsiyalar" bo‘limchani tanlang. Ushbu bo‘limda "Operatsiya yaratish" → "MK agregasiyalash" tugmasini bosing.
"MK agregasiyalash" operatsiyasini yaratish faqat "Hujjat yaratuvchisi – Agregatsiya" roli faollashtirilgan foydalanuvchilar uchun mumkin. Rollarni qo‘shish haqida batafsil ma’lumot: xTrace: Foydalanuvchi profili - Rol tayinlash
"Umumiy ma’lumotlar" bo‘limida quyidagi majburiy maydonlarni to‘ldiring ( * bilan belgilangan):
Faoliyat yuritish joyi (MO‘J) – ro‘yxatdan tanlanadi
Qadoqlash sanasi – agregatsiya shakllantirilgan sana
Ishlab chiqarish buyurtma raqami – ixtiyoriy
"Agregatsiya ma’lumotlari" bo‘limida quyidagilarni to‘ldiring:
Qadoqlash kodi – SSCC agregatsiya kodi yoki guruhli qadoqlash kodi
Ota (yuqori) qadoqdan ajratish
Qadoqdagi maksimal dona soni – qadoq sig‘imi
Agregatsiyalanuvchi mahsulotlar haqida ma’lumot (.csv formatda fayl yuklash) – KI ro‘yxatini o‘z ichiga olgan faylni yuklang
❗MUHIM: “Agregatsiya” hisoboti uchun CSV-faylda kalit va tekshiruv kodi (kriptografik dum) kiritilmaydi.
Fayl yuklanganda quyidagi shartlarga rioya qilinishi tekshiriladi:
Fayl .csv formatda va bo‘sh emas
Har bir kod yangi qatordan yozilgan
Quyidagi belgilar ishlatilgan:
ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZabcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789!”%&’*+-./_,:;=<>?()Kiritilgan kodlar yagona (takrorlanmagan)
Agregatlarga bevosita joylashtiriladigan (birinchi qatlam) qadoqlar sonining maksimal miqdori, qadoq turlari bo‘yicha:
KIGU (GROUP) |
200 |
TQIK (BOX_LV_1) |
1 500 |
To'plam (SET) |
200 |
Pallet (BOX_LV_2) |
500 |
Hisobotlarni ko‘rish
"MK agregasiyalash" operatsiyalarini ko‘rish uchun "Kodlar bilan operatsiyalar" bo‘limiga o‘ting va "Operatsiya turi" maydoniga filtr o‘rnating.
Hisobotlar quyidagi holatlarda ko‘rsatiladi:
Tekshirilmoqda – Hisobot tizimda tekshirilmoqda
Qisman qayta ishlandi — hisobotda noto'g'ri kodlar aniqlandi. Amal faqat to'g'ri kodlar bo'yicha bajarildi; qolganlar bo'yicha xatolar qayd etildi.
Muvaffaqiyatli bajarildi – Hisobot muvaffaqiyatli qayta ishlangan
Xatolik bilan bajarildi – Hisobotda xatoliklar mavjud. Sabab interfeysda ko‘rsatiladi
⚠️ Servis-provayder operatsiyalarini ko‘rish uchun "Servis-provayder operatsiyalari" bo‘limchasini tanlang.
Tizim tomonidan agregatsiya hisobotini tekshirishning umumiy tamoyillari
Foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali «KM agregatsiyasi»ni shakllantirish faqat bitta agregatsiya kodi uchun mumkin.
Shakllantirilayotgan agregatsiyaning barcha kodlari monotovarli bo'lishi, ya'ni bir xil GTINga ega bo'lishi shart.
«Dezagregatsiya qilingan» holati
«Dezagregatsiya» — transport qadoqlanmasining yaxlitligi buzilishi.
Hujjatlar va operatsiyalar doirasida ichki kodlardan foydalanish agregatning holatini o'zgartiradi.
Quyidagi jadvalda ichki kodlardan foydalanish stsenariylariga qarab agregatning holat o'zgarishlari keltirilgan.
Hujjat/Operatsiya |
Stsenariy |
KITU holati |
KIGU holati |
Agregatsiya |
Ichki kodlarni qo'shish (qayta agregatsiya) |
Shakllangan (tarkib yangilangan) |
|
Kodlar sonini kamaytirish (>1) | |||
Barcha kodlarni boshqa agregatga ko'chirish |
Tarqatilgan (kodlar ajratilgan) |
Shakllangan (tarkib yangilangan) |
|
EHF |
Ichki kodni uzatish |
Tarqatilgan (kodlar ajratilgan) |
|
Agregatni uzatish |
Barcha kodlarni uzatish (agregat bilan birga) |
||
Muomaladan chiqarish |
Ichki kodni sotish |
Shakllangan (tarkib yangilangan) |
Tarqatilgan (kodlar ajratilgan) |
Agregatni sotish |
Barcha kodlarni chiqarish (agregat bilan birga) |
||
Hisobdan chiqarish akti |
Ichki kodni hisobdan chiqarish |
Shakllangan (tarkib yangilangan) |
Tarqatilgan (kodlar ajratilgan) |
Agregatni hisobdan chiqarish |
Barcha kodlarni hisobdan chiqarish (agregat bilan birga) |
||
Boshqa barcha hujjatlar/Operatsiyalar |
Ichki koddan foydalanish |
Tarqatilgan (kodlar ajratilgan) |
|
🟢 Shakllangan (tarkib yangilangan)
🔴 Tarqatilgan (kodlar ajratilgan)
🔵 Barcha kodlar ustida amal (uzatish / chiqarish / hisobdan chiqarish)
Agregatga joylashtirilgan KI kodlarini operatsiyalarda — EHF bo'yicha uzatish/sotish, chakana savdo va boshqalarda — ishlatilganda agregatsiya kodi o'z yaxlitligini yo'qotadi va bundan keyin ishlatilishi mumkin bo'lmaydi (dezagregatsiya qilinadi).
Ichki iste'mol kodini boshqa KITUga ko'chirishda (bunda ko'chirilayotgan KITUda boshqa ichki kodlar mavjud bo'lsa) KITU dezagregatsiya qilinmaydi.
Transport qadoqlanmasining yaxlitligini saqlash uchun KITUda kamida 1 ta iste'mol kodi bo'lishi shart.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish