OOO "CRPT TURON" tovarlarning majburiy raqamli markirovkasi va markirovkalanadigan tovarlar aylanmasini monitoring qilish talablarini bajarishga qaratilgan dasturiy-texnik yechimlar yetkazib beruvchilari va integratorlari uchun hamkorlik dasturini amalga oshiradi.
Hamkorlik dasturining maqsadlari:
Tovar aylanmasi ishtirokchilariga dasturiy-texnik yechimlar yetkazib beruvchilari va integratorlarining kompetentsiyalari va imkoniyatlari haqida har tomonlama va ob’ektiv ma’lumot taqdim etish
Dasturiy-texnik yechimlar yetkazib beruvchilari va integratorlarining ro‘yxatini yuritish va muntazam yangilab borish, kompetentsiyalarni namoyish etmaydigan kompaniyalarni chiqarib tashlash
Yetkazib beruvchilar va integratorlarning kompetentsiyalari va mutaxassislar malakasiga qarab klassifikatsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi bozorida taqdim etilgan dasturiy-texnik yechimlarning samarali va har tomonlama baholanishi
Dasturiy-texnik yechimlar yetkazib beruvchilari va integratorlarini kompetentsiyalarini oshirish va O‘zbekiston bozorida rivojlanishga rag‘batlantirish
Hamkorlik dasturida ishtirok etish hamkorlik va o‘zaro aloqalar Memorandumiga qo‘shilish to‘g‘risidagi ariza asosida amalga oshiriladi.
Hamkorlik dasturida ishtirok etish bo‘yicha savollar, shu jumladan hamkorlik dasturiga qo‘shilish uchun arizalarni quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz: partners@crpt-turon.uz
Sharhlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq