Ushbu bo’limdagi maqolalar

Shaxsiy kabinet va dasturiy interfeyslar (API) funksiyalarida yangilanish

O‘zbekiston Respublikasi hududida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va aylanmasini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlarining diqqatiga!

"ASL BELGISI" tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori vazifasini bajaruvchi "CRPT TURON" MCHJ tovar aylanmasi ishtirokchisining shaxsiy kabineti funksionalining rejali yangilanishi, shuningdek dasturiy o‘zaro ta’sir interfeyslarining (API) o‘zgarishi haqida xabardor qiladi.

Yangilanishni o‘rnatishning rejalashtirilgan sanasi: 2025-yil 1-3-noyabr.

"ASL BELGISI" MAT shaxsiy kabinetini yangilash, foydalanuvchilar tajribasini yaxshilash va qo‘shimcha imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Markirovkalash tizimining barcha tarkibiy qismlari, jumladan markirovkalanadigan tovarlar ro‘yxati, markirovka kodlarini buyurtma qilish interfeysi, hujjatlar ro‘yxati va tizimning boshqa bo‘limlari hamda qismlari uchun yagona vizual uslub;
  • Zamonaviy va tushunarli interfeys, markirovkalash tizimining turli bo‘limlari va qismlari bo‘yicha qulay navigatsiya;
  • Markirovkalash tizimining barcha bo‘limlari va qismlari uchun ko‘p tillilik tamoyilini qo‘llab-quvvatlash;
  • Jismoniy shaxsning elektron raqamli imzo (ERI) sertifikatidan foydalangan holda foydalanuvchilarni (xodimlarni) qo‘shish imkoniyati;
  • Asosiy jarayonlar (foydalanuvchilarni boshqarish, tovar nomenklaturasini yuritish, markirovka kodlarini buyurtma qilish va ulardan foydalanish, hisobotlar, hisob-fakturalar, fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rish kabilar) doirasida har bir foydalanuvchining vakolatlarini sozlash imkoniyati.

Yangilanishdan so‘ng tovar aylanmasi ishtirokchilariga raqamli markirovkalash tizimi ma’lumotlari bilan ishlashning yangi vositalari taqdim etiladi. Xususan:

Markirovkalash kodlarini turli ko‘rsatkichlar, jumladan, ishlab chiqarilgan sana, seriya va yaroqlilik muddati bo‘yicha qidirish va saralash imkoniyatlari kengaytirildi;

Guruhli va transport o‘ramlari haqidagi ma’lumotlar tarkibi (agregatsiya kodlarining hajmiy-navli tarkibi) kengaytirildi;

Bir yuridik shaxs doirasida faoliyat yuritish joylari (ishlab chiqarish, ombor, savdo nuqtasi va hokazo) orasida markirovkalangan tovarlar harakatini kuzatish imkoniyati yaratildi;

Statistik va tahliliy hisobotning yangi shakllari, jumladan, balans qoldiqlari, sotish dinamikasi va boshqalar joriy qilindi.

Dasturiy o‘zaro hamkorlikning ommaviy interfeyslarini (API) o‘zgartirish tovarlarni markirovkalash jarayonlarining umumiy tamoyillari va ketma-ketligini, shu jumladan markirovkalash kodlarini buyurtma qilish va olishni saqlab qoladi, dasturiy ilovalarning manzillarini va "ASL BELGISI" MATda tovarlar aylanmasi ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar) tomonidan ro‘yxatga olinadigan so‘rovlar va hisobotlarning atributiv tarkibini o‘zgartirishni nazarda tutadi.

Asosiy o‘zgarishlar:

  • So‘rovlarni avtorizatsiya qilish sxemasi qayta ko‘rib chiqildi - endi ommaviy API dan foydalanish uchun foydalanuvchi huquqlarini sozlash, shuningdek, dinamik tokendan foydalanish kerak;
  • So‘rovlar va qaytariladigan javoblar tarkibi qayta ko‘rib chiqildi - parametrlar ro‘yxati va nomi o‘zgartirildi, ortiqcha va foydalanilmaydigan parametrlar chiqarildi, qo‘shimcha parametrlar kiritildi;
  • Hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari kengaytirildi - endi qidirish va filtrlashni keng doiradagi parametrlar, shu jumladan tovar aylanmasi ishtirokchisining o‘zi tomonidan berilgan so‘rov identifikatori bo‘yicha amalga oshirish mumkin.

Texnik hujjatlar (dasturchi uchun qo‘llanma) va rejalashtirilgan o‘zgarishlarning batafsil tavsifi "ASL BELGISI" MAT Ma’lumot markazida keltirilgan.

Foydalanayotgan dasturiy ta’minotning rejalashtirilgan o‘zgarishlarga mosligini o‘z vaqtida baholashingizni va korxonangiz faoliyatini rejalashtirish jarayonida ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishingizni so‘raymiz.

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 1 из 1

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish