Ushbu bo’limdagi maqolalar

xTrace: IZKM - API Tavsifi

Markirovka kodlari buyurtmasi interfeysi (IZKM) tovar aylanmasi ishtirokchilari (UOT) bilan markirovka axborot tizimi o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash va markirovka kodlari (KM) bilan quyidagi amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan:

  • Markirovka kodlarini (KM) chiqarish (generatsiya) buyurtmalarini ro‘yxatga olish, shu jumladan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga uzatish uchun;
  • Ro‘yxatga olingan buyurtmalardan KM olish (yuklab olish);
  • KM chiqarish buyurtmalarini yopish;
  • UOT tomonidan ro‘yxatga olingan buyurtmalarni ko‘rish va qidirish, shu jumladan xizmat ko‘rsatuvchi provayder orqali yaratilgan buyurtmalar;
  • KM bilan operatsiyalar haqida hisobotlarni ro‘yxatga olish, shu jumladan raqamli identifikatsiya vositalarining bosib chiqarish sifatini baholash (validatsiya), KMni qo‘llash, markirovka qilingan tovarlarni agregatsiya qilish va boshqalar;
  • Ro‘yxatga olingan hisobotlarni qidirish va ko‘rish, shu jumladan xizmat ko‘rsatuvchi provayder orqali shakllantirilgan hisobotlar.

IZKM bilan API orqali o‘zaro aloqada bo‘lish uchun tovar aylanmasi ishtirokchisi (UOT) quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

  1. Shaxsiy kabinetda (SHK) avtorizatsiya qilish: https://xtrace.aslbelgisi.uz/login-kep
  2. "Texnik" turidagi foydalanuvchi yaratish
    (batafsil: [foydalanuvchi qo‘shish], [foydalanuvchi turi]).
  3. Texnik foydalanuvchiga kerakli kirish huquqlarini belgilash
    (batafsil: [foydalanuvchiga rol tayinlash]).

Tovarlarni markirovka qilish va agregatsiya qilishda IzKM metodlarini chaqirishning taxminiy ketma-ketligi:

  1. Foydalanuvchini avtorizatsiya qilish;
  2. KM chiqarish buyurtmasini ro‘yxatga olish;
  3. Buyurtma bajarilishi holatini tekshirish;
  4. Buyurtma qilingan KMni olish;
  5. Bosib chiqarish sifatini baholash bo‘yicha hisobotni ro‘yxatga olish;
  6. KMni qo‘llash bo‘yicha hisobotni ro‘yxatga olish;
  7. Tovarlarni agregatsiya qilish bo‘yicha hisobotni ro‘yxatga olish.

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 2 из 2

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish