Milliy katalog (MK) - bu markirovkalash tizimidagi mahsulotlar haqidagi elektron ma'lumotlarni saqlash uchun markazlashtirilgan tizim. Milliy katalog - eng muhim elementlardan biridir.
Milliy Katalogda markirovkalanishi majburiy bo’lgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Bunda har bir mahsulot eng asosiy iste’molchilik xususiyatlari, ruxsat berish hujjatlari, og’irligi va ko’lami to’g’risidagi dolzarb ma’lumotlardan iborat bo’lgan o'z kartochkasiga ega.
Katalogga kirish aylanmaning barcha ishtirokchilari uchun bepul. U mahsulotning ishlab chiqaruvchilari va importchilari uchun majburiy hisoblanadi. Milliy Katalog saytida, u haqida ko’proq bilishingiz, shuningdek, ro'yxatdan o’tishingiz mumkin.
Ushbu maqolada siz quyidagilarni bilib olasiz:
- Mahsulotlarni tasvirlash nima uchun kerak
- Milliy katalogga qanday kirish mumkin
- Mahsulotlar kartochkasini qanday yaratish kerak
- Mahsulot kartochkasining tuzilmasi
Mahsulotlarni tasvirlash nima uchun kerak
Milliy Katalog O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq GS1 Xalqaro standartlari asosida qurilgan.
Mahsulotlarni standartlashtirilgan ma’lumotnomasi, fuqarolarga o’zlarining qiziqtirayotgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni olish, biznesga esa - mahsulot nomenklaturasini yuritishga bo’lgan xarajatlarni qisqartirish imkoniyatini beradi. Katalog doimiy tarzda yangilanadi va o’z funksionallgini oshirib boradi, iste’molchilar va biznes uchun foydali servislar ishlab chiqariladi.
Milliy Katalogga kirish aylanmaning barcha ishtirokchilari uchun bepul. Milliy katalog turli davlat strukturalari va axborot tizimlari bilan bo’g’langan:
- Tashqi iqtisodiy faoliyatning mahsulot nomenklaturasi (TIF MN).
- Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning umumdavlat klassifikatori (MUK).
- Avtomatik identifikatsiyalash va mahsulotlarni raqamlashtirish xalqaro Assosiatsiyasining Milliy tashkiloti (Assosiatsiya GS1 Uzbekistan).
- “Uzstandart” agentligi
- Intellektual huquqni himoya qilish assosiatsiyasi
- Boshqa tuzilmalar
Milliy katalog turli tashkilotlar uchun mahsulotlarni tasvirlash xarajatlarini qisqartirishga yordam beradi. Katalogda raqamli markirovkalanadigan barcha mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlar to’planadi va tekshiriladi.
Milliy katalog markirovkalanadigan toifalarning mahsulotlar kartochkasidan iborat, u doimiy ravishda kengayib boradi va tajriba rejimida o'zining funksionalligini takomillashtirib yangi mahsulotlarni qamrab oladi.
Milliy katalogga qanday kirish mumkin
Milliy katalog tizimida avtorizatsiya qilish “Asl Belgisi” MAT Yagona shaxsiy kabinetidan oʻtish orqali amalga oshirilgan. O'tish uchun siz "Milliy katalog" menyusidan foydalanishingiz kerak.
Birlamchi o’tishda to’g’ridan-to’g’ri ro’yxatdan o’tish amalga oshadi. Shundan so’ng, o’z tashkilotingiz haqidagi yetishmayotgan ma’lumotni kiritish kerak. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
- “Profil” bo’limiga o’tish;
- “Ishtirokchi ma’lumotlari” bo’limini tanlash;
- Majburiy bo'lgan maydonlarni to’ldirish: E-Mail, “Telefon”, “Iqtisodiy faoliyatning asosiy turi”.
- “O’zgarishlarni saqlash” tugmasini bosish.
Keyin “Profilni sozlash” menyusi orqali profilni sozlash kerak. Bunda quyidagi bo’limlarga kirish mumkin:
- Ishonchli foydalanuvchilar;
- Savdo belgilari;
- Subakkauntlar;
- Saytdagi profil.
Mahsulotlat kartochkasini qanday yaratish kerak
Milliy Katalogda mahsulotning yangi kartochkasini yaratishning bir nechta usullari mavjud. Barcha usullar haqida “Milliy Katalogda mahsulotni kartochkasini qanday yaratish mumkin” maqolasida o’qing. Mahsulot kartochkasini yaratishdan oldin ushbu video-dars bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz:
Mahsulot kartochkasining tuzilmasi
Mahsulot kartochkasining to'liq shakli TIF MN YeOIIning tanlangan kodi uchun belgilar to’plamini o’z ichiga oladi, shuningdek, mahsulotlar kartochkasining joriy holatini, kartochka shakli, markirovkalash kodlari buyurtmasi uchun ochiqligi belgisi va/yoki aylanmaga kiritishni aks ettiradi.
Mahsulot kartochkasining tuzilmasi ilovalardan va belgilar guruhidan iborat. Ilovalar 3 ta:
- Mahsulot kodini ro'yxatga olish - modal darcha ma’lumotlarini to’ldirish va markirovkalash kodlarini emissiya qilish ehtimollari uchun zarur bo’lgan barcha belgilarni o’z ichiga oladi;
- Mahsulot haqidagi ma’lumotlar - aylanmaga kiritish uchun to’ldirish majburiy bo’lgan barcha belgilar, shuningdek, ruxsat berish hujjatlari bo’yicha belgilar, qadoqlash bo'yicha ma’lumotlar (shu jumladan, guruhli iste’mol va transport), vazni va ko'lami boyicha xususiyatlari va boshqa biznes-belgilarni o'z ichiga oladi.
- Foto - mahsulot rasmini yuklash uchun blok.
Guruhlar u yoki bu belgilarni maznunli mohiyatidan kelib chiqib belgilarni birlashtiradilar.
- Iste’molchilik xususiyatlari;
- Foydalanish;
- Saqlash shartlari va boshqalar.
Ko’plab atributlar eslatmaga ega. Elementga olib borilganda qator oxirida maydonni to’g’ri to’ldirish yozilgan yordam paydo bo’ladi.
Har bir mahsulot guruhi uchun, to’ldirish zarur bo’lgan mahsulot belgilari farq qiladi.
Mahsulotlar kartochkasining holatlari va ular bilan ishlash
Milliy Katalogda mahsulotlar kartochlakari uchun quyidagi holatlar mavjud:
- “Yechimni talab etadi” - GS1 Uzbekistondan avtomatik tarzda olingan mahsulotlar kartochkasi, agarda:
- “Mahsulotning to’liq nomi” va/yoki “Savdo belgisi” maydonlari to’ldirilmagan bo’lsa, ammo “Kod TIF MN” maydoni to’ldirilgan bo’lsa;
- “Kod TIF MN” maydoni to’ldirilmagan va mahsulot kartochkasi Milliy Katalogda qo’lda kiritilgan.
- “Qoralama” - shaxsiy kabinet yoki GS1 Uzbekistan” dan olingan mahsulotlar kartochkasining boshlang’ichholati (agar “Mahsulot kodi”, “TIF MN”, “Mahsulotning to’liq nomi”, “Mahsulot belgisi” maydonlari moderatsiyaga jo'natishgacha to’ldirilgan bo’lsa)
- “Moderatsiyada” - yangilashga yuborilgan mahsulotlar kartochkalari.
- “Imzolanishi kutilmoqda” - orttirilgan mahsulotlar kartochkasining holati, moderatsiyadan o’tishning ijobiy natijasi sifatida.
- “Chop etilgan” - ERI bilan imzolangan va chop etilgan nahsulotlar kartochkalari.
- “Arxivda” - mahsulot ishlab chiqarishdan olingan holatda mahsulotlar kartochkalari ko’rsatilgan holatga ega bo’ladilar.
Mahsulotlar kartochkalari bilan quyidagi harakatlarni bajarish mumkin:
- Qoralamani ro’yxatga olish - ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tgan holatda tizim avtomatik ravishda “Qoralama” maqomini beradi.
- Qoralamani tahrir qilish - majburiy taomil bo’lib, kerakli ma’lumotlarni kiritish yo’li billan bajariladi. Tahrirlash soni chegaralanmagan. Kartochkaning “Qoralama” dagi maqomi avtomatik tarzda o’zgarmasligini eslatib o’tamiz.
- Mahsulotlar kartochkasi qoralamasini yangilashga yuborish Buning uchun “Moderatsiyaga yuborish” tegishli tugmasi mavjud. Majburiy atributlar mavjudligini avtomatik tekshiruvidan keyin tizim “Moderatsiyada” maqomini o’zgartiradi.
- Mahsulotlar kartochkasini tekshirish natijalarini olish. Jarayon tugaganidan keyin tekshirish natijalariga qarab tizim avtomatik ravishda “Yechimni talab etadi” yoki “Imzolanishi kutilmoqda” maqomiga o’zgartiradi.
- Moderatsiyada xatolik topilsa va maqom “Yechimni talab etadi”ga o’zgarsa, o’zgartirish kiritish va kartochkani takroran tekshiruvga yuborish kerak bo’ladi. Kartochkani to’g’rilashda moderatsiya xizmati qoldirgan qaydlar va xabarlar asosida harakat qilish lozim (buni tizimda qilish mumkin).
- “Imzolanishi kutilmoqda” maqomiga ega bo’lgan mahsulot kartochkasini chop etish. Shundan keyin tizim avtomatik tarzda kartochlaning maqomini “Chop etilgan”ga o’zgartiradi, qoralama esa tizimdan o'chiriladi.
“Arxivda” maqomidagi kartochkalar reestrda boshqa faol kartochkalar qatorida ko’rinmaydi. Ularni “Arxivda” belgisi orqali filtr yordamida topish mumkin.
Shuningdek, mahsulotlar kartochkalarining ichida mumkin bo’lgan harakatlar ham mavjud.
Milliy katalog bilan ishlash to’g’risidagi batafsilroq ma’lumotlarni olish uchun “Yordam” bo’limidagi yo'riqnomalarga murojaat qilish, shuningdek, Milliy katalogning bilimlar bazasi sahifasiga kirishni tavsiya etamiz.
Vazirlar Mahkamasining 833-sonli Qarori 1-ilova 5-bobga muvofiq, mahsulot kartasini tekshirish va ro'yxatdan o'tkazish 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish