Ushbu bo’limdagi maqolalar

Kodlar (KM tekshiruvi)

Shaxsiy kabinetdagi «Kodlar» bo‘limi markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish, ko‘rish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.

Foydalanuvchi markirovka kodlarini qidirishi va ular bo‘yicha ma’lumotlarni turli filtrlar hamda saralash parametrlaridan foydalangan holda olishi mumkin.

Ko‘p sonli markirovka kodlari bo‘yicha ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida olish zarur bo‘lganda, «ASL BELGISI» NIS API interfeysidan foydalanish tavsiya etiladi. Tegishli usullar bo‘yicha hujjatlar Ma’lumotlar markazining «Open API tavsifi» bo‘limida joylashtirilgan.

❗️«Kodlar» bo‘limidan faqat «Markirovka kodlari kuzatuvchisi» roli tayinlangan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin.

Bo‘limga o‘tish uchun quyidagilar zarur:

коды узб 1.png

Bo‘limda, ma’lum bir kod bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Buning uchun "Kod" maydonida kerakli kodni ko‘rsatib "Qo‘llash" tugmasini bosish kerak. Agar qidirilayotgan kod joriy Ishtirokchiga tegishli bo‘lsa, kod bo‘yicha to‘liq ma’lumot aks etadi. Agar qidiruv boshqa Ishtirokchiga tegishli kod bo‘yicha amalga oshirilsa, faqatgina ochiq ma’lumot aks etadi.

коды узб 2.png

Funksional shuningdek quyidagi filtrlash parametrlariga qiymatlar o‘rnatib kodlarni qidirish imkonini beradi:

  • Kod

  • Tovar nomi

  • GTIN (tovar kodi)

  • Tovar guruhi

  • Qadoq turi

  • Qadoq holati

  • Markirovka maqsadi

  • Tovarlarni muomalaga chiqarish usuli

  • Seriya/partiya raqami

  • Status

  • KM chiqarilish sanasi

  • Ishlab chiqarilgan sana

  • Yaroqlilik muddati tugashi

Filtrlar o‘rnatilgan holda kodlarni qidirishda, joriy bo‘limda filtr parametrlariga mos keluvchi kodlar ro‘yxati aks etadi.

❗️Muhim: Filtrlar yordamida kodlarni qidirishda, faqatgina Qidiruvni amalga oshirayotgan Tashkilotga tegishli markirovka kodlari ro‘yxati aks etadi

коды узб 3.png

Markirovka kodi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishda foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan ma’lumotlar hajmi tashkilotning ushbu kodga nisbatan roliga bog‘liq.

Shaxsiy kabinet va API’da markirovka kodi haqidagi ma’lumotlarning aks ett

Rol

Kod haqida batafsil ma’lumot

Hodisalar tarixi

Emitent

To‘liq hajmda ko‘rsatiladi

Tashkilot ishtirok etgan hodisalar qismi ko‘rsatiladi

Joriy egasi

Tashkilot kodning joriy egasi bo‘lsa, to‘liq hajmda ko‘rsatiladi

Tashkilot ishtirok etgan hodisalar qismi ko‘rsatiladi

Boshqa ishtirokchi

Faqat kod haqida qisqacha ma’lumot mavjud

Tashkilot ishtirok etgan hodisalar qismi ko‘rsatiladi

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 116 из 163

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish