Qadoq identifikatori (Qadoq ID) — bu raqamli qiymat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganda beriladi.
Dori vositasining qadoq ID’sini www.uzpharminfo.uz resursi orqali bilish mumkin.
1. Tizimga kirish
Saytga o‘ting: Uzpharminfo
Login va parolni kiriting.
«KIRISH» tugmasini bosing (yoki zarurat bo‘lsa ONE ID yoki EIMZO orqali kiring).
2. Qadoqlar hisobini yuritish bo‘limiga o‘tish
Yuqori menyudan «Asosiy» bo‘limini tanlang.
Ochilgan ro‘yxatdan «Qadoqlar hisobga olingan dori vositalari» kichik bo‘limini tanlang.
3. Kerakli dori vositasini qidirish
Chiqqan jadvalda qidiruv maydoniga ro‘yxatga olish guvohnomasi raqamini kiriting.
Natijalar ro‘yxatda aks etadi.
«Qadoq ID» ustunida kerakli identifikatorni toping.
Sharhlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish