Ushbu bo’limdagi maqolalar

⚠️ IKPU subpozitsiyasi (ma'lumot uchun qiymat, majburiy)

Ro‘yxatdan tanlash/jadvaldan belgilangan tovarga tegishli IKPU subpozitsiyasini tanlash kerak.

IKPU nima

IKPU – mahsulot va xizmatlarni identifikatsiyalash kodi bo‘lib, ma'lum bir turdagi tovar yoki xizmatga beriladigan belgilar (raqamlar) to‘plamidan iborat va elektron hisob-fakturalar, elektron shartnomalar hamda KKM cheklarida aks etadi.

IKPU kodlari ro‘yxati ierarxik tuzilishga ega:

  • guruh
  • klass
  • pozitsiya
  • subpozitsiya
  • brend
  • atribut

Снимок

IKPU nimaga ta'sir qiladi

IKPU quyidagi jarayonlarda qo‘llaniladi:

  • Mahsulotni Yagona elektron milliy mahsulot katalogida (tovarlar va xizmatlar) ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Elektron hisob-fakturalarni (ESF) rasmiylashtirish;

  • Fiskal hujjatlarni (onlayn KKM cheklarini) rasmiylashtirish.

IKPU subpozitsiyasini qanday aniqlash mumkin

Mos keluvchi qiymatni taklif etilgan ro‘yxatdan tanlab, IKPU subpozitsiyasini ko‘rsating. Siz tanlagan qiymat mahsulotni ro‘yxatdan o‘tkazishda va Yagona elektron milliy mahsulot katalogida (tovarlar va xizmatlar) IKPU kodini berishda ishlatiladi.

IKPU kodlarining to‘liq ro‘yxati bilan Yagona elektron milliy mahsulot katalogi (tovarlar va xizmatlar) saytida tanishishingiz mumkin.

 

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?
Ushbu material foydali deb hisoblaydiganlar uchun: 64 из 91

Sharhlar

0 shathlar

sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish