Ushbu bo’limdagi maqolalar

API - xTrace

Markirovka Kodlarini Buyurtma Qilish Interfeysi (IZKM) tovarlar aylanishi ishtirokchilari (TAI) bilan Markirovka Axborot Tizimi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlash va quyidagi markirovka kodlari (MK) bo‘yicha amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan:

  • MK chiqarish (generatsiya qilish) bo‘yicha buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shu jumladan ularni servis-provayderlarga topshirish uchun;
  • Ro‘yxatdan o‘tgan buyurtmalardan MKlarni olish (yuklab olish);
  • MK chiqarish buyurtmalarini yopish;
  • TAI tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shu jumladan servis-provayder orqali shakllantirilgan MK chiqarish buyurtmalarini ko‘rish va qidirish;
  • MKlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shu jumladan raqamli identifikatsiya vositalarining chop etish sifati (validatsiya)ni baholash, MKni qo‘llash (ishlatish), markirovkalangan tovarlarni agregatsiya qilish va boshqalar;
  • Ro‘yxatdan o‘tgan MK operatsiyalarini qidirish va ko‘rish, shu jumladan servis-provayder orqali ro‘yxatdan o‘tkazilganlarni ham.

IZKM bilan API orqali ishlash uchun, shaxsiy kabinetga (LK) avtorizatsiya qilinishi, “Texnik” turidagi foydalanuvchini yaratishi kerak (qarang: [foydalanuvchi qo‘shish haqida batafsil]) va Foydalanuvchiga kirish huquqlari belgilanadi (qarang: [foydalanuvchi rolini tayinlash haqida]).

 

Tovarlarni markirovkalash va ularni agregatsiya qilish jarayonida IZKM metodlarini chaqirishning taxminiy ketma-ketligi:

  • Foydalanuvchini avtorizatsiya qilish;
  • MK chiqarish buyurtmasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Buyurtma bajarilish holatini tekshirish;
  • Buyurtma qilingan MKlarni olish;
  • Raqamli identifikatsiya vositalarining chop etish sifatini baholash bo‘yicha hisobotni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • MKni qo‘llash bo‘yicha hisobotni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Markirovkalangan tovarlarni agregatsiya qilish bo‘yicha hisobotni ro‘yxatdan o‘tkazish.

Asosiy o‘zgarishlar:

  • Avtorizatsiya sxemasi o‘zgartirildi;
  • Maydonlar tuzilmasi va nomlanishi moslashtirildi;
  • Maydonlar tarkibi qayta ko‘rib chiqildi (buyurtma formasiga markirovka rejimi qo‘shildi, ishlab chiqarilgan mamlakat MKni qo‘llash hisobotiga ko‘chirildi).

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 2 из 2

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish