Ushbu bo’limdagi maqolalar

⚠️ Qadoq turi (ma’lumot, majburiy)

Ochiladigan ro'yxat / ma'lumotnomadan siz tegishli qadoqlash turini tanlashingiz kerak - iste'molchi yoki guruhli qadoqlash.

Mahsulotlarni markirovkalash qoidalari qadoqlashning ikki turini belgilaydi:

  • iste'molchi qadoqlash - iste'molchigacha yetkazib beriladigan birlamchi qadoqlash (mahsulot bilan bevosita aloqada bo'lgan qadoq) yoki birlamchi va ikkilamchi qadoqlash birikmasi (mahsulot solinadigan birlamchi qadoq, lekin guruhli yoki transport qadog'iga kirmaydi);
  • guruhli qadoqlash - polimer plyonka yoki qog'ozga o'ralgan yoki qog'oz lenta bilan o'ralgan, iste'molchiga to'liq yoki uni qisman qholatda sotilishi mumkin bo'lgan iste'mol qadog'idagi mahsulotlar to'plami.

Raqamli markirovkalash tizimidagi asosiy hisob birligi iste'molchi qadoqlari hisoblanadi.

Guruhli qadoqlash yordamchi xususiyatga ega va logistika jarayonlari uchun ishlatiladi, lekin iste'molchi qadoqlash kabi, u oxirgi iste'molchiga chakana savdo paytida muomaladan chiqarilishi mumkin.

Mahsulot guruhi Iste'molchi qadoqlash Guruhli qadoqlash
Tamaki mahsulotlari Ha Ha
Alkogol mahsulotlari Ha Ha
Pivo va pivo mahsulotlari Ha Ha
Maishiy texnika Ha Yo‘q
Dori vositalari* Ha Yo‘q
Suv va salqin ichimliklar Ha Ha

*“Dori vositalari” mahsulot guruhi uchun iste’mol qadog'i deganda dori vositasining ikkilamchi (tashqi) qadog'i (birlamchi qadoqdagi dori vositasi solinagan qadoq), u mavjud bo‘lmaganda esa – dori vositasining birlamchi (ichki) qadog'i (doriv shakli bilan bevosita aloqada bo'lgan qadoq) tushuniladi. 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 16 из 24

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish