Markirovkalangan mahsulotni qaytarish markirovkalash kodini aylanmaga qaytarishni nazarda tutadi. Bunda 2 ta variant mavjud:
- Mahsulotning markirovkalash kodi shikastlanmagan holda qaytarish.
- Mahsulotning markirovkalash kodi shikastlangan holatda qaytarish.
Birinchi holatda aylanma ishtirokchisi nazorat-kassa texnikasi qo’llagan holda mahsulotni qaytarish to’g’risida "Asl Belgisi" MATga ma’lumot taqdim etishi kerak. Buni mustaqil tarzda, onlayn NKM orqali qaytarilgan mahsulotning markirovkalash kodidan iborat bo’lgan qaytarish chekini rasmiylashtirib bajarish mumkin.
Markirovkalash kodi (yoki kodsiz) shikastlangan mahsulotni qaytarish qayta markirovkalashni ko’zda tutadi. Qayta markirovkalash faqat muayyan mahsulot guruhlari uchun mumkin ekanligini hisobga oling.
"Asl Belgisi" MAT ga ma’lumot berish
Qolda ma’umot berish uchun quyidagilar zarur:
- "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetida avtorizatsiyalanish.
- “Hujjatlar” bo’limiga o’tish.
- “Qo’shish” tugmasi orqali yangi hujjat qo’shish shaklini tanlash.
- Tushib qolayotgan ro’yxatda “Aylanmaga qaytarish”ni tanlash.
- Taklif qilinayotgan variantlardan qaytarish sababini ko’rsatish.
- “Mahsulotlarni qo’shish”ni bosish.
- ERI yordamida imzo qo'yish.
Hujjat “Mahsulotni aylanmaga qaytarish” qaydi bilan tasvirlanadi.
Shuningdek, XML yoki CSV formatdagi faylni yuklash mumkin. Bunda harakatlar ketma-ketligi quyidagicha bo'ladi:
- "Asl Belgisi" MAT da avtorizatsiyalanish.
- “Hujjatlar” bo’limidagi “Yuklash” tugmasi yordamida faylni yuklash.
- ERI yordamida imzo qo'yish.
Boshqa foydali maqolalar:
-
"Asl Belgisi" tizimi: ishni boshlash. Shaxsiy kabinet qanday tuzilgan va ro'yxatdan o'tgandan keyin nima qilish kerak?
-
Raqamli markirovkalash nima?
-
O‘zbekistonda mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
-
«Asl Belgisi» MAT: foydalanuvchilar uchun qo’llanma
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish