EHFni rasmiylashtirishda xato qilib qolganida mahsulotlar aylanmasining qatnashchisi qo’shimcha yoki to’g’rilangan hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishi kerak bo’ladi.
Bu Vazirlar Mahkamasiming 489-sonli qarori bilan tasdiqlangan hisobvaraq-faktura shakli va ularni to’ldirish tartibi to’g’risidagi Nizomda ko’zda tutilgan. Ushbu hujjatning 5 bo’limi qoshimcha va to’g’rilangan hisobvaraq fakturani rasmiylashtirish xususiyatlarini tartibga soladi.
Qo’shimcha hisobvaraq-faktura quyidagi holatlarda rasmiylashtiriladi:
- Mahsulot toliq va qisman qaytarilganida;
- Yetkazib berish shartlarininh o’zgarishi (ortilgan mahsulotlarning narxi, soni (ko’lami);
- Mahsulot sotuvchilariga chegirmalar berish.
Qo’shimcha hisobvaraq faktura 1 yil ichida, kafolat muddati o’rnatilgan mahsulotlar uchun uchun esa- kafolat muddati davomida rasmiylashtiriladi.
Qo’shimcha hisobvaraq-faktura tarkibiga quyidagilar kiradi:
- U qo’shimcha ekanligi to’g’risidagi izoh;
- Tartib raqami va qo’yillish sanasi;
- Chiqarilgan (qo’shimcha) hisobvaraq-faktura raqami va sanasi;
- Baho, QQSsiz tan narxini to’g’rilash miqdori;
- QQSni to’g’rilash miqdori;
- Mahsulotlarni markirovkalash haqidagi ma’lumotlar.
Qo’shimcha hisobvaraq-faktura, chiquvchi hisobvaraq-fakturani to’ldiradi. Ya’ni, mahsulotlarni markirovkalashni berish haqidagi ma’lumotlar markirovka kodi bilan (pozitsiyalar bo’yicha, mahsulotlarning ijobiy soni bilan) to’ldiriladi yoki aksincha (pozitsiyalar bo’yicha, mahsulotlarning salbiy soni bilan) bekor qilinadi.
To’g’rilangan hisobvaraq-faktura quyidagi holatlarda qollaniladi:
- Xatolarni to’g’rilash natijasidagi soliq bazasining o’zgarishi;
- Oldin yozilgan hisobvaraq-fakturaga o’zgartishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritish.
To’g’rilangan hisobvaraq-faktura da’vo kiritish davri mobaynida rasmiylashtiriladi.
To’g’rilangan hisobvaraq-fakturada quyidagilar bo’lishi kerak:
- U to’g’rilangan ekanligi haqidagi izoh;
- Tartib raqami va quyilgan sanasi (to’g’rilanadigan hujjat bilan mos bo’lishi kerak);
- Chiquvchi (to’g’rilanadigan) hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi;
- Mahsulotni markirovkalash haqidagi ma’lumot.
To’g’rilangan hisobvaraq-faktura chiquvchi hisobvaraq-fakturani bekor qiladi, ya’ni, markirovkalangan mahsulotlarni berish haqidagi ma’lumotlar bekor qilinadi va to’g’rilangan hisobvaraq-fakturada ko’rsatilgan ma’lumotlarga almashtiriladi.
Boshqa foydali maqolalar:
- Raqamli markirovkalash nima?
- MK - Milliy karalog Mahsulotlarni nega xatlash kerak, mahsulot kartochlasini qanday yaratish kerak va uni nima qilish kerak?
- GS1 DataMatrix yoki markirovkalash kodi. Ko’rinishi qanaqa va qanday ishlaydi, nimaga e’tibor qaratish kerak?
- "Asl Belgisi" MIT — tizimda qanday ro’yxatda o’tish kerak
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish