Ushbu bo’limdagi maqolalar

Suv va ichimliklar: Markirovka kodi, nima o‘z ichiga oladi va qanday ko‘rinishda bo‘ladi

Suv va sovuq ichimliklar uchun markirovka kodiga kiritilgan ma’lumotlar tarkibi, raqamli identifikatsiya vositalarini shakllantirish va qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 01.11.2022 yildagi 631-sonli Qarori bilan tartibga solinadi.

Ushbu Qarorning 5-ilovasining 8-bandiga muvofiq "Suv va sovuq ichimliklarning majburiy raqamli markirovkasi GS1 Data Matrix shaklidagi ikki o‘lchovli chiziqli kodni yaratish va uni iste’molchi qadoqiga joylashtirish orqali amalga oshiriladi".

«Asl Belgisi» NIS Operator tomonidan yaratiladigan markirovka kodi 3 guruh ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

  • Birinchi guruh ma’lumotlar - 14 ta belgidan (raqamlardan) iborat mahsulot kodi bo‘lib, oldida ilova identifikatori (01) mavjud;

  • Ikkinchi guruh ma’lumotlar - 13 raqamli yoki harf-raqam ketma-ketlikdan (raqamlar, kichik va katta lotin harflari, shuningdek maxsus belgilar) iborat individual savdo birligi tartib raqami, oldida identifikator (21) mavjud;

  • Uchinchi guruh ma’lumotlar – 4 ta belgidan (raqamlar, kichik va katta lotin harflari, shuningdek maxsus belgilar) iborat tekshirish kaliti va ilova identifikatori (93).

Natijada, suv va sovuq ichimliklar haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tartibda o‘z ichiga olgan markirovka kodi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak:

DM.png

(01) 01234567890123 - GTIN (Global Trade Item Number)

(21) 7OD3k4Xy-TaBc - SN (Serial Number)

(93) QwER - Tekshirish kaliti

GTIN - 14 belgi, SN - 13 belgi, tekshirish kaliti - 4 belgi.

0101234567890123217OD3k4Xy-TaBc93QwER

Markirovka kodining joylashtirilishi bo‘yicha talablar

  • Raqamli identifikatsiya vositasi iste’molchi qadoqiga va (yoki) guruh qadoqiga va (yoki) yorliqqa va (yoki) qadoqdan ajralmas stikerga joylashtiriladi.

  • Iste’molchi qadoqiga raqamli identifikatsiya vositasi kamida 10x10 millimetr o‘lchamda maxsus belgilangan joyga joylashtiriladi;

  • Raqamli identifikatsiya vositalarining joylashuvi mahsulot savdo ishtirokchisi tomonidan mustaqil belgilanadi;

  • Guruh va transport qadoqlarida raqamli identifikatsiya vositalari qadoqqa joylashtiriladi va o‘qishni osonlashtiradigan o‘lchamlarga ega bo‘lishi kerak;

  • Raqamli identifikatsiya vositasi qadoqning ko‘rinadigan istalgan joyida joylashtirilishi mumkin.

  • Raqamli identifikatsiya vositasi qadoq ustidagi texnik tartibga solish hujjatlariga muvofiq ma’lumotlar yaxlitligini buzmasdan joylashtirilishi kerak.

  • Iste’molchi qadoq uchun ishlatiladigan raqamli identifikatsiya vositalari quyidagi talablarni qondirishi kerak:

  • Raqamli identifikatsiya vositasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosma usulda va iste’molchi qadoqidan shikastlanmasdan ajralmasligini ta’minlovchi usulda joylashtiriladi;

  • Raqamli identifikatsiya vositasi ishlab chiqarish liniyasi, ombor zonasi yoki bojxona omborlarida ikki o‘lchovli chiziqli kod shaklida moddiy tashuvchi (yorliq)ga, iste’molchi qadoqining maxsus kontrast zonasida (kamida 10x10 millimetr) joylashtiriladi;

  • Raqamli identifikatsiya vositalarining o‘lchami va joylashuvi lazer skanerlari, ma’lumot yig‘uvchi terminallar, maxsus (mobil) ilovalar yordamida qadoqni ochmasdan (shikastlamasdan) kodni o‘qishni ta’minlashi kerak;

  • Raqamli identifikatsiya vositalari shaffof qadoqlash plyonkasi yoki boshqa tashqi qadoqlash materiallariga bosilmasligi va boshqa ma’lumot bilan qoplanmasligi kerak;

  • Raqamli identifikatsiya vositasi ISO/IEC 15415 standarti bo‘yicha C sinf yoki undan yuqori sifat darajasida ishlatiladi.

  • Agar suv va sovuq ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilsa, raqamli identifikatsiya vositalari mahsulot ishlab chiqarish yoki saqlash joylarida joylashtiriladi.

  • Agar suv va sovuq ichimliklar boshqa davlatlardan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinsa, raqamli identifikatsiya vositalari quyidagi tartibda joylashtirilishi mumkin:

  • suv va nolalkogolli ichimliklar ishlab chiqarish jarayonida;

  • O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tmasdan boshqa davlat hududida;

  • bojxona omborida “erkin aylanma uchun chiqarish (import)” bojxona rejimiga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin.

  • Markirovka kodlarini identifikatsiya vositalariga ko‘chirish va ularni iste’molchi qadoqiga va (yoki) qadoqqa va (yoki) yorliqqa va (yoki) stikerga joylashtirish ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi tashkilotlar va (yoki) servis-provayder tomonidan amalga oshiriladi.

  • Identifikatsiya vositalaridan foydalanishda servis-provayder identifikatsiya vositalarining bosma sifat standartlariga rioya qilinishini ta’minlashi kerak.

  • Servis-provayder markirovka kodini raqamli identifikatsiya vositasiga aylantirib, qadoq, yorliq yoki stikerga joylashtirgandan so‘ng, bosma sifatini tekshirishni amalga oshiradi va raqamli identifikatsiya vositasi joylashtirilgan qadoq, yorliq yoki stikerni mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga topshirishdan oldin sifatini tasdiqlaydi.

  • Oziq-ovqat mahsuloti bilan aloqa qiluvchi qadoqlarning xavfsizligi bo‘yicha sanitariya-gigiyena texnik reglamentiga (UzTR.476-021:2017), 2017-yil 7-iyuldagi Vazirlar Mahkamasi Qarori № 476 bilan tasdiqlangan, muvofiq sertifikatlangan materiallardan foydalanish zarur.

  • Mahsulotning saqlash va tashish sharoitlari ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan holda, identifikatsiya vositalarining butun amal qilish muddati davomida barqarorligini ta’minlash zarur.

  • Servis-provayder markirovka kodlarini mahsulot aylanmasi ishtirokchilaridan uchinchi shaxslarga uzata olmaydi.

  • Identifikatsiya vositalarini moddiy tashuvchiga (stikerga) quyidagi usullar bilan bosib chiqarish mumkin:

  • Identifikatsiya vositasini o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchi (stiker) identifikatsiya vositasiga zarar yetkazmaydigan va uni qadoqdan ajratib olishga yo‘l qo‘ymaydigan usulda iste’molchi qadoqiga yopishtiriladi.

  • Moddiy tashuvchiga (stikerga) joylashtirilgan identifikatsiya vositalari Qaror talablariga javob berishi kerak.

  • Iste’molchi qadoqiga stiker joylashtirish uchun quyidagi talablar o‘rnatiladi:

  • Stiker ishlab chiqarilganidan tortib uni oxirgi iste’molchiga sotishgacha identifikatsiya vositalari va unga bosilgan boshqa ma’lumotlar saqlanishi va o‘qilishi ta’minlangan holda tayyorlanadi;

  • Stiker to‘g‘ridan-to‘g‘ri qadoqning tashqi yuzasiga, qadoq konstruktsiyasida belgilangan joyga yopishtiriladi;

  • Stiker qadoq va stikerning o‘zini shikastlamasdan ajratib olinmasligi va qayta ishlatilmasligi uchun yopishtiriladi;

  • Stikerdan foydalanish texnik tartibga solish hujjatlariga muvofiq qadoqqa bosilgan ma’lumotlarning yaxlitligi va mavjudligini buzmasligi kerak;

  • Stikerda Qaror talablariga mos keluvchi identifikatsiya vositasi, raqamli markirovka qilinadigan suv va sovuq ichimliklarning nomi o‘qilishi mumkin bo‘lgan matn shaklida, mahsulot kodi va individual qadoq tartib raqami bo‘lishi kerak;

  • Stiker yuzasini yopib qo‘yuvchi yozuvlar, rasmlar va o‘ram elementlarini bosish, shuningdek identifikatsiya vositalarini o‘qishni qiyinlashtiruvchi har qanday belgilar taqiqlanadi.

Boshqa foydali maqolalar:

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 21 из 32

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish