O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to'g'risida”gi qarori bilan maishiy texnika mahsulotlarini markirovkalashni joriy etish muddatlari tasdiqlangan.
Qarorda quyidagi guruhlar bo‘yicha mahsulot turlarini va majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari belgilandi:
- Changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, sovutgichlar va muzlatgichlar, televizorlar va monitorlar – 2022-yil 15-apreldan;
- Maishiy gaz pechlari, oshxona dudbo’ronlari, duxovka va pechkalar, mikroto'lqinli pechlar, dazmollar, suv isitgichlari - 2022 yil 1 avgustdan;
- Suv isitish qozonlari, konditsionerlar, o‘rnatilagan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgichlar, blenderlar, mikserlar, kofe yanchgichlar, go‘sht maydalagichlar), barcha turdagi lampalar – 2022-yil 1-noyabrdan.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish