Majburiy markirovkalash joriy etilishi bilan markirovka qilinishi kerak bo’lgan mahsulotlarni sotish jarayonlari o’zgartirilishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 lekabrdagi 833 sonli qaroriga muvofiq, "Asl Belgisi" MITda raqamli markirovkaga ega bo’lgan mahsilotlarni nafaqat ishlab chiqarislishi va aylanmasi, balki markirovkalangan mahsulotlarni aniq narxlarda sotilishining ham monitoringi amalga oshiriladi.
Endi majburiy markirovkalanishi kerak bo’lgan mahsulotlarning aylanmadan chiqarish quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
- sotuvchi onlayn NKMga biriktirilgan texnik vositalar yordamida (skaner yoki texnik ko’rish kamerasi) skaner qiladi va markirovkalash kodini tanib oladi;
- onlayn ККМ sotilgan mahsulotning chekdagi (“Labl” maydoni) markirovkalash kodini (mahsulot kodi & seriya raqami) yoqadi va elektron chekini FMOga yuboradi;
- FMO real vaqt rejimida cheklarning kelib tushishini qayd etadi, undan keyin markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan barcha cheklarni "Asl Belgisi" MITga beradi;
- "Asl Belgisi" MIT operatori markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosini qayd etadi.
"Asl Belgisi" MITga faqat “label” maydoni raqami bo’sh bo’lmagan elektron fiskal hujjatlar (cheklar) beriladi. Markirovkalangan mahsulotlarni sotish uchun o’zingizning qurilmangizni qanday to’g’rilashni “Onlayn NKMni markirovkaga qanday to’g’rilash kerak” maqolasida o’qing.
Barcha NKMlar ham markirovka bilan ishlashga to’g’ri keladimi?
Markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash uchun faqat onlayn-kassalat (onlayn NKM) to’g’ri keladi. Internetga ulanganda bunfay qurilma Fiskal ma’lumotlar operatori (FMO) orqali barcha moliyaviy operatsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni nazorat qilivchi organ – soliq xizmatiga yuboradi
Barcha yanfi kassa apparatlari quyidagi texnik imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak:
- bank kartalaridan to’lovlarni qabul qilish;
- apparat joylashgan mansili to’g’risida DSIga ma’lumotlar taqlim etish (kassa apparati sifatida ishlatilayotgan kartalar terminallaridan tashqari);
- mahsulotlar strix-kodi, shuningdek, raqamli markirovkalanishi kerak bo’lgan mahsulotlarning raqamli markirovkalash kodlarni o’qish va identifikatsiyalash.
Ushbu talablarga yavob bermaydigan kassa apparatlari, 2022 yil 1 yanvardan soliq organlariga ro’yxatdan o’tkazilish to’xtatildi. 2023 yil 1 yanvar kunidan, barcha tadbirkorlar yangi reglament talablariga muvofiq bo’lmagan apparatlardan foydalanishni to’xtatishga majburdirlar.
Onlayn-kassalar reestri va ularga texnik xizmat ko’rsatadigan marlazlarni (TXM) Davlat soliq qo’mitasining saytlarida topish mumkin:
Chakana savdo uchun markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash qachonmajburiy bo’ladi?
2022 yil 1 yanvardan boshlab onlayn-kassalar va virtual kassalarda Mahsulotning yagona electron katalogiga muvofiq, sotib olingan mahsulot yoki xizmatning identifikatsion kodini aks ettirmaydigan cheklarni berish ma’n etildgan.
2022 yildan boshlab raqamli markirovkaga ega bo’lgan mahsulotlarni sotadigan tadbirkorlar, o’z kassalariga shtrix-kodlar va raqamli markirovkani oqiydigan qurilmalariga — 2D skanerlari, ma’lumotlar to’plash termimallari va h.k.ni o’lashlari kerak.
2023 yil 1 yanvarga qadar, yangi kassa apparatlari va raqamli markirovkani o’qiydigan qurilmani sotib olganlik uchun bitta qurilma uchun qilingan xarajat narxi biroq, ChBM dan ortiq bo;magan (1,08 mln. so’m) soliq shegirmasi ko’zda tutilgan.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish