Foydalanuvchilarni qo‘shish ularga shaxsiy kabinetda ishlash, markirovka kodlarini buyurtma qilish va boshqa operatsiyalarni bajarish imkoniyatini taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchini shaxsiy kabinetga qo‘shish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:
1. "Tashkilot profili" bo‘limiga o‘tish.
2. "Foydalanuvchilar" bo‘limini ochish.
3. "Foydalanuvchi qo‘shish" tugmasini bosish.
⚠️Foydalanuvchi qo‘shish opsiyasi faqat "Administrator" roliga ega ishtirokchilar uchun mavjud. "Administrator" roli tizimda birinchi bo‘lib muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga avtomatik tarzda beriladi.
Majburiy maydonlarni to‘ldirish kerak (yulduzcha * bilan belgilangan):
Foydalanuvchining F.I.Sh. (barcha tillarda);
Lavozimi (barcha tillarda, ixtiyoriy);
Ishtirokchi turi (ishtirokchi uchun mavjud variantlardan tanlanadi);
Foydalanuvchi turi (biznes foydalanuvchi / texnik foydalanuvchi) — tizimda ishlash usuliga qarab tanlanadi. (Batafsil: Foydalanuvchi turi haqida);
Tizimga kirish usuli quyidagilardan biri orqali tanlanadi:
- jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi (ERI) orqali;
- yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi (ERI) orqali;
- login va parol orqali (majburiy, agar foydalanuvchi turi "Texnik foydalanuvchi" bo‘lsa);login va parol orqali (majburiy, agar foydalanuvchi turi "Texnik foydalanuvchi" bo‘lsa);
Kontakt ma’lumotlari (majburiy – e-mail, ixtiyoriy – telefon raqami).
Foydalanuvchiga mavjud tovar guruhlari (ishtirokchi uchun belgilangan ro‘yxatdan) tanlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati yuritish joylari (MOD) ishtirokchisi tomonidan belgilangan hududlar.
Rollar (foydalanuvchiga berilishi kerak bo‘lgan vakolatlar majmuasi) (Batafsil: Foydalanuvchi roli haqida).
Foydalanuvchi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng:
Foydalanuvchi ma’lumotlari tizimda saqlanadi va unga unikal identifikator (login) beriladi. Foydalanuvchining statusi "Faollashtirilmagan" deb belgilanadi.
Foydalanuvchining shaxsiy kabineti faollashtirilishi uchun maxsus parol yaratiladi va foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi. Ushbu xabarnoma foydalanuvchini tizimga faollashtirish uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Foydalanuvchi xatdagi havola orqali tizimga kirgandan so‘ng: Elektron raqamli imzo (ERI) sertifikatini saqlaydi yoki login-parol orqali tizimga kirish ma’lumotlarini kiritadi (foydalanuvchi turiga qarab). Autentifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchining hisob qaydi avtomatik ravishda faollashadi va statusi "Faollashtirilgan" bo‘lib o‘zgaradi.
⚠️ Agar foydalanuvchi faollashtirish havolasining amal qilish muddati (7 kun) davomida tizimda autentifikatsiyadan o'tmasa yoki boshqa sababga ko'ra hisobini faollashtira olmasa, u "Hisobni faollashtirish kodini tiklash" funksiyasi orqali yangi faollashtirish kodini mustaqil ravishda olishi mumkin.
Foydalanuvchi turi tizim bilan o‘zaro ishlash usulini belgilaydi hamda foydalanuvchining huquqlari va foydalanish ssenariylarini ajratib beradi.
Tizimda foydalanuvchilarning ikki turi mavjud:
| Foydalanuvchi turi | Tavsifi |
| Biznes foydalanuvchi | Tashkilot nomidan tizimning veb-interfeysi orqali ishlash va barcha API so‘rovlaridan foydalanish imkonini beradi. |
| Texnik foydalanuvchi | Tashkilot nomidan faqat API so‘rovlari orqali, shu jumladan ishlab chiqarish API metodlaridan foydalanish uchun mo‘ljallangan. |
Foydalanuvchi turi parametri Umumiy ma'lumotlar bo‘limini to‘ldirishda tanlanadi.
⚠️ Muhim ma'lumotlar
Biznes foydalanuvchi
- Tizimda kamida bitta Biznes foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
- Shaxsiy kabinetga kirish Elektron raqamli imzo (ERI) orqali amalga oshiriladi.
- Tegishli rolga ega Biznes foydalanuvchi Open API so‘rovlarida autentifikatsiya qilish uchun API kalitini yaratishi mumkin.
- Biznes foydalanuvchilar soni cheklanmagan.
Texnik foydalanuvchi
- Tizimning veb-interfeysiga kirish huquqiga ega emas.
- Rollarni tanlash imkoniyatlari Biznes foydalanuvchidan farq qiladi (qarang: Rollarni tayinlash).
- Foydalanuvchi identifikatori (login) avtomatik ravishda yaratiladi.
- Parol foydalanuvchini faollashtirish vaqtida belgilanadi (qarang: Foydalanuvchini qo‘shish).
- Parolni tiklash texnik foydalanuvchini bloklash va qayta faollashtirish orqali amalga oshiriladi.
- Har bir Tovar aylanmasi ishtirokchisi turli dasturiy mahsulotlar yoki ishlab chiqarish maydonchalari uchun bir yoki bir nechta texnik foydalanuvchi yaratishi mumkin.
- Texnik foydalanuvchilar soni cheklanmagan.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish