Mahsulotning iste'mol qadoqlanishini Markirovka qilinadigan mahsulotlar reestriga ro'yxatdan o'tkazish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:
❗️Mahsulot kartochkasini o‘zbek va rus tillarida to‘ldirish majburiy shart hisoblanadi, aks holda tizim ogohlantirish beradi❗️
1-bosqich
- www.aslbelgisi.uz saytida tovar aylanmasi ishtirokchisi shaxsiy kabinetiga kirish -> belgini bosish
- <Markirovkalangan mahsulotlar reestri> bo‘limiga o‘tish
- <Mahsulot yaratish> tugmasini bosish
- Mahsulot haqidagi ma'lumotlarni to‘ldirish
- *Mahsulot guruhi - Tibbiy buyumlar.
- *Mahsulot kategoriyasi - Ma’lumotlar lug‘atidan to‘g‘ri kategoriyani tanlash (kiritilayotgan mahsulotga muvofiq).
- *TN VED kodi- Sertifikatga asosan ro‘yxatdan tanlash.
- *Mahsulot kodi (GTIN) - Mahsulot qadoqlanishida ko‘rsatilgan shtrix-kodni kiritish.
- *Qadoqlash turi- Iste'molchi uchun.
- "Keyingi" tugmasini bosish.
2-bosqich
Majburiy maydonlarni belgilash:
Mahsulotni identifikatsiyalash:
*Mahsulotning savdo nomi - Buyumning nomi, tavsifi (dorivor shakli, tibbiy yoki notibbiy, steril yoki nosteril va h.k.), dozalash yoki gramm, sm, mm da va qadoqdagi birliklar soni ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar ro‘yxatga olish guvohnomasiga asosan ko‘rsatiladi
Misol:
1)2)
*Savdo markasi - Patentlangan nom ko‘rsatiladi. Agar mahsulot patentlanmagan bo‘lsa, "Savdo belgisi yo‘q" deb yoziladi.
*Ishlab chiqarilgan davlat- Lug‘atdan ishlab chiqarilgan mamlakat tanlanadi.
Mahsulotni klassifikatsiya qilish:
*Tayinlanishi yoki qisqacha tavsifi - Foydalanish yo‘riqnomasiga muvofiq tanlanadi.
*IS<MXIK Reestri> bo‘yicha mahsulot subpozitsiyasi - tasnif.soliq.uz saytida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asosan tanlash.
Dorivor vosita qadoqlanishi tavsifi:
*Birinchi qadoq turi- Qo‘llanma asosida to‘g‘ri variantni ochiluvchi ro‘yxatdan/yordamchi katalogdan tanlash kerak.
*Birinchi qadoqdagi birliklar soni- Birinchi qadoqda nechta birlik borligini sonli ko‘rsatkichda kiritish lozim.
Da'volarni qabul qiluvchi tashkilot:
*Da'volarni qabul qiluvchi tashkilot nomi - Qo‘llanma asosida ko‘rsatilishi shart.
* Da'volarni qabul qiluvchi tashkilot manzili - Qo‘llanma asosida to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
*Da'volarni qabul qiluvchi tashkilot telefoni - Qo‘llanma asosida ko‘rsatilishi kerak.
Iste'molchi xususiyatlari:
*Steril hisoblanadimi- Qo‘llanma asosida to‘g‘ri variantni ochiluvchi ro‘yxatdan/yordamchi katalogdan tanlash kerak.
* Yaroqlilik muddati, oy - Qo‘llanma asosida (oylarda) to‘g‘ri variantni ochiluvchi ro‘yxatdan tanlash kerak.
*Birlik – Qo‘llanma asosida to‘g‘ri variantni ochiluvchi ro‘yxatdan tanlash kerak.
*Tarkibi - Qo‘llanma asosida ko‘rsatilishi shart.
Ishlab chiqaruvchi:
*Ishlab chiqaruvchi nomi - Mahsulotning qadoqlanishida va hamroh hujjatlarda ishlab chiqaruvchi haqida ma'lumotlar mavjud.
*Ishlab chiqaruvchining soliq identifikatsiya raqami (INN)- Mahsulot ishlab chiqaruvchisi (yuridik shaxs)ning INN raqamini ko‘rsatish zarur (GTIN egasi).
*Ishlab chiqaruvchining joylashgan manzili - Mahsulotning qadoqlanishida va hamroh hujjatlarda ishlab chiqaruvchi haqida ma'lumotlar mavjud.
Ro‘yxatga olish guvohnomasi:
*Ro‘yxatga olish guvohnomasi raqami- Harf va raqamlardan iborat tarzda guvohnomaga muvofiq ko‘rsatilishi kerak.
*Guvohnomaning berilgan sanasi - Ro‘yxatga olish guvohnomasiga muvofiq ko‘rsatiladi.
*Cheksiz amal muddati belgisi - Ro‘yxatga olish guvohnomasiga muvofiq ochiluvchi ro‘yxatdan to‘g‘ri variant tanlanadi.
* Ro‘yxatga olish guvohnomasining amal qilish muddati- Ro‘yxatga olish guvohnomasiga muvofiq ko‘rsatiladi.
* Dori vositasi qadoqining identifikatori- Bu maydon ixtiyoriy. Ma'lumot mavjud bo‘lsa, to‘ldiriladi.
*Ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining nomi - Ro‘yxatga olish guvohnomasiga muvofiq ko‘rsatiladi.
*Ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining yuridik manzili - Ro‘yxatga olish guvohnomasiga muvofiq ko‘rsatiladi.
*Ro‘yxatga olish guvohnomasi egasining soliq identifikatori (INN) - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan olingan INN ko‘rsatilishi kerak.
"Keyingi" tugmasini bosing
3-bosqich
"Ko‘rish" tugmasini bosing
*Ochiluvchi ro‘yxatdan rakursni tanlang va mos suratni yuklang (mahsulotning besh xil rakursdagi fotosuratlari)
*Qoralamani saqlash" tugmasini bosing – mahsulot kartasiga ma'lumot kiritish oynasi yopiladi
*"Mahsulotlar" bo‘limida "Qoralamalar" ichki bo‘limini tanlang, mahsulot kartasining qoralamasini tanlab, GTIN maydoniga bosing.
"Imzolash va moderatsiyaga yuborish" tugmasini bosing
Eslatma:
*Tekshiruv/moderatsiyani kutayotgan mahsulot kartalarini “Mahsulotlar” bo‘limidagi “Moderatsiyada” ichki bo‘limida ko‘rish mumkin.
*Nashr etilgan mahsulot kartalari “Mahsulotlar” bo‘limidagi “Nashr etilganlar” ichki bo‘limida joylashgan.
⚠️ Har bir atributning batafsil tavsifi, mahsulot guruhlari bo‘yicha bo‘lingan holda, ASL BELGISI yordam markazining “Mahsulotlar mahsulotlar reyestri” bo‘limida mavjud. Bu bo‘limdan foydalanish uchun foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishi/yoki avtorizatsiyadan o‘tishi zarur.
Buning uchun quyidagi ikki bosqichni bajarish lozim:
1.Ro‘yxatdan o‘tish: https://turon.zendesk.com/auth/v2/login/registration
2. Elektron pochtangizga kelgan havolani bosib, akkauntingizni faollashtiring. Shundan so‘ng bo‘lim ko‘rish uchun ochiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish