"Asl Belgisi" MAT (Milliy Axborot Tizimi) tizimida markirovka kodlarini 1-holatidan 2-holatga o‘tkazish uchun quyidagi hisobotlarni tayyorlash kerak bo‘ladi:
1. Markirovka kodlarini mahsulotga qo'llanilganligi haqidagi hisobot.
2. Markirovka kodlarini yaroqsizligi (nuqsoni borligi/dropout) haqidagi hisobot.
3. Markirovka kodlarini agregatsiyalash haqida hisobot.
4. Dezagregatsiya holati.
Quyida ularni har bittasini ko‘rib chiqamiz.
1. Markirovka kodlarinining mahsulotga qo'llanilganligi haqida hisobot.
BBSning ishlab chiqarish sxemasida "Qo'llash haqida hisobot" funksiyasini faollashtirish sanasi: ICOM quyida ko'rsatilgan:
Mahsulot guruhi | Sana |
Suv va salqin ichimliklar | 01.07.2023 |
Alkogol mahsulotlari | 01.08.2023 |
Pivo va pivo mahsulotlari | 01.08.2023 |
Dori vositalari | |
Tamaki mahsulotlari | |
Maishiy texnika |
Buning uchun “Asl Belgisi” MATning shaxsiy kabinetiga kirishingiz va “Buyurtmani boshqarish stantsiyasi” yoki “Buyurtma kodlari” bandini tanlashingiz kerak.
"Hisobotlar" bo'limini oching, funksiya menyusidagi "Yaratish" tugmasini bosing va "Qo'llash" qatorini tanlang.
Mahsulotlar guruhini tanlaymiz va kerakli ma'lumotlarni kiritamiz (qizil rang bilan belgilangan).
"Foydalanish turi": "markirovka kodlari chop etildi" yoki "ilova tasdiqlandi" (Data Matrix kodi to'g'ridan-to'g'ri qadoqqa qo'llanganligini yoki stiker bilan yopishtirilganligini tasdiqlaydi). Taklif etilgan ikkita variantdan mos variant tanlanadi.
- markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilgan sana (majburiy);
- markirovkalangan mahsulotlarning yaroqlilik muddati (ixtiyoriy);
- seriya raqami (ixtiyoriy).
Tizimga qaysi markirovkalash kodlari chop etilgani yoki qo'llanilganligi haqida ma'lumot berish uchun CSV formatida tasdiqlash kodlari (kripto dumlari) bilan markirovkalash kodlarini yuklash kerak. Kodlar "Berilgan" holatida bo'lishi kerak. Kodlarning maksimal soni 30 000 dan oshmasligi kerak.
Keyin yuborish tugmasini bosamiz va natijani hisobotlar ro'yxatida ko'ramiz.
2. Markirovka kodlarini yaroqsizligi (nuqsoni borligi/dropout) haqidagi hisobot
Ushbu bo'limda markirovka kodlari chop etilgandan yoki qo'llanilgandan so'ng, tizimga kodlarni u yoki bu sabablarga ko'ra hisobdan chiqarish kerakligi haqida xabar beriladi.
Buning uchun "Asl belgisi" MAT Shaxsiy kabinetiga kirib, "KODLARGA BUYURTMA BERISH"ni tanlab, chap yon paneldagi "HISOBOTLAR" bo'limidan "YARATISH"ni bosib "HISOBDAN CHIQARISH" ni tanlaymiz.
*Hozirgi kunda faqat Tamaki mahsulotlar uchun "HISOBDAN CHIQARISH"ni ishlata olamiz.
Taklif etilgan ro'yxatdan siz markirovka kodlarini o'chirish sababini tanlashingiz kerak.
Barcha kerakli maydonlarni to'ldirgandan so'ng, biz markirovka kodlarini (tasdiqlash kodisiz) CSV formatida yuklaymiz. Kodlar "Qo'llaniladigan" holatida bo'lishi kerak.
Keyin, "Yuborish" tugmasini bosamiz.
3. Markirovka kodlarini agregatsiyalash haqida hisobot.
Hozirgi kunda (01.02.2023) 5 ta mahsulot guruhi uchun agregatsiya talab etiladi: Tamaki mahsulotlari, Alkogol, Suv va salqin ichimliklar, Pivo va Pivo ichimliklari va Maishiy texnika.
Har bitta mahsulot uchun majburiy agregatsiya boshlanish muddati mavjud.
Tamaki mahsulotlari VMQ 833 3-bo'lim 1 va 3 bob
Alkogol mahsulotlari VMQ 833 4-bo'lim 1 va 3 bob
Ichimlik suvi VMQ 631 1-bo'lim
Pivo va pivo ichimliklari VMQ 833 4-bo'lim 1 va 3 bob
Maishiy texnika VMQ 148
Agregatsiyani amalga oshirish uchun “Asl Belgisi” MATning shaxsiy kabineti orqali chap yon paneldagi “Hisobotlar” bo‘limida “KODLARGA BUYURTMA BERISH” -> “Yaratish” bandini tanlang va “Agregatsiya” bandini tanlang. Mahsulot guruhini tanlagandan so'ng, ikkita usuldan birida yaratiladigan umumiy kodni yaratish kerak:
1-usul. Milliy katalogda nashr etilgan guruh qadog'i uchun markirovka kodini buyurtma qilish.
2-usul. 18 xonali SSCC format kodini shakllantirish.
SSCC kod misolida ko'rib chiqamiz.
"O'lcham hajmi" maydoniga - (Agregatsiya) umumlashtirmoqchi bo'lgan qadog'imizning hajmi ya'ni qadoqning ichiga qancha mahsulot sig'ishini ko'rsatamiz. Xuddi shuncha markirovka kodlarini (avval tizimdan yuklab olingan) CSV formatida joylaymiz. Shundan so'ng agregatsiyamiz tayyor hisoblanadi.
4.Dezagregatsiya holati
Agregatsiya qilinganidan so'ng yaratilgan agregatsiyaga o'zgartirish yoki ichiga yana markirovka kodlarini qo'shib bo'lmaydi. Agar agregatsiyani o'zgartirmoqchi bo'lsangiz faqat yangi agregatsiya yarata olasiz.
Agar yaratilgan agregatsiyani ichida ko'rsatilgan markirovka kodlarini 1 ta si bo'lsa ham olingan (sotilgan) bo'lsa, agregatsiya kodi butunligini yo'qotadi va uni ishlatib bo'lmaydi.
Misol: 10 ta markirovka kodlarini 1 ta qadoqqa agregatsiyaladingiz ya'ni umumlashtirdingiz. Shu qadoq ichida 10 ta mahsulot markirovka kodlarini bor deb tizimga hisobot berdingiz va qadoq uchun SSCC yoki Guruh qadog'i kodini qo'lladingiz.
Qadoqni hajmi 10 ta emas 15ta tovar uchun mo'ljallangan yoki kattaroq qadoqni topdingiz va uni eski 10ta qilgan agregatsiyani o'rniga ishlatmoqchisiz. Bu holda yangi agregatsiya kodini yaratasiz, 15ta markirovka kodlarini (10 ta bundan oldingi agregatsiyada ishlatilgan hamda 5ta kod boshqa markirovkani) CSV formatida jamlaysiz va tizimga joylaysiz.
Shunday holatda eski Agregatsiya butunligini yo'qotib "Ajratilgan" yoki "ДЕЗАГРЕГИРОВАН" holatiga o'tadi, yangisini ichida esa sizga kerakli bo'lgan markirovka kodlarini jamlaysiz, agregatsiyalaysiz.
Maqolamiz tushunarli bo'ldi degan umiddaman , agar tushunarsiz bo'lsa , iltimos izohingizni qoldiring.
Sharhlar 0
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish