Ushbu bo’limdagi maqolalar

«ASL BELGISI. BUSINESS» mobil ilovasida markirovka kodlarini tekshirish

ASL BELGISI tizimida markirovka kodlarini quyidagi usullarda tekshirish mumkin:

  • Tovarlar muomalasi ishtirokchisining shaxsiy kabinetida. Tekshirishni alohida markirovka kodi bo‘yicha ham, filtrlardan foydalanib bir nechta kod bo‘yicha ham bajarish mumkin. Batafsil: Kodlar (MKni tekshirish).

  • API yordamida. Markirovka kodlari (MK) haqidagi ma’lumotlarni Open API 9.1–9.4 usullari yordamida olish mumkin. Bitta so‘rovda 1000ta markirovka kodini yuborish mumkin. Batafsil: xTrace: Open API tavsifi.

  • «ASL BELGISI. BUSINESS» mobil ilovasida. Ilova Google Play va App Store do‘konlarida mavjud. Markirovka kodini ikki usulda tekshirish mumkin: identifikatsiya kodini qo‘lda kiritish yoki qurilma kamerasi yordamida to‘liq kodni skanerlash. Batafsil: «ASL BELGISI. BUSINESS» mobil ilovasi.

«ASL BELGISI. BUSINESS» mobil ilovasida kodlarni tekshirish

«ASL BELGISI. BUSINESS» mobil ilovasida markirovka kodini quyidagi usullardan biri yordamida tekshirish mumkin:

Tekshirish natijasida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

  • Data Matrix formatida shifrlangan tekshirilayotgan kod;

  • markirovka kodini tekshirish holati va tegishli ko‘rsatmalar;

  • markirovka kodi haqidagi ma’lumotlar — faqat kod ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa ko‘rsatiladi.

Mobil ilova kamerasi yordamida kodni skanerlash

Markirovka kodi va tovar haqidagi ma’lumotlarni olish uchun avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi «Skanerlash» bo‘limini tanlashi va mobil qurilma kamerasi yordamida quyidagilarni skanerlashi kerak:

  • tovar yoki qadoqdagi identifikatsiya vositasini (Data Matrix, GS1 Data Matrix). Iste’molchi, guruhli va transport qadoqlaridagi kodlarni skanerlash qo‘llab-quvvatlanadi;

  • tovar yoki qadoq shtrixkodi (GTIN).

Agar markirovka kodi skanerlangan va u ASL BELGISI tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, kodning to‘liq satri, jumladan identifikatsiya kodi (IK) va kriptografik qismi (kriptoqoldiq) haqiqiyligi tekshiriladi.

Agar markirovka kodi ASL BELGISI tizimida topilmasa, foydalanuvchiga tekshirish natijasi haqidagi tegishli ma’lumot ko‘rsatiladi.

сканирование uzb.gif

 

Markirovka kodi tushirilgan fotosuratni galereyadan yuklash

Ushbu funksiya identifikatsiya vositasini kamera orqali bevosita skanerlamasdan, uning fotosurati bo‘yicha markirovka kodi (KIPU, KIGU, KITU) yoki tovar (GTIN) haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Quyidagilarni aniqlash qo‘llab-quvvatlanadi:

  • bir o‘lchamli EAN / SSCC shtrixkodlarini;

  • ikki o‘lchamli Data Matrix kodlarini.

Tekshirish uchun:

  1. «ASL BELGISI. BUSINESS» mobil ilovasida avtorizatsiyadan o‘ting va «Skanerlash» bo‘limini tanlang.

  2. Skanerlash ekranida «Fotosuratni yuklash» bandini tanlang.

  3. Mobil qurilma galereyasi yoki fayllar xotirasidan kod tushirilgan fotosuratni tanlang va yuklashni tasdiqlang.

Fotosurat qayta ishlangandan so‘ng mobil ilovada kodni tekshirish natijasi ko‘rsatiladi.

по фото uzb.gif

Yuklangandan so‘ng mobil ilova fotosuratni qayta ishlaydi:

  • agar fotosuratda shtrixkod yoki Data Matrix kodi aniqlansa, kod ASL BELGISI tizimidan qidiriladi, shundan so‘ng tekshirish natijasi ko‘rsatiladi;

  • agar shtrixkod yoki Data Matrix kodi aniqlanmasa, quyidagi ogohlantirish ko‘rsatiladi: «Fotosuratda shtrixkod yoki Data Matrix kodi mavjud emas. Iltimos, boshqa fotosurat yuklang».

Markirovka kodini qo‘lda qidirish

Ushbu funksiya identifikatsiya vositasini skanerlamasdan markirovka kodi (KIPU, KIGU, KITU) yoki tovar (GTIN) haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Kodni qo‘lda kiritish yoki almashish buferidan, masalan, uni birlamchi hujjatdan (ESF) nusxalab joylashtirish mumkin.

Tekshirish uchun:

  1. «ASL BELGISI. BUSINESS» mobil ilovasida avtorizatsiyadan o‘ting va «Skanerlash» bo‘limini tanlang.

  2. Skanerlash ekranida «Qo‘lda kiritish» bandini tanlang.

  3. Ochilgan maydonga kodni kiriting yoki uni almashish buferidan joylashtiring. Bitta so‘rovda faqat bitta kodni tekshirish mumkin. Markirovka kodi tekshirish kaliti va tekshirish kodisiz (kriptoqoldiqsiz) kiritilishi kerak.

  4. «Tekshirish» tugmasini bosing.

Qidiruv bajarilgandan so‘ng ekranda ASL BELGISI tizimida kodni tekshirish natijasi ko‘rsatiladi.

по коду uzb.gif

Qidiruvni bajarishdan oldin mobil ilova kiritilgan ma’lumotlarni, jumladan, taqiqlangan belgilar mavjudligini va kod uzunligi belgilangan talablarga muvofiqligini avtomatik tekshiradi.

  • Agar kiritilgan ma’lumotlar tekshiruvdan o‘tsa, ASL BELGISI tizimida kod qidiriladi va tekshirish natijasi ko‘rsatiladi.

  • Agar kiritilgan ma’lumotlar belgilangan talablarga mos kelmasa, quyidagi ogohlantirish ko‘rsatiladi: «Kiritilgan ma’lumotlar markirovka kodi emas».

Kodni tekshirish yakunlari bo‘yicha natijalar va ko‘rsatmalar

Markirovka kodi belgilangan parametrlar bo‘yicha, ularning ustuvorligini hisobga olgan holda, ketma-ket tekshiriladi.

Tekshirish natijasida mobil ilovada kod holati va tegishli ko‘rsatmalar ko‘rsatiladi.

Agar bir vaqtning o‘zida bir nechta parametr bo‘yicha nomuvofiqlik aniqlansa, foydalanuvchiga aniqlangan barcha tekshirish natijalari ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Masalan:

  • yaroqlilik muddati tugagan;

  • kod boshqa TMOga tegishli.

Tekshiruv

Tovar guruhi

Qo‘shimcha tekshiruvlar

Ko‘rsatiladigan matn va fon

1 Skanerlangan markirovka kodi tizimda topilmadi Kod topilmadi
2 Skanerlangan kodning kriptografik qismi noto‘g‘ri (kriptoqoldiq) Kod qalbaki
3 Kod holati «Olingan» Kod faollashtirilmagan
Holati «Hisobdan chiqarilgan» Kod muomaladan chiqarilgan 
Chek bo‘yicha sotilgan Kod sotilgan
HoReCa segmentida chek bo‘yicha sotilgan  Kod HoReCa segmentida hisobdan chiqarilgan
Boshqa sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarilgan Kod muomaladan chiqarilgan 
4

Yaroqlilik muddati tugash sanasi joriy sanadan oldin

Yaroqlilik muddati tugagan
5 Kengaytirilgan holati «To‘ldirilgan (AIKga joylashtirilgan)» Kod bloklangan (GTBda AIK qo‘llanilishini kutmoqda)
6

Kod holati «Tushirilgan»

Maishiy texnika Tushirish sanasi 01.12.2023 sanasiga teng yoki undan keyin Kod muomalaga kiritilmagan
Tushirish sanasi 01.12.2023 sanasidan oldin Kod muvaffaqiyatli tekshirildi
Emissiya turi «Qoldiqlarni markirovkalash»  Kod muvaffaqiyatli tekshirildi
Dori vositalari Tushirish sanasi 01.12.2023 sanasiga teng yoki undan keyin Kod muomalaga kiritilmagan
Tushirish sanasi 01.12.2023 sanasidan oldin Kod muvaffaqiyatli tekshirildi

Tamaki mahsulotlari 

Alkogol mahsulotlari 

Pivo va pivo ichimliklari

Tushirish sanasi 01.12.2023 sanasiga teng yoki undan keyin Kod muomalaga kiritilmagan
Tushirish sanasi 01.12.2023 sanasidan oldin Kod muvaffaqiyatli tekshirildi
Suv va salqin ichimliklar Tushirish sanasi 01.04.2026 sanasiga teng yoki undan keyin  Kod muomalaga kiritilmagan
Tushirish sanasi 01.04.2026 sanasidan oldin  Kod muvaffaqiyatli tekshirildi

Biologik faol qo‘shimchalar

Tibbiy buyumlar 

Mineral o‘g‘itlar

Oziq-ovqat moy-yog‘ mahsulotlari 

Tushirish sanasi 01.01.2027 sanasiga teng yoki undan keyin Kod muomalaga kiritilmagan
Tushirish sanasi 01.01.2027 sanasidan oldin Kod muvaffaqiyatli tekshirildi
7

Kodning joriy egasi skanerlagan ishtirokchiga tegishli

Kod muvaffaqiyatli tekshirildi
Kodning joriy egasi skanerlagan ishtirokchiga tegishli EMAS Kod boshqa ishtirokchiga tegishli
8 Skanerlangan kod avval cheklarda noto‘g‘ri ko‘rsatilgan Kod cheklarda ishlatilgan

Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan kodni tekshirish natijasi

Agar kod ASL BELGISI tizimidan topilsa, ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi tekshiruvni amalga oshirayotgan foydalanuvchining roli va huquqlariga bog‘liq bo‘ladi:

  • Qisqa (ommaviy) ma’lumotlar foydalanuvchi tashkiloti emitent, joriy egasi yoki servis-provayder bo‘lmasa, kod bilan bog‘liq operatsiyalarda ishtirok etmagan bo‘lsa yoki foydalanuvchida kod tegishli bo‘lgan tovar guruhi (TG) mavjud bo‘lmasa ko‘rsatiladi.

  • To‘liq ma’lumotlar, jumladan ommaviy va maxfiy ma’lumotlar, foydalanuvchi tashkiloti emitent, joriy egasi yoki servis-provayder bo‘lsa yoxud kod bilan bog‘liq operatsiyalarda ishtirok etgan bo‘lsa va foydalanuvchiga kod tegishli bo‘lgan tovar guruhi (TG) mavjud bo‘lsa ko‘rsatiladi.

Kod quyidagiga tegishli 

skanerlagan foydalanuvchiga

Kod skanerlagan foydalanuvchiga tegishli EMAS

1

Tovar guruhi

Tovar guruhi

2

Tovar toifasi

Tovar toifasi

3

Qadoq turi

Qadoq turi

4

Holati va uning kengaytirilgan holati (agar mavjud bo‘lsa)

Holati va uning kengaytirilgan holati (agar mavjud bo‘lsa)

5

Emitent (STIR + ishtirokchi nomi)

Emitent (STIR + ishtirokchi nomi)

6

Ishlab chiqarilgan sana (agar MKda to‘ldirilgan bo‘lsa)

Ishlab chiqarilgan sana (agar MKda to‘ldirilgan bo‘lsa)

7

Yaroqlilik muddati tugash sanasi (agar MKda to‘ldirilgan bo‘lsa)

Yaroqlilik muddati tugash sanasi (agar MKda to‘ldirilgan bo‘lsa)

8

Seriya/partiya (agar MKda to‘ldirilgan bo‘lsa)

Seriya/partiya (agar MKda to‘ldirilgan bo‘lsa)

9

Arizachining tovar tavsifi namunasidan olingan tovar tavsifi, tovar haqidagi ommaviy ma’lumotlar qismida

Arizachining tovar tavsifi namunasidan olingan tovar tavsifi, tovar haqidagi ommaviy ma’lumotlar qismida

10

qadoqlar uchun (guruhli/to‘plam/transport):

  1. Qadoq tarkibi (GTIN bo‘yicha iste’molchi qadoqlari soni)

  2. Agregatning tovar toifalari

qadoqlar uchun (guruhli/to‘plam/transport):

  1. Qadoq tarkibi (GTIN bo‘yicha iste’molchi qadoqlari soni)

  2. Agregatning tovar toifalari

11

Tovarni muomalaga chiqarish usuli

-

12

Joriy egasining STIRi va nomi

-

13

Ishlab chiqarilgan mamlakat

-

14

Qisman chiqarib ketish ulushi

-

15

Muomaladan chiqarish haqidagi ma’lumotlar (sana, chiqarish sababi)

-

16

qadoqlar uchun (guruhli/to‘plam/transport): Bo‘sh qadoq belgisi

-

17

tovar qadoqlari haqidagi ma’lumotlar (ichiga joylashtirilgan tovarlar uchun)

  1. Ota qadoq kodi (ota qadoq ustiga bosilganda ota kodga o‘tiladi)

  2. Qadoqlash sanasi

-

18

Kod hodisalari tarixi (faqat ruxsat etilgan hodisalar, ya’ni ishtirokchi kontragentlardan biri bo‘lgan hodisalar qismida):

  1. hodisa turi

  2. hodisa sanasi va vaqti

  3. arizachi-ishtirokchining STIRi va nomi

  4. oluvchi-ishtirokchining STIRi va nomi (agar hodisada mavjud bo‘lsa)

-
Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 2 из 2

Sharhlar

0 shathlar

Sahifa sharhlar uchun yopiq