Biznes uchun maxsus mobil ilova "ASL BELGISI. BUSINESS" (keyingi o‘rinlarda – MI) kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun quyidagi maqsadlarda markirovkalangan mahsulot bilan ishlash uchun mo‘ljallangan:
- markirovkalangan mahsulot bilan ishlash jarayonini optimallashtirish (mahsulotlarni tekshirish, elektron hujjatlarni rasmiylashtirish);
- markirovkalangan mahsulot bilan ishlash uchun asbob-uskunalar va dasturiy ta'minotni sotib olish bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish.
Android uchun mobil ilova mavjud:https:https: Google Play
MIda avtorizatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avvalo “Asl Belgisi” MAT shaxsiy kabinetida foydalanuvchini oldindan qo‘shishingiz kerak ("ASL BELGISI. BUSINESS" mobil ilovasi. Foydalanuvchini qo'shish).
Keyinchalik, MIda telefon raqamni va parolni kiritishingiz ("Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetiga foydalanuvchini qo'shganda ko'rsatilgani kabi) va "Kirish" tugmasini bosishingiz kerak.
Keyin MI sizdan tasdiqlash kodini kiritishingizni so'raydi. Tasdiqlash kodi oldindan ko'rsatilgan raqamga SMS orqali kelishi kerak. (Agar siz ikki daqiqa ichida kodli xabarni olmagan bo'lsangiz, "Kodni qayta yuborish" tugmasini bosish orqali so'rovni qayta yuborishingiz kerak).
Tasdiqlash kodini to'g'ri kiritib, "yuborish" tugmasini bosgandan so'ng, avtorizatsiya jarayoni tugaydi va MIdan foydalansa bo'ladi.
“ASL BELGISI.BUSINESS” mobil ilovasining funksiyalari:
- Markirovka kodlarni skanerlash:
- Iste'mol qadoqlaridagi Data Matrixni skanerlash;
- Guruh qadoqlaridagi Data Matrixni skanerlash;
- Transport qadoqlaridagi SSCC formatidagi kodlarni skanerlash;
- Profilni ko‘rish;
- Interfeys tilini tanlash (o'zbek, rus tili);
Markirovka kodlarini skanerlash MIning asosiy ekranining pastki qismidagi "Skaner" belgisini bosish orqali amalga oshiriladi.
Skanerlash natijasida ko'rsatiladigan ma'lumot:
Profilni MI asosiy ekranining pastki o'ng burchagidagi "Profil" belgisini bosish orqali ko'rish mumkin:
Interfeys tilini tanlash va o'rnatish MI sozlamalarida amalga oshiriladi. Buni amalga oshirish uchun yuqori chap burchakdagi MI asosiy ekranida belgini bosing, so'ngra paydo bo'lgan yorliqda "Sozlamalar" bandini tanlang va dastur interfeysi tilini o'rnating:
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish