Mahsulotlarni markirovkalashni joriy etish mahsulot aylanmasining barcha ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji va chakana savdo bo’g’inii vakillari, shuningdek, yakuniy iste'molchilarga tegishli.
Mahsulotlarni markirovkalashning butun turkumi 4 bosqich shaklida taqdim etiladi.
1-bosqish. Ishlab chiqarishda markirovkalashi
Ishlab chiqaruvchi markirovkalash tizimida ro'yxatdan o'tadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari haqidagi ma'lumotlarni kiritadi
Raqamli markirovkalash operatori ishlab chiqaruvchini (zaruriy ruxsatnomalar va litsenziyalarning mavjudligi) va mahsulotning o'zini (muvofiqlik sertifikatlari va davlat organlari tomonidan berilgan boshqa hujjatlarning mavjudligi) tekshiradi.
Ishlab chiqaruvchi Raqamli Markalash Operatoridan markirovkalash kodlarini oladi va ularni ishlab chiqarish jarayonida tovarlarga (qadoqlarga) qo'llaydi.
Markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining balansida.
2-bosqich. Sotish va ulgurji va chakana bug’ini
Tovarlarni ulgurji va chakana savdo bug’inida sotishda ishlab chiqaruvchi xaridorga jo'natilgan mahsulotlarning markirovkalash kodlarini (paketlar, bloklar yoki sigaret qutilari, shishalar yoki alkogolli mahsulotlar idishi yoki qutilari) ko'rsatadigan Elektron hisob-fakturani (EHF) quyadi.
Mahsulotni olgandan so'ng, xaridor mahsulotga qo'llaniladigan markirovkalash kodlari va EHFda ko'rsatilgan markirovkalash kodlarining muvofiqligini tekshiradi. Agar nomuvofiqliklar bo'lmasa, ESFni elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlaydi.
EHF rouming-operatori (Barcha EHF Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ITM DUKdan o‘tadi) mahsulot sotilganligi haqidagi ma’lumotlarni Raqamli markirovkalash operatoriga uzatadi. EHFda ko'rsatilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi balansidan va xaridorning balansiga o'tkaziladi.
3-bosqich. Iste'molchiga chakana sotish
Iste'molchi do'konga kelib, markirovkalangan mahsulotni sotib oladi. Sotuvchi onlayn-kassa apparati orqali markirovalash kodini skanerlaydi va iste'molchiga elektron fiskal chek beradi.
Fiskal ma’lumotlar operatori (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ITM DUK, barcha elektron fiskal cheklar unga beriladi) mahsulotlarni sotish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Raqamli markirovkalash operatoriga o‘tkazadi. Hammasi shu - tovarlar do'kon balansidan hisobdan uchirildi va muomaladan chiqdi.
4-bosqich. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
Iste'molchi mahsulot aylanmasining istalgan bosqichida mahsulotni mustaqil ravishda tekshirishi mumkin. Raqamli markirovkalash operatorining maxsus mobil ilovasi yordamida markirovkalash kodini o'qish kifoya. Ilovada mahsulot holati, ishlab chiqaruvchi haqidagi ma'lumotlar, ishlab chiqarilgan sana va joy ko'rsatiladi.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish