«Asl Belgisi» MAT markirovkalangan mahsulotlar bilan ish olib boriladigan asosiy tizim hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilardan tortib to chakana savdogacha markirovkalangan mahsulotlar bilan ish olib boradigan barcha aylanma ishtirokchilari aynan «Asl Belgisi» MATda ro’yxatdan o’tgan bo’lishlari kerak.
«Asl Belgisi» MAT shaxsiy kabineti orqali mahsulotlar kartochkalarini Milliy tizimda ro’yxatdan o’tkazish, markirovkalash kodiga buyurtma berish, elektron hisob-faktura bilan almashinish mumkin. Qulay bo’lishi va markirovkalash bilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun yagona shaxsiy kabinet yaratildi.
«Asl Belgisi» MATga qanday avtorizatsiya qilsa bo’ladi?
Eng avvalo, mahsulot aylanmasining har bir ishtirokchisi markirovkalash tizimida ro’yxatdan o’tishi zarur. Buning uchun ma’lumotlarni to’g’ri to’ldirilgan holda ro’yxatdan o’tish borasida ariza berish kerak (ERI, telefon, elektron pochta), yuborganingizdan keyin sizning elktron pochtangizga arizangiz qabul qilinganligini tasdiqlovchi xabar keladi.
Markirovkalash tizimida qanday ro’yxatdan o’tish haqida "Asl Belgisi» MAT – tizimda qanday ro’yxatdan o'tiladi?” maqolasida o’qing.
Ro’yxatdan o’tish borasidagi buyurtmangiz qabul qilinganidan so’ng, siz ERI yordamida shaxsiy kabinetga kirish sahifasida avtorizatsiyadan o’tishingiz mumkin.
Avtorizatsiyadan muvaffaqiyatli o’tgandan keyin, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining huquqlariga muvofiq, foydalanuvchi shaxsiy kabinet asosiy sahifasiga qo'yiladi.
Avtorizatsiyadan o’tish jarayoni haqida "Asl Belgisi" MATda qanday avtorizatsiyadan o’tish mumkin maqolasida batafsil o’qing.
Mahsulot aylanmasi ishtirokchisining asosiy harakatlari
Shaxsiy hisobning funksionalligi uchta asosiy bo'lim bilan ishlash shaklida taqdim etiladi:
- Markirovka;
- Milliy katalog. Unda mahsulot uchun yangi kartalar yaratiladi va ro'yxatga olinadi, va bu kartalarsiz markirovka kodlariga buyurtma berish mumkin emas.
- Buyurtmalarni boshqarish bekati. Unda markirovkalash kodlariga bevosita buyurtma berish amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, avtorizatsiyadan o’tgan foydalanuvchisi majburiy ravishda markirovka qilinadigan mahsulotlar guruhi, har bir mahsulot guruhi uchun shaxsiy hisoblar bilan ishlashi, shuningdek, profilni tahrirlash va yangi foydalanuvchilarni kiritishi mumkin. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining asosiy harakatlari haqida "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetda ishlash to’g’risidagi maqolada o’qishingiz mumkin.
Operator hujjatlari bilan ishlash
Operator hujjatlari bilan ishlash bo'limi 3 ta turli xil hujjatda ko'rsatilgan:
- “Import” bo’limi: ushbu bo’limda markirovka qilingan mahsulotni olib kirish (import) haqida xabarnoma yaratish mumkin;
- “Mahsulotlar” bo’limi: ushbu bo’limda Milliy katalogda ro’yxatga olingan markirovka qilingan mahsulotlar aks ettiriladi;
- “Hisobotlar” bo’limi: “Ishlab chiqaruvchi” va/yoki “Mahsulotni import qiluvchi” rolidagi foqdalanuvchilar “Markirovka qilish bo’yicha hisoblash bo’yicha hisobot”, “Markirovkalash kodlarining maqomi”, “Ishlab chiqarish va importning umumiy hajmi”, “Fabrikalar uchun tahliliy hisobot”dan foydalanishlari mumkin.
Hujjatlar bilan ishlash to’g'risida “Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining operatordan hujjatlar bilan ishlash tartibi” maqolasida batafsilroq o’qishingiz mumkin.
Mahsulotlar guruhlari bilan ishlash tamoyillari
"Asl Belgisi" MATdagi shaxsiy kabinetning asosiy bo’limlaridan biri – bu mahsulotlar guruhlaridir. Mahsulotlar guruhlarining soni markirovkalash qoidalarining tarqalishiga qarab muntazam kengayib boradi.
Hozirgi paytda shaxsiy kabinetda aylanma ishtirokchilari majburiy markirovka qilinadigan mahsulotlar guruhi ichidan tanlash imkoniyati bor. Buning uchun ro’yxatdan o’tgandan keyin dastlabki profilni to’ldirish bosqichida o’zingiz ishlashingizga to’g’ri keladigan mahsulotlar guruhini tanlashingiz kerak va yangi mahsulotlar guruhi qo’shilishiga qarab, ro’yxatdan o’tgan har bir foydalanuvchi ularni o’ziga qo’shib olishi mumkin.
Bo'limning asosy funksiyasi – markirovkalash kodiga buyurtma berish va buyurtmani ko’rishdan iborat. Ushbu bo’limda ishlash to’qrisida “Mahsulot guruhi bilan ishni boshlash” maqolasida batafsil o’qishingiz mumkin.
Operatorning shaxsiy kabinetida ishlash
Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari – "Asl Belgisi" MATdagi shaxsiy kabinetda o’z ishini yuritadigan yagona shaxslar emas. Markirovkalash tizimiga, shuningdek, “CRPT TURON” MChJ operatorlari ham kira oladilar. Ularning yordamida markirovkalashni yaratish, foydalanish va butun tizimini rivojlantirish, shuningdek, markirovkalash kodlarini berish ta’minlanadi.
Operatorning shaxsiy kabineti qanday tuzilganligi hamda unda qanday qulayliklar borligi haqida “Asl Belgisi" MAT: operator uchun qo’llanma” maqolasida batafsilroq o’qing.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish