Hurmatli mijozlar!
Jamiyat va davlat uchun raqamli markirovka tizimini rivojlantirish loyihasining alohida ahamiyatga ega ekanini tushungan holda, CRPT-Turon yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga intiladi. Shu maqsadda to‘laqonli qo‘llab-quvvatlash xizmati tashkil etilgan. Ushbu hujjatda mijozlar murojaatlariga ishlov berishda amal qilinadigan asosiy tamoyillar va har kuni amal qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlar bayon etilgan.
CRPT-Turon qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari kompaniya ichida muntazam ravishda o‘qitiladi. Shuningdek, mijozlar bilan muloqot qilish standartlarini belgilovchi ichki reglament ishlab chiqilgan. Ushbu standartlarga rioya qilinishini sifat nazorati xizmati kuzatib boradi. Barcha qo‘ng‘iroqlar yozib olinadi va tanlab tinglanadi — javoblarning to‘g‘riligi va muloqot standartlariga mosligi baholanadi.
Har bir murojaat axborot tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi — murojaat vaqti va kanalidan qat’i nazar. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi.
Axborot va texnik yordam ko‘rsatish vaqti
CRPT-Turon qo‘llab-quvvatlash xizmati ish kunlari, dushanbadan jumagacha, soat 08:00 dan 20:00 gacha (mahalliy vaqt bilan), rasmiy bayram kunlaridan tashqari ishlaydi.
Murojaatga javob berish vaqti
E-mail, Telegram-bot yoki fikr-mulohaza shakli orqali ish vaqtida yuborilgan murojaatlar 10 daqiqa ichida operator tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu shuni anglatadiki, siz belgilangan vaqt ichida javob yoki murojaat qabul qilinganligi haqida tasdiq olasiz.
Ish vaqtidan tashqari yuborilgan murojaatlar avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi. Bunday murojaatlarga javob navbatdagi ish kunining 09:00 dan kechiktirmay taqdim etiladi.
Murojaatlarni hal etish muddati
Har bir murojaatning darajasi va turi asosida ustuvorlik kategoriyasi belgilanadi. Mutaxassislar murojaatlarni iloji boricha tez hal etishga harakat qilishadi, lekin maksimal ko‘rib chiqish muddati ustuvorlik darajasiga bog‘liq:
Qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan ko‘rib chiqiladigan odatiy murojaatlar:
Ustuvorlik | Kategoriya | Maksimal hal etish muddati |
---|---|---|
Standart | Konsultatsiya | Murojaat ro‘yxatga olinganidan boshlab 2 ish soati |
Standart | Xizmat ko‘rsatish so‘rovi | Murojaat ro‘yxatga olinganidan boshlab 6 ish soati |
Ustuvorlik | Kategoriya | Maksimal hal etish muddati |
---|---|---|
Favqulodda | Hodisa (insident) | Tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan boshlab 4 soat (kechayu kunduz ko‘rib chiqiladi) |
Yuqori | Xizmat so‘rovi / Hodisa | Ro‘yxatdan o‘tkazilganidan boshlab 8 ish soati |
Standart | Xizmat so‘rovi / Hodisa | Ro‘yxatdan o‘tkazilganidan boshlab 24 ish soati |
Past | Xizmat so‘rovi | Ro‘yxatdan o‘tkazilganidan boshlab 46 ish soati |
Kartochkalarni standart ko‘rib chiqish muddati — ular qabul qilinganidan boshlab 72 soatgacha. Maksimal muddat — 5 ish kuni. Agar kartochkada xatolik aniqlansa, u to‘ldiruvchi tomoniga qaytariladi. Tuzatilgandan so‘ng takroran yuborilgan kartochka ham 72 soat ichida (maksimal — 5 ish kuni) ko‘rib chiqiladi.
Murojaatni ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlar
To‘g‘ri identifikatsiya qilish va o‘z vaqtida javob berish uchun iltimos quyidagilarni ko‘rsating:
- Tashkilotning STIR
- Mahsulot guruhi
- Aloqa uchun telefon raqami
Ushbu ma’lumotlarsiz, afsuski, murojaatni ko‘rib chiqishni boshlay olmaymiz.
Savolni hal qilish jarayonida mutaxassis qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rashi yoki ma’lum harakatlarni bajarishni so‘rashi mumkin. Iltimos, bunga tushungan holda yondashing — bu murojaatni sifatli hal qilish uchun zarur.
Muhim eslatma:
Mazkur hujjat faqat axborot maqsadida taqdim etiladi. Unda ko‘rsatilgan prinsplar va murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati huquqiy kuchga ega emas va CRPT-Turon uchun majburiyat yaratmaydi. Matn taklif (oferta), shartnoma yoki SLA (Service Level Agreement) hisoblanmaydi va da’vo bildirish uchun asos bo‘lolmaydi.
Sharhlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq