"Asl Belgisi" - markirovkalashni monitoring qilish va mahsulotni ko’zatish nilliy axborot tizimi Ushbu tizimda mahsulotlar aylanmasi qatnashchilari uchun mahsulotni markirovkalash: mahsulotlar xatlovi va markirovkalash kodlarini buyurtmalashdan boshlab markirovkalangan mahsulotlarni aylanmadan chiqarishgacha bo’lgan barcha ishlar amalga oshadi.
Ro’yxatdan o’tish majburiy bosqich bo’lib, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20.11. dagi 737 sonli qaroriga asosan usiz markirovkalash bo’yicha islash iloji yo’q. Bu qaror o’z kuchini yo’qotgan, uning o’rniga VM 833-sonli ning 2020 yil 31.12. dagi qarori qabul qilindi.
MMMK MATda ro’yxatdan o’tish 4 bosqichda o’tkaziladi, ular to’g’risida ushbu maqolada bilib olasiz.
- Ro’yxatdan o’tishga tayyorgarlik
- Arizani shakllantirish
- Birinchi kirishda profilni to’ldirish
- Hujjatlar paketini imzolash
- Pilot loyihalar qatnashchilari uchun ro’yxatdan o’tishning xususiyatlari
Ro’yxatdan o’tishga tayyorgarlik
MMMK MATdan royxatdan o’tish va unda keyinchalik ishlash uchun tashkilotning amaldagi direktoriga yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi va foydalanuvchilar axborotini himoya qilishni ta’minlaydigan dasturlar - kriptografik DT kerak bo’ladi. ERIni qayerdan olish va kriptografik DTni qanday o’rnatish to’g’risida ERI haqidagi naqolada o’qing.
Raqamli markirovkalash va mahsulotning ko’zatuvchanligi milliy axborot markazining saytiga kiring va “Ro’yxatdan o’tishga kirishish” tugmasini bosing.
Kirishda tizimli ma’lumotlarning tekshiruvi bo’lib o’tadi. MMMK VFTda to’g’ri ishlash uchun quyidagilar kerak:
- Windows 7 Operatsion tizimi yoki yangiе / Maс OS X 10.8 yoki yanada yangiroq;
- Brauzerlarning qollaniladigan versiyasiri: Google Chrome 70, Mozilla Firefox 60, Safari 12, Internet explorer 11;
- E-IMZO kriptografik dasturiy ta’minoti
Muvaffaqiyatli tekshuvdan keyin buyurtmani shaklnnantirishga o’tishingiz mumkin
Arizani shakllantirish
Buyurtmani shakllantirishda mahsulotlar aylanmasining yangi qatnashchisidan 2 ta ma’lunotlarni kititish talab etiladi:
- Kirish mumkin bo’lgan elektron pochta
- Telefon raqami
Qolgan boshqa muhim ma’lumotlar avtomatik tarzda ERIdan tortib olinadi
Buyurtmani yuborish uchun elektron raqamli imzoning kodini kiritish va xususiy raqam beriladigan ro’yxatga olish buyurtmasini qabul qilinishini kutish kerak.
Ro’yxatdan o’tishga buyurtma tushganidan so’ng, markirovkalashning axborot tizimi arizachi haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tekshiruvini o’tlazadi:
- ERIning muddati va haqiqiyligi tekshiriladi;
- buyurtmani imzolagan shaxsning vakolati tekshiriladi;
- tadbirkorlik sub’ekti haqidagi ma’lumotlar soliq organlari tizimida tekshiriladi.
Ma’lunotlarni tekshirish natijalari bo’yicha, buyurtmaga “Ma’qullangan” maqomi beriladi va xos raqam beriladi. Elektron pochtaning Siz korsatgan manziliga buyurma ma’qullanganligining tasdig’i keladi. Agar xat kelmasa, siz buyurmangizning maqomini chiqqan maydonchaga buyurtmaning raqamini kiritgan holda “Buyurtmaning maqomini tekshirish” bo’limidagi MMMK VFTdagi ro’yxatdan o’tish sahifasida tekshirishingiz mumkin.
Agar buyurtma rad etilgan bo’lsa, unda barcha ishni to’g’ri bajarganligingizni tekshiring:
- ERI kaliti muddati o’tmagan;
- ERI yuridik shaxsga korxonaning amaldagi direktoriga rasmiylashtirilgan;
- ERIdagi direktorning STIRi soliq organlari bazasida ko’rsatilgan direktorninh STIRga mos keladi.
Birinchi kirishda profilni to’ldirish
Korxona haqidagi asosiy ma’lunotlar ERI asosiy ma’lumotlari va Tadbirkorlik sub’ektlarining yagona davlat reestri (YDR) ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda to’ldiriladi.
Siz korxonangiz haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni kiritsangiz kifoya:
- Tashkilotning amaldagi (pochta) manzili;
- Bog’lanish telefoni va elektron pochta mabzili;
- Tashkilot ishkaydigan mahsulotlar guruhi.
- Mahsulotlar aylanmasida tashilot ishtirokining turi (bir nechta korsatgichlarni tanlash mumkin).
Kerakli ma’lumotlarni to’ldirib “Keyingi qadam”ni bosing.
Keyin korxonangizning bank rekvizitlarini to’ldiring:
- bankning nomi;
- bank kodi (MFO);
- hisob raqam (milliy valyutada).
Kerakli ma’lumotlarni to’ldirib, “Keyingi qadam”ni bosing va ishlab chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlarni to’ldirishga o’ting. Agar Sizning tashkulotingiz mahsulot ishlab chiqaruvchisi va (yoki) importchisi bo’lsa, unda ishlab chiqarish maydonlari to’g’risidagi ma’lumotlarni toldirishingiz kerak bo’ladi:
- ishlab chiqarish maydoni;
- ishlab chiqarish maydonlarining manzili;
- ishlab chiqarish liniyalarininh momlanishi.
Kiritilgan ma’lumotlaringizni tekshiring va tasdiqlang. Agar barchasini to’g’ri bajatgan bo’lsangiz, tizim ma’lumotlaringizni saqlaydi va mualliflashtirishni taklif etadi.
Hujjatlar paketini imzolash
Tashkilotingiz turiga qarab MAT VGN avtomatik tarzda quyidagi shartnomalarni shakllantiradi:
- markirovkalash tizimiga ulanishga shartnoma (sis korsatgan mahsulot guruhlariga, ularning sonidan qat’iy nazar bitta shartnoma tuziladi);
- Markirovkalash kodlarini berishga shartnoma (siz korsatgan mahsulpt guruhining har biriga alohida shartnoma tuziladi).
Shartnomadan foydalanuvchilarning qulayligi uchun rus va o’zbel tillarida shakllantiriladi.
ERI yordamida shartnomalar imzolanganidan so’ng sizga to’liq funksional tizimga kirish imkoniyati beriladi.
Pilot loyihalar qatnashchilari uchun ro’yxatdan o’tishning xususiyatlari
Pilot loyihalar qanmashchilari
Pilot loyihalarda bo’lgan mahsulotlat aylanmasida qatnashish uchun MMMK MATda ro’yxatdan o’tishga kirishishdan oldin ko’shimcha qadam mavjud. Ro’yxatdan o’tishdan oldin mahsulotlar giruhini belgilash va markirovkalash kodlarini berishga shartnoma tizish uchun mahsulot guruhi menejeriga oldindan xat yozish (elektron shaklda support@crpt.uz elektron pochtasiga), chunki pilot loyihalar uchun markirovkalash kodi bepul beriladi. Shundan so’ng, MMMK MATda ro’yxatdan otishga kirishish mumkin.
Agar oldin ro’yxatga olingan qatnashuvchi pilot loyihasidan majburiyga o’tgan bo’lsa, bunday holatda ornatilgan to’lov evaziga markirovkalash kodini berish boyicha yangi shartnoma tuziladi.
Royxatdan o’tgandan so’ng nima qilish kerak
Royxardan o’tgandan, profilni to’ldirgandan va zarur shartnomalarni imzolagandan keyin, shaxsiy kabinetning barcha imkoniyatlaridan foydalana olasiz. Siz markirovkalashning kodiga buyurtma berishingiz, mahsulotlar aylanmasining boshqa qatnashchilari bilan elektron hisobvaraq-fakturalar almashishingiz va tizimga yangi qatnashchilarni kiritishingiz mumkin.
Shaxsiy kabinetda ishlash to’g’risida "Asl Belgisi" MIT maqolasida o’qing’: ishning boshlanishi. Shaxsiy kabimet qandan tuzilgan va ro’yxatdan o’tgandan keyin nima qilish kerak?
Boshqa foydali maqolalar:
- MK - Milliy karalog Mahsulotlarni nega xatlash kerak, mahsulot kartochlasini qanday yaratish kerak va uni nima qilish kerak?
- Milliy katalogdagi shaxsiy kabinet: funksionallik va mavjud sozlamalar
- ERI — Elektron raqamli imzo. Nima uchun kerak, qayrda olsa bo’ladi
- Biznesning har xil turida raqamli markirovkalashni qo’llashga bo’lgan talablar. Farqi nimada?
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish