Mahsulotni markirovkalash — bu mahsulotni ishlab chiqarish yoki import bosqichidan tortib to yakuniy sotuvgacha bo‘lgan yo‘lini kuzatish imkonini beradigan maxsus identifikatsiya vositalarini qo‘llash jarayonidir. O‘zbekiston hududida identifikatsiya vositasi sifatida Data Matrix kodi qo‘llaniladi.
Mahsulotlarni markirovkalash qalbaki mahsulotlar hajmini kamaytirishga, halol biznesning daromadini oshirishga, ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga hamda xaridorlarga mahsulotni mustaqil tekshirish vositasini taqdim etishga xizmat qiladi.
Mahsulotlarning majburiy raqamli markirovkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq joriy etiladi.
"Asl Belgisi" MAT — bu mahsulotlarni markirovkalash va ularni kuzatish bo‘yicha milliy axborot tizimi bo‘lib, unda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining barcha jarayonlari amalga oshiriladi. Ushbu tizimda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi markirovka kodlarini buyurtma qilish, mahsulotlarni aylanmaga kiritish yoki chiqarish, shuningdek, tovar ayirboshlanishining to‘liq manzarasini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish