Hurmatli tovar aylanmasi ishtirokchilari!
"CRPT TURON" MChJ sizni 2025-yil 4-martda bo'lib o'tadigan «Suv va salqin ichimliklar toifasi bo‘yicha distribyutorlar va ulgurji savdo ishtirokchilari uchun markirovka qilingan tovarlarning hisoboti» seminarida ishtirok etishga taklif qiladi.
O'tkazilish joyi: Hilton Tashkent City mehmonxonasi, Tashkent zalı, 2-qavat.
Tadbir davomida ushbu kategoriya bo'yicha belgilangan tovarlar hisoboti va aylanmasiga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqiladi. Seminarda texnik integratorlar, belgilash tizimi operatori va Soliq qo'mitasi vakillari o'z yechimlarini taqdim etib, ekspert fikrlarini bo'lishadilar.
Seminar tajriba almashish, belgilash tizimini joriy etishning asosiy jihatlarini muhokama qilish va muhim savollarga javob olish uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi.
Ishtirokni tasdiqlash muddati — 2025-yil 3-mart soat 12:00gacha.
Ro'yxatdan o'tish uchun ishtirokchilarning F.I.Sh. va lavozimlarini ko'rsatuvchi ma'lumotlarni tovar guruhi menejeri Akrobhjonova Dilsuzga quyidagi aloqa ma'lumotlari orqali yuborishingiz zarur:
Elektron pochta: d.akrobjonova@crpt-turon.uz
Telefon: +998 (90) 188-15-40
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish