Ushbu bo’limdagi maqolalar

Tamaki mahsulotlarini (sigaretlarni) markirovkalash qachon boshlanadi?

2020-yil 20-noyabrdagi 737-son VMQga asosan “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 1-ilova bilan 2021-2022-yillarda identifikatsiyalash yo‘li bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy etilgan mahsulotlar RO‘YXATI tasdiqlandi.

Tamaki mahsulotlarini raqamli markirovkalashni joriy etish qoidalari va muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 833-son VQM bilan belgilangan.

3-ilovada majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan tamaki mahsulotlari turlari ro‘yxati keltirilgan:

  • filtrli sigaretalar;
  • filtrsiz sigaretalar;
  • boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari;
  • chekilmaydigan tamaki mahsulotlari;
  • nikotinsiz tamakisiz snyus, nikotinli suyuqlik va elektron sigaretalar.

Tamaki mahsulotlarining tasnifi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TNVED) kodlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi:

TIF TN Kodi

Pozitsiya nomi

2402 10 000 0

Tarkibida tamaki bo'lgan sigaralar, uchlari kesilgan sigaralar va sigarillalar

2402 20 100 0

Tarkibida tamaki va qalampirmunchoq bo'lgan sigaretalar

2402 90 000 0 Tarkibida tamaki bo'lgan sigaretalar va boshqalar

2403 11 000 0

Kalayan uchun tamaki

2403 19 100 0

Netto-vazni 500 g dan oshmaydigan birlamchi qadoqlardagi boshqa chekiladigan tamaki

2403 19 900 0

Boshqa chekiladigan tamaki

2403 91 000 0 Homogenlangan va qayta tiklangan tamaki

2403 99 100 0

Chaynaladigan va hidlanadigan tamaki

2403 99 900 1

"Kengaytirilgan" tamaki paycha (jilka)

2403 99 900 9

Boshqa sanoatda ishlab chiqarilgan tamaki va tamaki o'rnini bosuvchi mahsulotlar, tamaki ekstraksiyalari va essensiyalari

8543 70 900 0

Individual funksiyalarga ega, shu guruhning boshqa joyida nomlanmagan yoki kiritilmagan elektron mashinkalar va apparatlar, boshqalar

 

Filtrli sigaretlar:

  • 2021-yil 1-yanvardan boshlab faqat markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va import qilinishi kerak;
  • 2021-yil 1-iyuldan boshlab ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdoga faqat markirovkali mahsulotlarni jo‘natishadi;
  • 2021-yil 1-oktabrdan boshlab distribyutorlar faqat markirovkali mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘iga jo‘natishlari kerak bo'ladi;
  • 2022-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.

Filtrsiz sigaretalar (shu jumladan papiroslar):

  • 2021-yil 1-dekabrdan boshlab faqat markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va import qilinishi kerak;
  • 2022-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdoga faqat markirovkali mahsulotlarni jo‘natishadi;
  • 2022-yil 1-martdan boshlab distribyutorlar faqat markirovkali mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘iga jo‘natishlari kerak bo'ladi;
  • 2022-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.

Tamaki mahsulotlarining boshqa turlari: 2022-yil 1-oktabrdan boshlab barcha turdagi tamaki mahsulotlariga, shu jumladan isitiladigan tamaki va elektron sigaretlarga ham majburiy markirovkalash joriy etiladi.

  • 2022-yil 1-oktabrdan boshlab faqat markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va import qilinishi kerak;
  • 2023-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqaruvchilar ulgurji savdoga faqat markirovkali mahsulotlarni jo‘natishadi;
  • 2023-yil 1-yanvardan boshlab distribyutorlar faqat markirovkali mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘iga jo‘natishlari kerak bo'ladi;
  • 2023-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.

Ishlab chiqaruvchilar va importchilar markirovkalash axborot tizimiga barcha aylanma faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadilar:

  • 2021 yil 1 oktyabrdan filtrli sigaretalar;
  • 2022 yil 1 martdan filtrsiz sigaretalar;
  • 2023-yil 1-martdan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari.

Tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi tashkilotlari markirovkalash axborot tizimiga barcha aylanma faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritadilar:

  • 2022 yil 1 yanvardan filtrli sigaretalar;
  • 2022-yil 1-fevraldan filtrsiz sigaretalar;
  • 2023 yil 1 yanvardan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari.

Tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi tamaki mahsulotlarining muomalasi ishtirokchilari chakana savdo to'g'risidagi ma'lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadilar:

  • 2021 yil 1 apreldan filtrli sigaretalar;
  • 2022 yil 1 iyundan filtrsiz sigaretalar;
  • 2023 yil 1 iyundan boshqa turdagi tamaki mahsulotlari.
Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 9 из 9

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish