Ushbu bo’limdagi maqolalar

Agregatsiya. Tovarlarni agregatsiyalash bo‘yicha tavsiyalar

Logistika jarayonlarini ta’minlash uchun "ASL BELGISI" Milliy Axborot Tizimida markirovkalangan tovarlarni agregatsiyalash funksiyasi joriy etilgan — bu logistik qadoqlarni (guruhli va transport qadoqlar) shakllantirish va har bir qadoqqa o‘zining raqamli identifikatorini (agregatsiya kodini) biriktirishni nazarda tutadi. Bu kod barcha ichki qadoqlarning ierarxiyasi haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi.

Agregatsiya, logistik qadoqni ochmasdan va ichidagi har bir mahsulot birligi identifikatsiya vositalarini skanerlashsiz, markirovkalangan tovarlarning aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni ishtirokchilar o‘rtasida shakllantirish imkonini beradi.

Tovarlarni agregatsiyalash bo‘yicha ma’lumotlarni "ASL BELGISI" tizimiga logistik qadoqni (guruhli yoki transport) shakllantirgan tovar ayirboshlash ishtirokchisi yuboradi.

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 6 из 7

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish