Hurmatli mahsulot aylanmasi ishtirokchilari!
Sizni 2024-yil 20-dekabr kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadigan «Suv va salqin ichimliklar toifasidagi mahsulotlar uchun distribyutorlar va ulgurji savdo ishtirokchilari uchun markirovka qilingan mahsulotlarni hisobga olish» mavzusidagi onlayn vebinarga taklif qilamiz.
Vebinarda markirovka qilingan mahsulotlar bilan ishlashning asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Milliy mahsulotlarni markirovka qilish va kuzatib borish axborot tizimi Operatorining vakillari hamda ekspert-integratorlar tavsiyalar va texnik yechimlar bilan o‘rtoqlashadilar. Vebinar doirasida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- Markirovka qilingan mahsulotlarni hisobga olish (shu jumladan, EHF shakllantirishda jo‘natmalarni rasmiylashtirish);
- Data-matriks kodlari bilan ishlash va qaytarishlarni rasmiylashtirish;
-
Kodlarning agregatsiyasi va deagregatsiyasi: asosiy turlari va qo‘llanilishi;
Markirovka qilingan mahsulotlarni sotish: hisob-kitoblar, EHF, fiskalizatsiya.
Iltimos, ishtirokingizni 2024-yil 18-dekabrgacha tasdiqlashingizni so‘raymiz. Ishtirokchilarning FISH va lavozimini ko‘rsatgan holda quyidagi manzilga xat yuboring:
Elektron pochta: d.akrobjonova@crpt-turon.uz yoki telefon orqali: +998 (90) 188-15-40 (Mahsulot guruhining menejeri Akrobjonova Dilsuz).
Qo‘shimcha ma'lumot: Vebinar dasturi va Zoom orqali ulanish havolasi keyinchalik taqdim etiladi. Siz ularni yuqoridagi kontaktlar orqali menejerdan ham so‘rashingiz mumkin.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish