Ushbu bo’limdagi maqolalar

BBS: IZKM - Hisobotlar bilan ishlash (qo'llash, hisobdan chiqarish, agregatsiya)

"Asl Belgisi" MAT (Milliy Axborot Tizimi) tizimida markirovka kodlarini bir holatidan boshqa holatga o‘tkazish uchun quyidagi hisobotlarni tayyorlash kerak bo‘ladi:
1. Markirovka kodlarini mahsulotga qo'llanilganligi haqidagi hisobot.
2. Markirovka kodlarini yaroqsizligi (nuqsoni borligi/dropout) haqidagi hisobot.
3. Markirovka kodlarini agregatsiyalash haqida hisobot.

⚠️Dezagregatsiya holati 

1. Markirovka kodlarinining mahsulotga qo'llanilganligi haqida hisobot

                        _________.gif   

BBT: IZKMda ishlab chiqarish sxemasida "Qo'llash haqida hisobot" funksiyasini faollashtirish sanasi: 

Mahsulot guruhi Sana
Alkogol mahsulotlari 01.08.2023
Pivo va pivo mahsulotlari 01.08.2023
Dori vositalari 01.02.2024
Suv va salqin ichimliklar 01.02.2024
Maishiy texnika  
Tamaki mahsulotlari  

Buning uchun “Asl Belgisi” MATning shaxsiy kabinetiga kirishingiz va “Buyurtma kodlari” bandini tanlashingiz kerak.

mceclip0.png

"Hisobotlar" bo'limini oching, funksiya menyusidagi "Yaratish" tugmasini bosing va "Qo'llash" qatorini tanlang.

mceclip1.png

Mahsulotlar guruhini tanlaymiz va kerakli ma'lumotlarni kiritamiz (qizil rang bilan belgilangan).


"Foydalanish turi": "markirovka kodlari chop etildi" yoki "ilova tasdiqlandi" (Data Matrix kodi to'g'ridan-to'g'ri qadoqqa qo'llanganligini yoki stiker bilan yopishtirilganligini tasdiqlaydi). Taklif etilgan ikkita variantdan mos variant tanlanadi.
mceclip4.png

- markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilgan sana;
- markirovkalangan mahsulotlarning yaroqlilik muddati;
- seriya raqami (ixtiyoriy).


Tizimga qaysi markirovkalash kodlari chop etilgani yoki qo'llanilganligi haqida ma'lumot berish uchun CSV formatida tasdiqlash kodlari (kripto dumlari) bilan markirovkalash kodlarini yuklash kerak. Kodlar "Berilgan" holatida bo'lishi kerak. Kodlarning maksimal soni 30 000 dan oshmasligi kerak.

Keyin yuborish tugmasini bosamiz va natijani hisobotlar ro'yxatida ko'ramiz.

2. Markirovka kodlarini yaroqsizligi (nuqsoni borligi/dropout) haqidagi hisobot
Ushbu bo'limda markirovka kodlari chop etilgandan yoki qo'llanilgandan so'ng, tizimga kodlarni u yoki bu sabablarga ko'ra hisobdan chiqarish kerakligi haqida xabar beriladi.
                                             ____.gif
Buning uchun "Asl belgisi" MAT Shaxsiy kabinetiga kirib, "KODLARGA BUYURTMA BERISH"ni tanlab, chap yon paneldagi "HISOBOTLAR" bo'limidan "YARATISH"ni bosib "HISOBDAN CHIQARISH" ni tanlaymiz.
                               mceclip0.png

Taqdim etilgan ro'yxatdan siz markirovka kodlarini hisobdan chiqarish sababini tanlashingiz kerak.
         

mceclip1.png

Taklif etilgan ro'yxatdan siz markirovka kodlarini o'chirish sababini tanlashingiz kerak.

Barcha kerakli maydonlarni to'ldirgandan so'ng, biz markirovka kodlarini (tasdiqlash kodisiz) CSV formatida yuklaymiz. Kodlar "Qo'llaniladigan" holatida bo'lishi kerak.

Keyin, "Yuborish" tugmasini bosamiz.

brak3.png

 

3. Markirovka kodlarini agregatsiyalash haqida hisobot.

Hozirgi kunda (01.02.2023) 5 ta mahsulot guruhi uchun agregatsiya talab etiladi: Tamaki mahsulotlari, Alkogol, Suv va salqin ichimliklar, Pivo va Pivo ichimliklari va Maishiy texnika.
Har bitta mahsulot uchun majburiy agregatsiya boshlanish muddati mavjud.

Tamaki mahsulotlari         VMQ 833 3-bo'lim 1 va 3 bob
Alkogol mahsulotlari        VMQ 833 4-bo'lim 1 va 3 bob
Ichimlik suvi                       VMQ 631 1-bo'lim 
Pivo va pivo ichimliklari    VMQ 833 4-bo'lim 1 va 3 bob
Maishiy texnika                  VMQ 148 

 

Agregatsiyani amalga oshirish uchun “Asl Belgisi” MATning shaxsiy kabineti orqali chap yon paneldagi “Hisobotlar” bo‘limida “KODLARGA BUYURTMA BERISH” -> “Yaratish” bandini tanlang va “Agregatsiya” bandini tanlang. Mahsulot guruhini tanlagandan so'ng, ikkita usuldan birida yaratiladigan umumiy kodni yaratish kerak:

1-usul. Milliy katalogda nashr etilgan guruh qadog'i uchun markirovka kodini buyurtma qilish.

2-usul. 18 xonali SSCC format kodini shakllantirish.

SSCC kod misolida ko'rib chiqamiz.

Frame_26.jpg

"O'lcham hajmi" maydoniga - (Agregatsiya) umumlashtirmoqchi bo'lgan qadog'imizning hajmi ya'ni qadoqning ichiga qancha mahsulot sig'ishini ko'rsatamiz. Xuddi shuncha markirovka kodlarini (avval tizimdan yuklab olingan) CSV formatida joylaymiz. Shundan so'ng agregatsiyamiz tayyor hisoblanadi.

mceclip8.png

⚠️Dezagregatsiya holati 

Agar yaratilgan agregatsiyani ichida ko'rsatilgan markirovka kodlarini 1 ta si bo'lsa ham olingan (sotilgan) bo'lsa, agregatsiya kodi butunligini yo'qotadi va uni ishlatib bo'lmaydi.

                  ___________.gif
Misol: 10 ta markirovka kodlarini 1 ta qadoqqa agregatsiyaladingiz ya'ni umumlashtirdingiz. Shu qadoq ichida 10 ta mahsulot markirovka kodlarini bor deb tizimga hisobot berdingiz va qadoq uchun SSCC yoki Guruh qadog'i kodini qo'lladingiz.

Keyinchalik, siz ushbu 10 koddan birini EHF, AIK, Kassa cheki, Muomaladan chiqarish to'g'risidagi bildirishnoma, Import xabarnomasida ko'rsatdingiz va hujjat muvaffaqiyatli qayta ishlandi.

                       ________.gif


Bunday holda, bog'langan SSCC yoki guruh markirovka kodi avtomatik ravishda ajratiladi va qolgan 9 ta kod ham avval bog'langan SSCC yoki guruh markirovka kodidan ajratiladi.

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 14 из 21

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish