O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 833-son qarori, 29-band, “o–p” kichik bandlariga muvofiq:
Tovarlarni markirovka axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar aylanmasi ishtirokchisi tovarlar katalogiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
o) tovarning turli rakurslardagi foto tasvirlari;
p) operator tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilangan va operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa tegishli ma’lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Raqamli markirovka operatori tomonidan qo‘yilgan talablarga muvofiq, tovarlar aylanmasi ishtirokchisi mahsulot kartasini joylashtirishda quyidagilarni taqdim etishi shart:
bir xil tovarning besh xil rakursdagi beshta fotosurati (oldi, orqa, o‘ng, chap va yuqoridan) oq fonda, fotosuratlardan bittasida mahsulotning shtrix-kodi (GTIN) ko‘rinishi kerak ⬇️
butilkalar, bankalar va shunga o‘xshash turdagi tovarlar uchun uch xil rakursdagi uchta fotosurat (oldi, orqa va yuqoridan) oq fonda, fotosuratlardan bittasida mahsulotning shtrix-kodi (GTIN) ko‘rinishi kerak ⬇️
blisterlar va faqat ikki yuzaga ega boshqa tovarlar uchun ikki rakursdagi ikkita fotosurat (yuqoridan va pastdan) oq fonda, fotosuratlardan bittasida mahsulotning shtrix-kodi (GTIN) ko‘rinishi kerak ⬇️
Shu bilan birga, har bir fotosurat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- bir xil mahsulot/qadoq rangining rakurs o‘zgarganda turlicha ko‘rinishidagi rang og‘ishlari bo‘lmasligi;
- rang imkon qadar to‘yingan va yorqin bo‘lishi;
- yaltirashlar (bliklar) bo‘lmasligi;
- soyalar bo‘lmasligi;
- tasvir katta chuqurlikdagi fokus bilan olingan bo‘lishi;
- fotosuratni kamida 200% kattalashtirganda matn o‘qiladigan bo‘lishi;
- mahsulot/qadoq yoritilishi bir xil bo‘lishi;
- mahsulot/qadoq barcha yordamchi elementlari bilan birga kadrga to‘liq sig‘ishi;
- mahsulot/qadoq iflos yoki ezilgan holda bo‘lmasligi;
- ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati va aksiz markasi retush qilinishi;
- tasvirdagi obyekt gorizontal bo‘yicha tekislangan bo‘lishi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
⚠️ Mahsulot fotosurati (majburiy)
⚠️ Mahsulot fotosurati rakursi (majburiy)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 3-noyabrdagi №14-4/143337-son xati. ⬇️
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish