Ochilgan ro‘yxatdan/ma’lumotnomadan markalanadigan tovar tegishli bo‘lgan aksizosti tovar turini tanlash yoki “Aksizosti tovar emas” variantini tanlash kerak.
Aksizosti tovarlar nima
Aksizosti tovarlar — ishlab chiqarilishi, import qilinishi va keyinchalik muomalaga kiritilishi aksiz solig‘i solinadigan obyekt bo‘lgan tovarlar:
tamaki mahsulotlari
alkogol mahsulotlari
suv va salqinlashtiruvchi ichimliklar
Aksizosti tovar turi nimaga ta’sir qiladi
Aksizosti tovar turi quyidagi jarayonlarga ta’sir qiladi:
aksiz solig‘i solinadigan obyekt bo‘lgan markalangan tovarlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tahlil qilish.
Aksizosti tovar turini qanday aniqlash mumkin
Aksiz solig‘i solinadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi bilan belgilanadi.
Shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoxud ta’m beruvchi va xushbo‘ylashtiruvchi moddalarni o‘z ichiga olgan hamda iste’mol qadoqlariga qadoqlangan ichimliklar
Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti
Efir-aldegid fraksiyasidan olingan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti
Etil spirtining bosh fraksiyasi
Aroq (spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lmagan)
Aroq (spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p)
Konyak (spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lmagan)
Konyak (spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p)
Boshqa alkogol mahsulotlari (spirtning hajmiy ulushi 0,5 foizdan ko‘p va 1,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan)*
Boshqa alkogol mahsulotlari (spirtning hajmiy ulushi 1,5 foizdan ko‘p va 40 foizdan ko‘p bo‘lmagan)
Boshqa alkogol mahsulotlari (spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p)
Tabiiy achitish yo‘li bilan tayyorlangan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan)
Turistik yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan degustatsiya zonalari (joylari)da ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy vinolar (butilkalarga quyilgan vinolardan tashqari)*
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish