Ushbu bo’limdagi maqolalar

“MXIK reyestri” ATdagi 3006-tovar subpozitsiyasi

Ochiladigan ro‘yxatdan/ma’lumotnomadan markalanadigan tovar tegishli bo‘lgan MXIK subpozitsiyasini tanlash kerak.

MXIK nima

MXIK – mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi bo‘lib, ma’lum bir tovar yoki xizmat turiga beriladigan va elektron hisob-fakturalar, elektron shartnomalar hamda KKM cheklarida aks ettiriladigan belgilar (raqamlar) to‘plami ko‘rinishida taqdim etiladi.

MXIK kodlari ma’lumotnomasi ierarxik tuzilishga ega:

  • guruh
  • sinf
  • pozitsiya
  • subpozitsiya

MXIK nimaga ta’sir qiladi

  • Yagona elektron milliy mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) katalogida tovarni ro‘yxatdan o‘tkazish
  • elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirish
  • fiskal hujjatlarni (onlayn KKM cheklarini) rasmiylashtirish

MXIK subpozitsiyasini qanday aniqlash mumkin

Taqdim etilgan ro‘yxatdan mos qiymatni tanlab, MXIK subpozitsiyasini ko‘rsating. Siz tanlagan qiymat tovarni ro‘yxatdan o‘tkazish va Yagona elektron milliy mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) katalogida MXIK kodini berish uchun ishlatiladi
MXIK kodlarining to‘liq ro‘yxati bilan Yagona elektron milliy mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) katalogi saytida tanishish mumkin.
 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 5 из 7

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish