Raqamli markirovkalashni joriy etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- kontrabanda va kontrafaktni kamaytirish hisobiga qonuniy ishlab chiqarish ulushi va hajmining o'sishi;
- mahsulotlar harakati haqida onlayn ma'lumotlarni olish, ishlab chiqarish rejalarini, xomashyo sotib olish, mahsulotga bo'lgan talab va taklifni prognozlashmi optimallashtirish;
- elektron hujjat aylanishiga o'tish (kompaniyalar hali ham bir-biri bilan faol almashadigan qog'oz hujjatlar miqdorini keskin kamaytiradi, biznes xarajatlarini kamaytiradi va mehnat unumdorligini oshiradi);
- logistikada tejash (Ishlab chiqaruvchi yoki logistik kompaniya tomonidan sotuvlarning jug’rogiyasi, izchilligi, mavsumiyligi to’g’risidagi dolzarb statistik materiallarni olishlari logistika sxemasini qayta tuzish, etkazib berish hamda jmborxona zaxiralarini optimallashtirish imkoniyatini beradi);
- zamonaviy moliyaviy, buxgalteriya hisobi va omborxona hisobi (hozirda ko'plab tadbirkorlar omborlar va do'konlardagi mahsulotlarning qoldiqlari va kodlari bo'yicha o'zlarining shaxsiy ma'lumotlariga ega emaslar. To'g'ri hisob-kitobsiz foydani hisoblash yoki xaridlarni rejalashtirish mumkin emas, shuning uchun avtomatlashtirish tadbirkorlarga kelajakda o'z ishlarini tartibga solishda yordam beradi.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish