Mahsulotning guruhli qadoqlanishini Markirovkalangan mahsulotlar reestriga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
❗️Mahsulot kartasini o‘zbek va rus tillarida to‘ldirish majburiy, aks holda tizim ogohlantirish beradi.❗️
1-qadam:
-
www.aslbelgisi.uz saytida ishtirokchi shaxsiy kabinetiga kirish → Belgini bosish
-
Markirovkalangan mahsulotlar reestri bo‘limiga o‘tish
-
Mahsulot yaratish tugmasini bosish
-
Mahsulot haqida ma’lumotlarni to‘ldirish
Asosiy ma’lumotlar:
-
Mahsulot guruhi: Alkagol mahsulotlari
-
Mahsulot kategoriyasi: Mos variantni ro‘yxatdan tanlash
-
TIF TN kodi: Mos kodni sertifikat asosida tanlash
-
Mahsulot kodi (GTIN): Mahsulot qadoqidagi shtrix-kodni kiritish
-
Qadoqlash turi: Guruhli
-
Keyingi tugmasini bosish
2-qadam:
✅ Majburiy maydonlar belgisini tanlash
Mahsulotni identifikatsiya qilish:
-
Mahsulotning savdo nomi: Mahsulot nomi, brend nomi, foizi va hajmini ko‘rsatish
-
Ichki iste’mol qadoqining GTIN kodi: Ro‘yxatdan o‘tgan iste’mol qadoqlari shtrix-kodini kiritish
-
Ichki qadoqlar soni: Guruhli qadoq ichidagi mahsulot sonini ko‘rsatish
Keyingi tugmasini bosish
3-qadam:
Ko‘rib chiqish tugmasini bosish
-
Foto kontentni yuklash
Ro‘yxatdan kerakli rakursni tanlab, mos suratni yuklash (5 xil rakursdagi 5 ta surat)
-
Qoralama saqlash tugmasini bosish, mahsulot kartasi oynasi yopiladi.
Mahsulotlar bo‘limida "Qoralamalar" yorlig‘ini ochib, kerakli mahsulot qorlamasini tanlab, faol GTIN maydonini bosish
-
Imzolash va moderatsiyaga yuborish tugmasini bosish
Eslatma:
-
Moderatsiyani kutayotgan mahsulot kartalari "Mahsulotlar" bo‘limidagi "Moderatsiyada" yorlig‘ida ko‘riladi
-
Tasdiqlangan mahsulot kartalari "Mahsulotlar" bo‘limidagi "E’lon qilingan" yorlig‘ida joylashgan
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish