Markirovkalangan mahsulotni olish yoki yuklashning majburiy taomillari mahsulot aylanmasi ishtirokchisining turiga bog’liq.
Ishlab chiqaruvchilar
Ishlab chiqaruvchilar quyidagilarga majbur:
- Markirovkalash tizimida ro’yxatdan o’tish;
- Mahsulot to’g’risida ma’lumotlarni kiritish;
- Markirovka kodini olish;
- Markirovkalash kodini mahsulotga tushirish.
Mahsulotni sotishda ishlab chiqaruvchi quyidagilarga majbur:
- Xaridorga (mahsulot aylanmasi qatnashchisiga) yuklangan mahsulotning markirovkalash kodi ko’rsatilgan elektron- hisobvaraq faktura quyish.
- Xaridor mahsulotdagi yoki qadog’idagi va EHFdagi markirovkalasj kodini tekshiradi.
- EHFni o’z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
- EHF roumingi operatori mahsulotlarni sotish bo’yicha ma’lumotlarni "Asl Belgisi" MIT operatoriga beradi.
Shundan so’ng, ko’rsatilgan mahsulotlar xaridor balansiga o’tadi. "Asl Belgisi" MITga “Hujjatlar” bo’limi va “Kirish” ilovasida kirish imzolanfan EFSni va markirovkalashning olingan kodini ko’rish mumkin.
Distribyuterlar mahsulotni balansga EHF bo’yicha oladilar. Keyinchalik ulgurji-chakana savdo nuqtalarida sotishda, mahsulotni sotish uchun ishlab chiqaruvchilarga ham xuddi shunday amal qilinadi.
Ulgurji-chakana savdo nuqtalari
Mahsulotni balansga ECG bo’yicha qabul qilinadi. Mahsulotni keyinchalik sotishdagi uni hisobdan chiqarish onlayn-kassa yordamida amalga oshadi. Onlayn-kassadan tashqari, savdo nuqtalari 2D skanerlari bilan jihozlanishi kerak. Mahsulot sotilganda mahsulot kodi skaner qilinadi va ma’lumotlar tizimga uzatiladi, mahsulotni aylanmadan chiqarish amalga oshadi.
Xaridor raqamli markirovkalashning mobil ilovasi yordamida mahsulotning qonuniyligi va haralatini tekshirishi mumkin.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish