Elektron shakldagi hisobvaraq-faktura (EHF) - mahsulotni xarid qilish va sotish (ishni bajarish, xizmatlar ko’rsatish)ni tasdiqlaydigan hijjat hisoblanadi. EHF yordamida aylanma ishtirokchilari nahsulotni bir-birlariga beradilar. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 522 sonli “O’zaro hisob-kitob tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori bilan, O’zbekiston Respublikasining barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlariga 2020 yil1 yanvardan boshlab elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalari tizimini ishlatish majburiyati yuklatildi.
Tizimning afzalliklari
Elektron shkaldagi hisobvaraq-fakturalarning afzalliklari:
- Hujjatlarni kontragentga darhol etkazish;
- Qog’oz hujjat aylanmasini kamaytirish;
- Xarajatlarni kamaytirish;
- Elektron hujjat aylanmasini himoyalash kafolatlari;
- Buxgalteriya hijjatlarini soddalashtirish.
- Barcha hisobvaraq-fakturalari himoyalangan serverlarda saqlanadi.
EHF operatorini tanlash
Elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish uchun operatorlar javob beradilar. Ular EHF aylanmasi va ularni saqlash bilan shug’ullanadigan vositachilar hisoblanadilar. Yuridik shaxs maqomiga va bunday faoliyat turi bilan shug’ullanishga ruxsatnomaga egadirlar.
EHF operatorlar o’rtasidagi ma’lumotlarni o’zatishni rouming operatorlari bajaradilar. Bu markazlashtirilgan saqlash, ma’lumotlarni o’zatish va EHF hisobini yuritishni ta’minlaydigan yuridik shaxslar hisoblanadilar.
O’zbekiston hududidagi elektron hujjat aylamasining rasmiy operatorlari 14 ta, Ularning ichida:
- «Nalog-servis» DUK;
- «Space online genesis» MChJ;
- «Venkon group» MChJ;
- «Lanbir servis» MChJ;
- «New invoice service» MChJ;
- «Fides solutions»MChJ;
- «Bepro norma» MChJ;
- «Unitel» MChJ;
- «Realsoft»MChJ;
- «The mind»MChJ;
- «Bitwise» MChJ;
- «Plum technologies» MChJ;
- «Micros development» XK;
- «Dataprizma» MChJ.
Rouming-opperator bitta - E-Faktura.
E-faktura tizimi - bu kontragentlar o’rtasidagi, soliq organlari elektron davlat xizmatlari portalida joylashgan soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklidagi hisobvaraq-faktura hujjar aylanmasining tizimidir.
EHFni qanday rasmiylashtiriladi
Mahsulotni sotishdagi hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish:
- Xaridorlar elektron ishonchnomani to’ldiradilar, uni ERI bilan tasdiqlaydilar va yetlazib beruvchiga junatadilar.
- Yetkaziv beruvchi EHFni shakllantiradi, ERI bilan tasdiqlaydi va yetkazib beruvchiga junatadi.
- Xaridor ERI bilan olingan EHFni tasdiqlaydi va qaytarib junatadi.
- Xaridor EHFni tasdiqlashni rad etganida uning sabablarini ko’rsatishi kerak.
Jismoniy shaxs bilan ishlashda sotuvchi EHFni shakllantiradi, chop etadi va xaridorga junatadi.
Mahsulotni junatishdan oldin ishlab chiqaruvchi junatilgan mahsulotning markirovkasi kodini skaner qiladi va ularni EHFga qo’shadi.
Mahsulotni olganda xaridor EHFni imzolaydi, ma’lumotlar avtomatik ravishda markirovkalash tizimiga tushadi. Markirovkalash kodlari xaridorning balansiga o’tadi.
Hujjatni shaxsiy kabinetda “Hujjatlar” bo’limini topish mumkin.
“Kirish” ilovasida imzolangan EHF bo’ladi va markirovkalashning barcha olingan kodlari ko’rinib turadi.
Boshqa foydali maqolalar:
- MK - Milliy karalog Mahsulotlarni nega xatlash kerak, mahsulot kartochlasini qanday yaratish kerak va uni nima qilish kerak?
- Milliy katalogdagi shaxsiy kabinet: funksionallik va mavjud sozlamalar
- ERI — Elektron raqamli imzo. Nima uchun kerak, qayrda olsa bo’ladi
- "Asl Belgisi" MIT — tizimda qanday ro’yxatda o’tish kerak
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish