Logistika jarayonlarini ta’minlash maqsadida NIS "ASL BELGISI"da markirovka qilingan tovarlarni agregatsiya qilish funksiyasi nazarda tutilgan – ya’ni logistik qadoq (guruhli va transport) shakllantiriladi hamda unga barcha ichki qadoqlar iyerarxiyasi haqida ma’lumot saqlovchi o‘zining raqamli identifikatori (agregatsiya kodi) beriladi.
Agregatsiya, logistik qadoqni ochish yoki ichki tovar birliklarining identifikatsiya vositalarini skanerlash zaruratisiz, markirovka qilingan tovarlarning muomalasi haqidagi ma’lumotlarni muomala ishtirokchilari o‘rtasida shakllantirish imkonini beradi.
Tovarlarni agregatsiya qilish haqidagi ma’lumotlar logistik qadoqni (guruhli yoki transport) shakllantirayotgan tovar muomalasi ishtirokchisi tomonidan NIS «ASL BELGISI»ga yuboriladi.
Batafsil ⬇️
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish