Ushbu bo’limdagi maqolalar

RMT: E’lon qilingan mahsulot kartalari katalogi

2024-yil 13-sentabrdan boshlab, "ASL BELGISI" MPT (Mahsulotlarni raqamli markirovkalash milliy axborot tizimi) barcha foydalanuvchilari uchun "Markirovkalangan mahsulotlar reestri" dagi ro‘yxatdan o‘tgan mahsulot kartalarining to‘liq katalogini ko‘rish imkoni mavjud.
Katalog tovar aylanmasi ishtirokchilari uchun foydalanuvchi roli qat’i nazar, ko‘rish uchun ochiq.

1-qadam: "ASL BELGISI" shaxsiy kabinetiga avtorizatsiya

"ASL BELGISI" shaxsiy kabinetiga kirish uchun tovar aylanmasi ishtirokchisi amaldagi rahbari yoki ishonchli foydalanuvchisining elektron raqamli imzosi (ERI) orqali avtorizatsiyadan o‘ting.

gl.jpg

2-qadam: Operator bilan shartnomani shaxsiy kabinetda tasdiqlash

Tizim tomonidan shakllantirilgan shartnomani tasdiqlash uchun "Profil" bo‘limiga o‘tish va "Operator hujjatlari" bo‘limiga kirish kerak.
"Operator hujjatlari" bo‘limida "Asosiy" bo‘limga o‘tib, tovar guruhlari bo‘limlari va tizim tomonidan shartnoma imzolash zaruriyati haqida ko‘rsatmalar bilan ma’lumotlar ochiladi.

Требуется подписание.jpg

подтвержден.png

Batafsil ma’lumot: NIS MPT: Operator bilan shartnoma imzolash
3-qadam: "Markirovkalangan mahsulotlar reestri" bo‘limi
"Markirovkalangan mahsulotlar reestri" bo‘limiga o‘ting va "Mahsulotlar" bo‘limi ichidan "E’lon qilinganlar" yorlig‘ini tanlang.

gl4.jpg

4-qadam: "E’lon qilinganlar" yorlig‘i
"E’lon qilinganlar" yorlig‘ida tovar aylanmasi ishtirokchisining moderatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan mahsulot kartalari ro‘yxati mavjud.

Screenshot_134.png

Standart tarzda tizimda faqat o‘z mahsulot kartalaringiz ko‘rsatiladi.
To‘liq katalogni ko‘rish uchun asosiy filtrdan foydalanib, ro‘yxatdan "Barchasi" variantini tanlash kerak:

Asosiy filtr ⬇️

Keyinroq GTIN, mahsulot nomi, ariza beruvchining STIR raqami, TIF TN kodi va hokazolar bo‘yicha qo‘shimcha filtrlar orqali qidiruvni amalga oshirish mumkin.
Agar asosiy filtr o‘rnatilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha filtrlar faol bo‘lmaydi.

Qo‘shimcha filtr ⬇️

⚠️ Cheklovlar:
Mahsulot kartasining to‘liq ko‘rinishini (kartaga o‘tish) faqat shu mahsulot kartasini ro‘yxatdan o‘tkazgan UOT foydalanuvchisi yoki unga ishonch bildirilgan UOT ko‘rishi mumkin.

Boshqa ariza beruvchilarning "Moderatsiyada" yoki "Qoralama" statusidagi e’lon qilinmagan mahsulot kartalarini ko‘rish mumkin emas.

Ko‘rsatiladigan ma’lumotlarni sozlash imkoniyati mavjud.

Screenshot_135.png

 Misol uchun, agar sizga mahsulotning to‘liq nomini ko‘rsatish kerak bo‘lsa,

"Jadval ustunlari sozlamalari" opsiyasidan foydalaning va kerakmas ustunlarni o‘chirib qo‘ying⬇️

 

Jadvaldagi faol ustunlar maydoni kengayadi⬇️

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 8 из 9

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish