“Asl Belgisi” MATda ro’yxatdan o’tgandan keyin mahsulotlar aylanmasining har bir qatnashchisi uchun avtomatik ravishda shaxsiy shartnomalar paketi shakllanadi, u bilan tanishish va elektron raqamli imzo yordamida imzolash kerak bo’ladi.
Shartnomalarni imzolash – markirovkalash bilan ishlashni boshlashning asosiy qadamlaridan biridir.
“Asl Belgisi” operatori bilan nega shartnoma imzolash kerak?
Mahsulot aylanmasining har bir qatnashchisiga “Asl Belgisi” MAT shaxsiy kabinet funksiyalarini faollashtirish uchun hujjatlar paketini imzolash taklif etiladi.
Hujjatlarni imzolamasdan “Asl Belgisi” MATda ishlashni davom ettirish grafik orqali ham, dasturli interfeyslar orqali ham ishlash iloji bo’lmaydi. Shuning uchun taklif etilgan shartnomalarni imzolamasdan turib siz markirovkalash kodiga buyurtma berish va mahsulotni Milliy katalogda ro’yxatdan o’tkazishni amalga oshira olmaysiz.
Mahsulotlar aylanmasi qatnashchilari qaysi shakldagi shartnomani imzolashlari kerak?
Atigi 2 turdagi shartnomalar bor:
- “Asl Belgisi” MAT da mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish tizimiga ulanish – ushbu shartnoma ishlab chiqaruvchilardan tortib to chakana savdogacha bo’lgan aylanmaning har bir qatnashchisiga imzolash tavsiya etiladi;
- Markirovkalash kodini berish bo’yicha shartnoma – ushbu shartnoma faqat ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga imzolash tavsiya etiladi, chunki aynan ular mahsulotga markirovka tushirish uchun mas’ul hisoblanadilar. Markirovkalash kodini berish bo’yicha shartnoma har bir mahsulot guruhiga tuziladi.
Har bir shartnoma, agarda siz aniq bir mahsulotlar guruhini majburiy markirovkalash qatnashchisi bo’lsangiz “Asl Belgisi” MAT shaxsiy kabinetida, elektron raqamli imzo yordamida imzolanadi.
Tajriba loyihalar qatnashchilari bilan shartnomalar imzolash
Agar siz tajriba loyiha qatnashchisi bo’lishni istasangiz, unda “Asl Belgisi” MATda ro’yxatdan o’tishdan oldin, siz markirovka kodlarini olish bo’yicha shartnoma bilan tanishib chiqish va uni tuzish uchun o’zingiz tanlagan mahsulot guruhining menejeriga shaxsan murojaat qilishingiz kerak bo’ladi.
Tajriba loyiha davrida markirovkalash kodlarini berish bo’yicha shartnoma “Asl Belgisi” MAT shaxsiy kabinetini oralab imzolanadi, zero tajriba loyihasi davrida markirovkalash kodi bepul asosda beriladi.
Faqat oldindan shartnoma tuzilgandan keyin siz ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Agar oldinroq ro’yxatga olingan ishtirokchi tajriba loyihasidan majburiyga o’tsa, bunday holatda markirovkalash kodini berishning yangi shartnomasi tuziladi, chunki markirovkalash kodlari u tajriba loyihada qatnashgani yoki qatmashmaganidan qat’iy nazar, pullik asosda berila boshlanadi.
Markirovkalash kodlarini berish bo’yicha yangi shartnoma “Asl Belgisi” MAT shaxsiy kabinetida, elektron raqamli imzo yordamida tuziladi.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish