Ushbu bo’limdagi maqolalar

NIS MPT: Transport qadog'ining agregasiyasi buzilish hisoboti

"Transport qadog'ining agregasiyasi buzilish hisoboti" hujjatini shakllantirish tovarlar aylanmasi ishtirokchilariga transport qadoqlari kodlarini ajratib (deagregatsiya qilib) yuborishga imkon beradi.

❗️Mazkur funksional faqat "Dori vositalari" tovar guruhi uchun mavjud❗️

KITUni deagregatsiya qilish bo‘yicha ma’lumotlarni NIS MPTga topshirish uchun yagona shaxsiy kabinetda “Hujjatlar” bo‘limiga o‘tib → “Hujjat qo‘shish” → “Transport qadog'ining agregasiyasi buzilish hisoboti”ni tanlash kerak.
дезагрегат киту.png

Ma’lumotlarni to‘ldirish:

  • Tashkilotga oid ma’lumotlar avtomatik tarzda yuklanadi.
  • Foydalanuvchi deagregatsiya qilinishi lozim bo‘lgan ota (asosiy) KITU (transport qadoqlari) ro‘yxati mavjud bo‘lgan .xls faylni tanlashi kerak.

дезагрегат киту файл.png

 

дезагрегат киту отправить.png

Fayl tanlangandan so‘ng, hujjatni topshirish uchun “Yuborish” tugmasini bosish kerak. Tizim ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va KITUni deagregatsiya qilish bo‘yicha xabarnomani ro‘yxatdan o‘tkazadi.

⚠️Hujjatni qayta ishlash shartlari:

Deagregatsiyani bajarishdan oldin tizim hujjatdagi har bir kodni avtomatik tarzda quyidagi mezonlarga asosan tekshiradi:

  • Tovar guruhi: "Dori vositalari";
  • Kodni maqbul holati: "Yopishtirilgan" (ya'ni, kod qo‘llangan);
  • Qo‘shimcha holat: yo‘q (xususan, kod AİKga kiritilmagan bo‘lishi kerak);
  • Qadoqlash darajasi: 1- yoki 2-darajadagi transport qadoq;
  • Emissiya turi: Import.

Muvaffaqiyatli qayta ishlovdan so‘ng nima sodir bo‘ladi?

  • Ko‘rsatilgan transport qadoqlar deagregatsiya qilinadi – ularning holati "Deagregatsiya qilingan"ga o‘zgaradi;
  • Ichki qadoqlar o‘zgarishsiz qoladi, biroq:
  1. Ularning ota kodi bilan bog‘liqligi olib tashlanadi (ya’ni, ular endi agregatsiya tarkibida emas);
  2. Ushbu deagregatsiya qilingan qadoqlarni o‘z ichiga olgan yuqori darajadagi agregatsiya kodlari ham avtomatik tarzda deagregatsiya qilinadi.

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 1 из 1

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish