RO'YXAT
identifikatsiya qilish yo‘li bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy etilgan mahsulotlar
* ro’yxatda keltirilgan TIF TN hamda MXIK kodlari O’zbekiston Respublikasi soliq qo’mitasi tomonidan “Asl belgisi” MAT operatori bilan kelishilgan holda o’zgartirilishi mumkin;
** Ikki xil (ichki va tashqi) qurilmaga ega bo’lgan konditsionerlar uchun faqat ichki qurilma raqamli markirovkalanishi belgilanadi.
Agar sizga tovarlarni tasniflash bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish va xulosalar kerak bo‘lsa, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasiga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Maishiy texnika vositalarini markirovkalash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga asosan 2022-yil 15-apreldan boshlangan. Mazkur VMQda belgilangan me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, maishiy texnika vositalarini markirovkalash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va barcha maishiy texnika vositalariga markirovkalash qo‘llaniladi.
Yuqoridagi hujjatga muvofiq, majburiy raqamli markirovkalanishi kerak bo'lgan tovarlar TIF TN 2022 yangi tahririga muvofiq "Markirovkalanadigan mahsulotlar reestri" da ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan TIF TN kodlari hisobga olinadi va Yuk bojxona deklaratsiyasi (YBD) da qo’llaniladi (“erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun).
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish