Tovar guruhlari bo‘limiga o‘tish uchun quyidagilarni bajaring:
- Shaxsiy kabinetga kirish (avtorizatsiya) qiling.
- "Tashkilot profili" → "Tovar aylanmasi ishtirokchisi" bo‘limini tanlang → "Tovar guruhlari" bo‘limiga o‘ting.
Ushbu bo‘limda tovar guruhlari va ularga tegishli ma’lumotlar aks etadi.
Asosiy tushunchalar:
- Tovar guruhi — qo‘shilgan tovar guruhining nomi.
-
KM emitenti — KM (markirovka kodi) chiqarish huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchi belgilanadigan parametr.
Emitent — mahsulotlarni markirovkalash uchun javobgar bo‘lgan tovar aylanmasi ishtirokchisi/tashkilot (masalan, ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi).
Emitent emas — markirovkalangan mahsulotlar bilan amallarni bajaruvchi ishtirokchi (importchi, ulgurji yoki chakana savdo subyekti). - Ulanish sanasi — tovar guruhining tizimga ulanish sanasi.
- Holat — tovar guruhining amaldagi holati.
Tovar guruhini qo‘shish uchun:
- Foydalanuvchi "Administrator" roliga ega bo‘lishi kerak. (Foydalanuvchi rollari haqida batafsil ma’lumot – alohida bo‘limda)
- "Tovar guruhini qo‘shish" tugmasini bosing (agar barcha mumkin bo‘lgan tovar guruhlari allaqachon qo‘shilgan bo‘lsa, ushbu tugma mavjud bo‘lmaydi).
-
"Nomlanishi" ro‘yxatidan kerakli tovar guruhini tanlang.
❗ Diqqat: tovar guruhini qo‘shishda "Emitent" parametrini belgilash mumkin — mos katakchani tanlang.
Barcha kerakli amallar bajarilgach, "Saqlash" tugmasini bosing.
Qo‘shilgan tovar guruhi tizimda faollashtiriladi.
❗ Tashkilot profilida qo‘shilgan tovar guruhlari zarurat tug‘ilganda foydalanuvchi profiliga ham qo‘shilishi mumkin.
xTrace: Profil sozlamalari → Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi (MAI) → GS1 a’zoligi
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish