GS1 Uzbekistan GS1 mahsulotlarni raqamlash xalqaro uyushmasining a’zosi bo‘lib, 1998-yildan buyon uning O‘zbekistondagi vakili hisoblanadi.
GS1 Uzbekistan faoliyatining asosiy yo‘nalishi mahsulotlarni avtomatik identifikatsiyalash va shtrix kodlash, elektron ma’lumotlar almashinuvi va sinxronlashtirish, shuningdek, uyushmaga a’zo korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan GS1 standartlari xalqaro tizimini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
GS1 Uzbekistan markirovkalash tizimida qanday rol o‘ynaydi?
Faqat GS1 Uzbekistanda siz GTIN – tovarlarning xalqaro ma’lumotlar bazasidagi mahsulot kodini olishingiz mumkin, usiz Milliy katalogda mahsulot kartasini yaratish va markirovlalsh kodlarida buyurtma berishning iloji yo’q.
“CRPT TURON” MChJ va GS1 Uzbekistan uyushmasi o‘rtasida uyushma a’zolari va ularning mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot almashish bo‘yicha Kelishuv imzolandi.
Kelishuv doirasida tomonlar GS1 Avtomatik identifikatsiya uyushmasining xalqaro standartlariga muvofiq tovarlarni shtrix kodlash bo‘yicha ma’lumotlarni almashadilar.
Ushbu ma’lumotlardan tovarlarni identifikatsiyalash va ularni O‘zbekiston Respublikasi mahsulotlarini raqamli markirovkalash va kuzatish bo‘yicha "Asl Belgisi" MAT axborot tiziminig bir qismi bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi mahsulotlari Milliy katalogida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun foydalaniladi.
GS1 Uzbekistanda ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?
Ha, ushbu tizimda ro'yxatdan o'tish majburiy hisoblanadi. GS1 Uzbekistan uyushmasi GS1 Xalqaro uyushmasining a’zosi va uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yagona vakili hisoblanadi, va siz boshqa joyda GTIN ni ololmaysiz.
Uyushma notijorat hisoblanadi, unga kirish pullik asosda - a'zolik badallarini to'lash orqali amalga oshiriladi.
Uyushma aʼzolari uchun GS1 tizimida raqamlarni berish, kodlangan mahsulotlar roʻyxati hajmidan qatʼi nazar, qanchalik katta boʻlishiga qaramay, bepul amalga oshiriladi.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish