Ushbu bo’limdagi maqolalar

Foydalanuvchi profili - Rol tayinlash

Foydalanuvchiga rol qo‘shish shaxsiy kabinetda ishlash, markirovka kodlarini buyurtma qilish va markirovka bilan bog‘liq boshqa operatsiyalarni bajarish imkoniyatini taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi.

Foydalanuvchiga rol qo‘shish uchun ishtirokchining shaxsiy kabinetiga kirib, "Foydalanuvchi" bo‘limiga o‘tish, keyin esa "Rollar" bo‘limini ochish va "Tahrirlash" tugmasini bosish kerak.

1-1.png

Tashkilot foydalanuvchilarini tahrirlash uchun "Administrator" roli bo‘lishi shart. Bu rol tizimda muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgan birinchi foydalanuvchiga avtomatik tarzda beriladi.

1-2.png

Kerakli rollar va ruxsatlar tanlanadi, ular foydalanuvchiga tizimda bajarishi mumkin bo‘lgan harakatlarni belgilaydi. O‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, ularni saqlash kerak. O‘zgarishlar kuchga kirishi uchun sahifani yangilash yoki shaxsiy kabinetga qayta kirish lozim. Shundan so‘ng, tanlangan funksiyalar va bo‘limlar mavjud bo‘ladi.

1-3.png

 

Tovar aylanmasi ishtirokchilari uchun mavjud rollar:

Rol nomi Ruxsatlar tavsifi Kim uchun mavjud Shaxsiy kabinet bo‘limi
Standart rol Tashkilot profili va foydalanuvchi profilini ko‘rish, identifikator bo‘yicha KM qidirish, GTIN bo‘yicha mahsulotlarni izlash. Ushbu rol foydalanuvchi yaratilganda avtomatik ravishda tayinlanadi Biznes foydalanuvchi Profil Qidiruv
Administrator Foydalanuvchi tashkilotining administratorlik funktsiyalarini bajarish: profilni tahrirlash, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni tahrirlash va blokirovka qilish, TG qo‘shish va tahrirlash (aktivatsiyadan oldin) Biznes foydalanuvchi Tashkilot profili
Kuzatuvchi Faqatgina ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Qaysi ma’lumotlarga ruxsat berilishi aniqlanadi: kodlar, hujjatlar (operatsiyalar, cheklar, invoyslar) Biznes foydalanuvchi Hujjatlar, Operatsiyalar, Kodlar
Mahsulot tavsiflari kuzatuvchisi Faqatgina mahsulot tavsiflarini ko‘rish mumkin Biznes foydalanuvchi Mahsulotlar

 

Mahsulot tavsiflari muharriri

MAI foydalanuvchisi uchun mahsulot tavsiflari loyihalarini yaratish (lekin moderatsiyaga yuborish mumkin emas) Biznes foydalanuvchi
Mahsulot tavsiflari nashr etuvchisi Mahsulotlarni moderatsiyaga yuborish, ishonchli MAI qo‘shish va boshqarish Biznes foydalanuvchi
Buyurtmalar kuzatuvchisi KM buyurtmalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish (SPsiz) Biznes foydalanuvchi buyurtmalar

SP buyurtmalar kuzatuvchisi

 

SP bilan bog‘liq buyurtmalarni (shu jumladan yopilgan buyurtmalarni) ko‘rish mumkin Biznes foydalanuvchi
MK emissiya qiluvchi KM buyurtmalari bilan ishlash: buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, KM olish, buyurtmalarni yopish, SI bilan etiketkani yuklab olish. Ushbu rol "Buyurtmalar kuzatuvchisi" bilan birgalikda beriladi Biznes foydalanuvchi
Servis provayderlar bilan ishlash bo‘yicha menejer SP uchun KM buyurtmalarini boshqarish: buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, SP buyurtmalarini ko‘rish, yopish, hujjatlarni ko‘rish va ishonchnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish Biznes foydalanuvchi
Hujjat yaratish huquqiga ega foydalanuvchi

KM va mahsulotlar bilan bog‘liq operatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlarni ko‘rish. Quyidagi operatsiyalar mavjud:

  1. KM bilan operatsiyalar (tasdiqlash, qo‘yish)
  2. agregatsiya
  3. hisobdan chiqarish, muomaladan chiqarish
  4. Agregatsiyalangan import kodi
  5. Agregasiyasi buzilish
  6. MK ni uzatish so'rovi
  7. MK ni uzatish so'rovini tasdiqlash
  8. Markirovka kodlar ma'lumotlarni tuzatish

Biznes foydalanuvchi

 

Texnik foydalanuvchi

Operatsiyalar
Hisobotlar kuzatuvchisi Foydalanuvchi hisobotlarni ko‘rishi mumkin: boshqaruv paneli, standart hisobotlar Biznes foydalanuvchi Hisobotlar

To‘lovlar va hisob-kitoblar reyestri kuzatuvchisi

 

Foydalanuvchi faqat to‘lovlar va hisob-kitoblar reyestrlarini ko‘rishi mumkin Biznes foydalanuvchi Hisob-kitoblar
API integratori MAI texnik foydalanuvchisi API orqali KM buyurtmalari bilan ishlashi mumkin Texnik foydalanuvchi Mavjud emas

 

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 45 из 58

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish