"Asl Belgisi" MIT - tovarlarni markirovkalash va tekshirib borish milliy tizimi bo'lib, u yerda tovarlar aylanmasi ishtirokchilarining barcha faoliyati amalga oshiriladi. Mazkur tizimda ro'yxatda o'tish tovar aylanmasi ishtirokchisiga markirovkalash kodlarini buyurtma qilish, aylanmaga kiritish yoki chiqarish, tovar aylanmasi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish imkonini beradi. Ro'yxatdan o'tish jarayoni "Asl Belgisi" MIT - qanday ro'yxatdan o'tish?" maqolasida tasvirlangan.
Mazkur maqolada bilib olasiz:
Shaxsiy kebinetning ko'rinishi qanday
Asl Belgisi MIT shaxsiy kabineti tovarlar aylanmasi ishtirokchilarining kontragentlar va markirovka kodlari, shuningdek, tovar harakati nazorati bilan ishlashiga mo'ljallangan. Shaxsiy kabinetda siz zarur hujjatlarni, analitik ma'lumotlarni va boshqa axborotlarni topishingiz mumkin. Shaxsiy kabinetga kirish uchunkabinetga kirish sahifasiga o'tish va ERI yordamida avtorizatsiyadan o'tish lozim.
Avtorizatsiyadan muvaffaqiyatli o'tgandan so'ng foydalanuvchi tovarlar aylanmasi ishtirokchisi huquqlariga asosan shaxsiy kabinetning bosh sahifasiga kiritiladi.
Avtorizatsiyadan o'tgandan foydalanuvchiga shaxsiy kabinetning bosh sahifasi ko'rinadi, uning markazida mavjud tovar guruhlari ro'yxati keltirilgan. Ulardan birini tanlash orqali foydalanuvchi muayyan tovar guruhi bilan ishlashga mo'ljallangan sahifaga o'tadi.
Bosh sahifaning o'ng yuqori qismida boshqaruv elementlari keltirilgan:
- tilni tanlash;
- foydalanuvchi profii, uning hisob-raqamlari va operatordan hujjatlari to'g'risida ochiladigan menyu.
Bosh sahifaning yuqori qismida quyidagi funksional bloklar orasida o'tish uchun tugma nazarda tutigan:
Bosh sahifaning chap qismida hisob-raqamlarni ko'rishga o'tish va bosh sahifaga qaytish imkonini beruvchi menyu taqdim etilgan.
Mazkur materialda biz faqatgina "Tovarlarni markirovkalash" funksional bo'limi ishi bilan tanishamiz. Milliy Katalog va Buyurtmalarni Boshqarish Stansiyasi ishi bo'yicha mos maqolalarni o'qing.
Tizimda qanday ishlash mumkin
Profilga o'zgartirish kiritish
Foydalanuvchi profilini ko'rish "Profil" qismini bosish bilan ishga tushiriladi.
"Profil" oynasi umumiy holda, har birida muayyan funksiyalar bo'lgan ilovalardan iborat:
- "Ishtirokchi ma'lumotlari" - umumiy va aloqa ma'lumotlari, ishtirokchilar roli va boshqalarga tuzatish kiritish. Ma'lumotlar tarkibi shaxsiy kabinetga ulangan foydalanuvchilarning miqdori bilab bog'liq.
- "Foydalanuvchilar" - ilovada tovar aylanmasi ishtirokchisini ifodalaydigan yangi foydalanuvchilarni ulash va allaqachon ulanganlarning ro'yxatini ko'rish mumkin.
Faqatgina sertifikatida, tovar aylanmasi ishtirokchisi STIRi bilan mos keluvchi STIR ko'rsatilgan foydalanuvchilarni ulash mumkin.
- "Rekvizitlar" - mazkur ilovada rekvizitlarga tuzatish kuritish mumkin;
- "Ishlab chiqarish" - bu yerda tovar aylanmasi ishtirokchilari ro'yxati keltirilgan. Ishlab chiqarishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni tahrirlash yoki o'chirish kontekst menyusi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatlar
Operatordan hujjatlarni ko'rish uchun ochiladigan menyuda (oynaning o'ng yuqori burchagi) "Operatordan hujjatlar" bo'limini tanlash lozim.
Operatordan hujjatlarni ko'rish oynasi uch bo'limdan iborat:
- "Umumiy hujjatlar" - operatordan hujjatlarni ko'rish, yuklab olish va zarur hujjatni imzolash funksiyalariga ega interaktiv ro'yxat taqdim etilgan;
- "To'lovlar" - "Hisobni olish" tugmasini bosganda buyurtma qilish imkoniyati bilan tovar aylanmasi ishtirokchisining to'lovlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan;
- "Yopuvchi hujjatlar" - hisob-kitob davri tugashi bilan "Asl Belgisi" MIT operatoridan olinuvchi foydalanuvchilarning birlamchi buxgalteriya hujjatlari ("yopuvchi hujjatlar" deb ataluvchi) bilan ishlash uchun mo'ljallangan.
Hisob raqamlar bilan ishlash
Tizim bilan ishlash bepul asosda amalga oshiriladi - faqatgina markalash kodlarini to'lash lozim. Hisob raqamlarni ko'rish chap paneldagi hisob raqamlarni boshqarish tugmasini, yoki ekranning o'ng yuqori burchagida joylashtirilgan ochiluvchi menyuda "Hisob raqamlarni boshqarish" tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Ko'rsatilgan tugmalardan birini bosgandan so'ng foydalanuvchida hisob raqamlarning ro'yxati ko'rinadi. Hisob raqam to'g'risidagi yozuvning o'ng tomonida joylashgan tugmadan foydalanib, foydalanuvchi hisob raqamdagi mablag'larning eng kam qoldig'ini belgilashi yoki hisobni olishni so'rashi mumkin.
"Eng kam qoldiq" bandini tanlashda, foydalanuvchi hisob raqamdagi mablag'larning eng kam qoldig'ini belgilashi mumkin, unga yetganida hisob raqamini to'ldirish to'g'risida eslatuvchi xabarnomalar jo'natiladi.
Hisob raqam bilan ishlash menyusida "Hisobni olish" bandidan foydalanishda, foydalanuvchi QQS miqdorini ko'rsatishi va "Buyurtma qilish" tugmasini bosishi kerak bo'lgan oyna ochiladi. "Hisobni olish" oynasi yopilganidan so'ng, foydalanuvchiga hisobni jo'natilishini tasdiqlovchi oyna ko'rinadi.
Tovar guruhlari bilan ishlash
Tovar guruhi bilan ishlashni boshlash uchun avtorizatsiyadan o'tgan foydalanuvchi "Asl Belgisi" MIT shaxsiy kabineti bosh sahifasida "Tovarlarni markirovkalash" bo'limiga kirishi va qiziqtirgan tovar guruhini tanlashi mumkin, masalan, "Tamaki mahsuloti". Natijada tanlangan tovar guruhlarining bosh sahifasi ochiladi ("Tovarlarni markirovkalash" menyu bandi → "Tovar guruhi" → "Bosh sahifa").
Chap panelda bir qator tugmalar bo'lib, ularning har biri bo'limning alohida funksinali uchun javob beradi. Chap panel kengaytirilgan ko'rinishda tugma nomlari bilan taqdim qilinadi. Panelni ochish va yopib qo'yish panelning pastgi qismida joylashtirilgan tugmalar orqali amalga oshiriladi.
Chap panel tugmalari (Kodlar, Hujjatlar, Tovarlar, Hisobotlar), har biri quyida tavsiflangan, mos bo'limni ishga tushiradi.
"Kodlar" bo'limi
"Kodlar" bo'limini ochish uchun "Tovarlarni markirovkalash" → "Tovar guruhlari" → "Kodlar" menyu bo'limiga o'tish lozim.
Mazkur bo'lim markirovka kodlari bilan ishlashga mo'ljallaggan.
Bo'limga kirishda foydalanuvchiga, tovar aylanmasi ishtirokchisi egalik qiladigan va uning nomidan foydalanuvchi avtorizatsiya qilgan, markirovka kolari to'g'risida yozuvlar ro'yxati k'rinadi.
Markirovka kodi to'g'risidagi har bir yozuv quyidagi maydonlarga ega:
- Sana (MK maqomi o'zgarishi sanasi);
- Kod maqomi;
- Kod (markirovka kodi);
- Qadoq turi;
- Tovar;
- Ishlab chiqaruvchi;
- Qadoq ichidagi birliklar miqdori;
- Mukldori (mulkdor rekvizitlari).
Markirovka kodlari ro'yxati betlarga bo'lingan holda ko'rinadi, betlarning interaktiv ro'yxati bo'limning pastgi qismida keltirilgan. Ro'yxat ustunlarning yuqori qismida filtrlarni ishga tushirish tugmalari keltirilgan. Shunday qilib, ro'yxat yozuvlari foydalanuvchining ixtiyoriga ko'ra filtr qilnishi mumkin.
Filtr turlari quyida keltirilgan. Filtrdan foydalanish uchun filtrlash qiymatini kiritish va "Qo'llash" tugmasini bosish lozim. Filtrlashni bekor qilish uchun foydalanuvchi mos filtrning "Bekor qilish" tugmasidan foydalanishi lozim.
Markirovka kodlari ro'yxati foydalanuvchi tomonidan, ko'rinadigan ustunlar va ularning ketma-ketligi borasida sozlanishi mumkin. Sozlash uchun "Ko'rinish" tugmasidan foydalanish lozim.
"Ko'rinish" tugmasini bosish "Jadvalni tahrirlash" oynasini ishga tushiradi.
Foydalanuvchida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- qiziqtirgan maydonlarni yashirish/ko'rsatish;
- ro'yxat maydonlari ko'rinishi ketma-ketligini, qiziqtirgan maydonlarni "bir joydan ikkinchi joyga tortish" (drag-n-drop) usulida o'zgartirish;
- kiritilgan o'zgarishlarni xotirada saqlash;
- kiritilgan o'zgarishlarni bekor qilish.
Markirovka kodlari to'g'risidagi batavsil ma'lumotlarni ko'rish uchun, foydalanuvchi o'zini qiziqtirgan ro'yxat qatorida "Kod" ustunidagi markirovka kodining interaktiv belgisini bosishi lozim.
Bosilgandan so'ng foydalanuvchiga markirovka kodi to'g'risida axborotni saqlovchi oyna ochiladi. Umumiy hollarda (markirovka maqomiga bog'liq ravishda) oynada quyidagi ilovalar bor:
- Umumiy ma'lumotlar;
- Agregatsiya - agregatsiyalangan markirovka kodlari interaktiv belgilarini o'z ichiga oladi, ular haqida batavsil ma'lumotlar foydalanuvchi tomonidan ko'rib chiqilishi mumkin;
- Hujjatlar - markirovka kodlari bilan bog'liq hujjatlar to'g'risida ma'lumotlarni saqlaydi. Ilovada, shuningdek, bog'langan hujjatlarning interaktiv belgilari ham saqlanadi, ularga bosish natijasida foydalanuvchini qiziqtirayotgan hujjatlar to'g'risida batavsil ma'lumotlar chiqarib beradi;
- Kod harakati - markirovka kodlari harakatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni saqlaydi (markirovka kodlari maqomining o'zgarishi).
Hujjatlar bilan ishlash
"Hujjatlar" bo'limini ochish uchun "Tovarlarni markirovkalash" → "Tovar guruhlari" → "Hujjatlar" menyu bo'limiga o'tish lozim.
Ilovalar nazarda tutilgan:
- "Hujjatlar";
- "Cheklar" - soliq ma'lumotlari operatoridan (keyingi o'rinlarda SMO) kelib tushadigan cheklar ro'yxatini ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Har bir chek yozivi interaktiv bo'lib, hujjat raqamini bosish, foydalanuvchi uchun chek to'g'risidagi batavsil ma'lumotlarni ko'rsatuvchi oynani ochib beradi (oyna "Umumiy ma'lumot" va "Kodlar" ilovalariga bo'lingan);
- "Qoralama" - hujjatlar qoralamalari ro'yxatining interaktiv ro'yxatini ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Qoralamalar bo'lib to'liq yaratilmagan hujjatlar hisoblanadi (ya'ni, elektron raqamli imzo bilan imzolanmagan va jo'natilmagan). Bunday hujjatlar foydalanuvchilar tomonidan "Qoralama" maqomida saqlanadi;
- "Chiquvchi" - foydalanuvchi tomonidan jo'natilgan hujjatlar ro'yxatini ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Ko'rsatiladigan hujjatlar tarkibi: Hujjat raqami, Hujjat turi; Hujjatni oluvchisi; Yaratish sanasi;
- "Kiruvchi" - foydalanuvchi tomonidan olingan hujjatlarning interaktiv ro'yxatini saqlaydi.
Izoh. Hujjatlar ro'yxatida faqatgina ko'rish imkoni bo'lgan hujjatlar ko'rinadi:
- SUZdan kelayotgan hujjatlarni "Agregatlash" va "Hujjatlarni hisobdan chiqarish".
- TMT MTdan kelib tushayotgan "Elektron hisob-varaq faktura (EHF)".
Boshqa foydali maqolalar:
- MK - Milliy karalog Mahsulotlarni nega xatlash kerak, mahsulot kartochlasini qanday yaratish kerak va uni nima qilish kerak?
- Milliy katalogdagi shaxsiy kabinet: funksionallik va mavjud sozlamalar
- ERI — Elektron raqamli imzo. Nima uchun kerak, qayrda olsa bo’ladi
- "Asl Belgisi" MIT — tizimda qanday ro’yxatda o’tish kerak
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish