"Asl Belgisi" MAT(Milliy Axborot Tizimi) tizimida markirovka kodlarini 1-holatidan 2-holatga o‘tkazish uchun quyidagi hisobotlarni tayyorlash kerak bo‘ladi:
1. Markirovka kodlarini mahsulotga qo'llanilganligi haqidagi hisobot.
2. Markirovka kodlarini yaroqsizligi (nuqsoni borligi) haqidagi hisobot.
3. Markirovka kodlarini umulashtirganimiz ya'ni agregatsiyalaganimiz haqida hisobot.
4. Dezagregatsiya holati.
Quyida ularni har bittasini ko‘rib chiqamiz.
1. Markirovka kodlarinining mahsulotga qo'llanilganligi haqida hisobot.
Bu yerda markirovka kodlarini elektron tarzda tizimdan qabul qilgandan so'ng, uni chop etilganligi yoki qo'llanilganligi haqida tizimga hisobot beramiz va ana shundan keyin tizimda "BUYURTMA QILINDI" holatidan "QO‘LLANILDI" holatiga o'zgaradi.
Buning uchun "Asl belgisi" MAT tizimiga kirib, "KODLARGA BUYURTMA BERISH"ni tanlaymiz.
Chap paneldagi "HISOBOTLAR" bo'limiga kirib, "YARATISH" tugmasini tanlab, "Olib kelish" qatorini tanlaymiz.
Hozirgi kunda (01.02.2023) faqat 2 ta mahsulot guruhi (Pivo yoki Tamaki mahsulotlari) uchun markirovka kodlari qo'llanilganligi haqida hisobot talab etiladi.
*Boshqa mahsulotlarda esa elektron markirovka kodlarini yuklab olayotgan paytda kodlar qo'llanilganligi haqida hisobot avtomatik ravishda tizim tomonidan kiritiladi.
Kerakli mahsulotni tanlab zaruriy(Qizil bilan belgilangan) ma'lumotlarni kiritishni boshlaymiz.
"Qo'llanilish turi": markirovka kodlari chop etildi yoki markirovka kodlari tushirilganligi tasdiqlandi. Shu ikki qatordan birini tanlaymiz.
Aynan qaysi markirovka kodlari chop etilgani yoki qo‘llanilganligini ko'rsatish uchun tizimga CSV shaklidagi (Tizimdan avval yuklab olingan) markirovka kodlarini joylashtirishimiz lozim.
Bizning holatimizda 11ta markirovka kodlari bor va biz ularni joylashtiramiz.
Hammasi muvofaqqiyatli qabul qilinganidan so'ng "JO'NATISH" tugmasini bosamiz va shu bilan hisobot tayyor bo'ladi.
2. Markirovka kodlarini yaroqsizligi (nuqsoni borligi) haqidagi hisobot 
Bu yerda markirovka kodlarining chop etilgani yoki qo'llanilganligidan so'ng markirovka kodlarining nuqsoni borligi haqida tizimga hisobot berish kerak va shundan so'ng tizimda "BUYURTMA QILINDI" holatidan "Yaroqsiz" holatiga o'zgaradi.
Buning uchun "Asl belgisi" MAT tizimiga kirib, "KODLARGA BUYURTMA BERISH"ni tanlab, chap yon paneldagi "HISOBOTLAR" bo'limidan "YARATISH"ni bosib "HISOBDAN CHIQARISH" ni tanlaymiz.
Hozirgi kunda faqat Tamaki mahsulotlar uchun "HISOBDAN CHIQARISH" ni ishlata olamiz
Yo'q qilishni taklif qilinganidan sabablardan tanlaymiz
Barcha kerakli bo'lgan maydonlarni to'ldirganimizdan so'ng hisobdan chiqarmoqchi bo'lgan markirovka kodlarini (Avval tizimdan yuklab olingan) CSV formatida joylaymiz . Mening holatimda 4 ta markirovka kodlarini joylayman va "JO'NATISH" tugmasini bosaman . Shu bilan Nuqsoni borligi haqidagi hisobot tayyor
3. Kod markirovkalani umumlashtirganimiz ya'ni Agregatsiyalaganimiz haqida hisobot.
Bu yerda bir nechta yopishtirilgan markirovka kodlarini 1 ta qobiqga Agregatsiyalash (Umumlashtirsh) va ana shu umumlashtirilgan qobiqga Kod berish haqida tizimga hisobot yuborish uchun kerak va ana shundan keyin tizimda "Qo'llanildi" holatidan "AGREGATSIYALANGAN" holatiga o'zgaradi.
*Hozirgi kunda (01.02.2023) Agregatsiya 5 ta mahsulotlar uchun: Tamaki mahsulotlar , Alkogol , Ichimlik suvi , Pivo va Pivo ichimliklari va Maishiy texnika uchun kerak bo'ladi.
*Har bitta mahsulotni majburiy agregatsiya boshlanish muddati mavjud.
Tamaki mahsulotlari VMQ 833 3-bo'lim 1 va 3 bob
Alkogol mahsulotlari VMQ 833 4-bo'lim 1 va 3 bob
Ichimlik suvi VMQ 631 1-bo'lim
Pivo va Pivo ichimliklari VMQ 833 4-bo'lim 1 va 3 bob
Maishiy texnika VMQ 148
Agregatsiyani qilish uchun "Asl belgisi" MAT tizimiga kirib , "KODLARGA BUYURTMA BERISH" ni tanlab , chap yon paneldagi "HISOBOTLAR" bo'limidan "YARATISH"ni bosib "AGREGATSIYA" ni tanlaymiz .
Mahsulot guruhi tanlangandan so'ng (mening holatimda Maishiy texnika) Agregat kodini yaratishimiz zarur . Agregat kodini 2 ta usul bilan qilsa bo'ladi
1.Milliy katalogda Nashr qilinib Guruh qadog'iga olingan kodi.
2.GS1 tomonidan beriladigan SSCC Transport qadog'iga olingan kodi.
Man SSCC transport qadog'ini qo'llayman
"O'lcham hajmi" maydoniga - (Agregatsiya) umumlashtirmoqchi bo'lgan qobiqimizning hajmi yani qobiqning ichiga qancha mahsulot sig'ishini ko'rsatamiz . Huddi shuncha markirovka kodlarini (avval tizimdan yuklab olingan) CSV formatida joylaymiz . shundan so'ng agregatsiyamiz tayyor.
4.Dezagregatsiya Holati
**Agregatsiya qilinganidan so'ng yaratilgan agregatsiyaga o'zgartirish yoki ichiga yana markirovka kodlarini qo'shib bo'lmaydi . Agar agregatsiyani o'zgartirmoqchi bo'lsangiz faqat yangi agregatsiya yarata olasiz .
**Agar yaratilgan agregatsiyani ichida ko'rsatilgan markirovka kodlarini 1 ta si bo'lsa ham olingan(sotilgan) bo'lsa, Agregatsiya kodi butunligini yo'qotadi va Agregatsiya kodini ishlatib bo'lmaydi.
Misol: 10 ta markirovka kodlarini 1 ta qobiqga agregatsiyaladingiz ya'ni umumlashtirdingiz . Shu qobiqni ichida 10 ta mahsulot markirovka kodlarini bor deb tizimga hisobot berdingiz va qobiq uchun SSCC yoki Guruh qadog'i kodini qo'lladingiz.
Qobiqni hajmi 10 ta emas 15 ta tovar uchun mo'ljallangan yoki kattaroq qobiqni topdingiz va uni eski 10 qilgan agregatsiyani o'rniga ishlatmoqchisiz . Bu holda yangi Agregatiya kodini yaratasiz , 15 ta markirovka kodlarini (10 ta bundan oldingi agregatsiyada ishlatilgan hamda 5 ta kod boshqa markirovkani CSV formatida jamlaysiz va tizimga joylaysiz.
Shunday holatda eski Agregatsiya butunligini yo'qotib "Ajratilgan" yoki "ДЕЗАГРЕГИРОВАН" holatiga o'tadi . yangisini ichida esa sizga kerakli bo'lgan markirovka kodlarini jamlaysiz , agregatsiyalaysiz.
Maqolamiz tushunarli bo'ldi degan umiddaman , agar tushunarsiz bo'lsa , iltimos izohingizni qoldiring
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish