Ushbu bo’limdagi maqolalar

xTrace: ⚠️Yangilangan ASL BELGISI shaxsiy kabinetida ishlashni boshlash uchun sozlamalar [ver. 2.0]

ASL BELGISI yangilangan shaxsiy kabinetida [ver 2.0] ishlash uchun korxona ma’lumotlarini tekshirish va zarur sozlamalarni amalga oshirish kerak.


1‑qadam — tayyorgarlik harakatlari (28.06.2025 y.gacha yoki undan ilgari)

1. E‑pochta manzilini tekshirish

Shaxsiy kabinetda hozirgi va amaldagi elektron manzilingiz ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlang. Agar kerak bo‘lsa, uni yangilang — 30.06.2025 kuni shu manzilga yangi kabinetni faollashtirish uchun havola yuboriladi.

Yo‘l: Shaxsiy kabinet – Profil

2. Rahbarning dolzarbligini tekshirish

2. Profilda tashkilot rahbari sifatida faol rahbar ko'rsatilganligi va unga tegishli yozilgan elektron raqamli imzo (ERI) mavjudligini tekshiring. Agar kerak bo‘lsa, uni yangilang (rahbar ERI yordamida autentifikatsiyadan o‘tadi). Yangi kabinetga kirish aynan shu foydalanuvchi hisobiga beriladi, keyinchalik u boshqa xodimlarni qo‘shishi mumkin.

Yo‘l: Shaxsiy kabinet – Profil

3. Manzil to‘g‘riligini tekshirish

Ushbu manzil yangi kabinetdagi FAOJ (Faoliyatni amalga oshirish joylari) yaratishda ishlatiladi. Tekshirib ko‘ring, haqiqiy manzil yozilganligiga ishonch hosil qiling.

Yo‘l: Shaxsiy kabinet – Profil

4. Rejalashtirilgan ishlar uchun tayyorgarlik

Rejalashtirilgan texnik ishlar vaqtida tizim vaqtincha ishlamaydi. Ishlar muddati bilan Yodam markazi portalida tanishing. Zarurat tug‘ilganda, korxonangiz faoliyati uchun zarur bo‘lgan markirovka kodlarini oldindan zaxira qilib oling.

Yo‘l: ⚠️ Rejalashtirilgan texnik ishlar 28.06.25–30.06.25

Анимация.gif

2 qadam — Asosiy sozlamalar va tekshiruvlar [30.06.2025 va keyin]

5. Pochtani tekshirish

30.06.2025 kuni notifier@aslbelgisi.uz tomonidan sizning 1-bandda ko'rsatilgan e‑pochta manzilingizga faollashtirish havolasi yuboriladi.
Yo‘l: Email

6. Hisobni faollashtirish
«ASL BELGISI akkauntini faollashtirish» so‘zlari mavjud bo‘lgan xatni oching va undagi faollashtirish havolasiga o‘ting.

Muhim (!):

Yo‘l: Email

Анимация2.gif

7. Yangi shaxsiy kabinetga kirish

Hisobni faollashtirgandan so‘ng (6-bandga qarang), siz ASL BELGISI ning yangi shaxsiy kabinetiga kirishingiz mumkin. Korxona rahbariga avtomatik tarzda “Tashkilot administratori” roli beriladi.

Administrator korxona ma’lumotlarini o‘zgartirishi, shuningdek, yangi shaxsiy kabinetga kirish huquqiga ega xodimlarni qo‘shishi mumkin (9-bandga qarang).

Yo‘l: Tizimga kirish

8. Tashkilot profilini tekshirish

Yo‘l: Shaxsiy kabinet → Tashkilot profili

9. Joriy foydalanuvchi (Administrator) ma’lumotlarini tekshirish

Yo‘l: Shaxsiy kabinet → Joriy foydalanuvchi

10. Hodimlarni (biznes-foydalanuvchilarni) qo‘shish

Yo‘l: Shaxsiy kabinet → Tashkilot profili → Foydalanuvchilar

11. Mahsulot kartochkalarini tekshirish

Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan barcha mahsulot kartochkalari nashr etilganligi va to‘g‘ri to‘ldirilganligiga ishonch hosil qiling

Faqat o‘z kartochkalaringizni ko‘rsatish uchun filtrda “Foydalanuvchi turi” → “Faqat o‘z ishtirokchisi” tanlang. Keyinchalik bu zarurat bartaraf etiladi.

Yo‘l: Shaxsiy kabinet → Mahsulot tavsifi

12. API integratsiyasini sozlash

Анимация5.gif

3 qadam — Qo‘shimcha tavsiyalar

13. Hujjatlarni tekshirish
Barcha hujjatlar, jumladan EHF, AIK, BYuD va boshqa hujjatlarning mavjudligi tekshiring.

Yo‘l: Shaxsiy kabinet → «Hujjatlar» bo‘limi

14. Cheklar tekshiruvi
Tashkilotingiz tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kassa cheklarining mavjudligini tekshiring.

Yo‘l: Shaxsiy kabinet → «Hujjatlar» bo‘limi

15. Mobil ilovalarda kodlarni tekshirish
Oldin va yangi yaratilgan markirovka kodlari Asl belgisi va Soliq.Uz mobil ilovalarida to‘g‘ri ko‘rsatilayotganiga ishonch hosil qiling.
Yo‘l: Mobil ilova

16. O‘qitish va testdan o‘tish
Ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqing va markirovkalash kodlari bilan ishlashning butun jarayonini mustaqil ravishda bajaring:
Buyurtma → Qo‘yish → Agregatsiya → Jo‘natma
Yo‘l: Yordam markazi / Tizimda test rejimida ishlash

 
Agar savollar tug‘ilsa, Telegram-bot orqali texnik yordam xizmatiga murojaat qiling.
Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 15 из 29

Sharhlar

0 shathlar

Sahifa sharhlar uchun yopiq