Tovar aylanmasining har bir ishtirokchisi 2 qadamda IMM da ro'yxatdan o'tishi mumkin.
1-qadam. Tashkilotning BOSH DIREKTORiga YURIDIY SHAXSning elektron raqamli imzosini oling
Elektron raqamli imzo sertifikatini quyidagich olish mumkin:
- davlat xizmatlari markazlaridan biriga shaxsan (davlat xizmatlari markazlarining ro‘yxati Davlat xizmatlari agentligining saytida taqdim etilgan);
- Guvohlik berish markazi saytida onlayn (batafsil ko'rsatmalar Guvohlik berish markazi saytida mavjud).
Agar sizda allaqachon elektron raqamli imzo bo'lsa, undan foydalanishingiz mumkin.
ERI olish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun "ERI - Elektron raqamli imzo. Bu nimaga kerak, qaerdan olsa bo’ladi?" maqolasini o'qing.
Elektron raqamli imzodan foydalanish uchun “E-Imzo” elektron raqamli imzo bilan ishlash uchun maxsus dasturiy ta’minot kerak bo‘ladi. Ushbu DTni o'rnatish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun "Elektron imzo bilan ishlash uchun dasturiy ta'minot: qanday o'rnatsa bo’ladi?" maqolasiga o’qing.
2-qadam. Markirovkalash axborot tizimida ro'yxatdan o'tish uchun ariza bering
Tovarlarni raqamli markirovalash va kuzatib borish Milliy axborot tizimining saytiga kiring va "Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosing.
IMM da ro'yxatdan o'tish jarayoni haqida ko'proq ma'lumot olish uchun "Asl Belgisi IMM - Tizimda qanday ro'yxatdan o'tish kerak?" maqolasini o'qing.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish