Buyurtmani yaratish
Mahsulot aylanmasi ishtirokchisining shaxsiy kabinetida markirovkalash kodlariga buyurtma berish uchun "Kodlarga buyurtma berish" bo'limiga o'tish kerak:
O'tgandan so'ng, chap panelda quyidagi bo'limlar ko'rinadi:
- Buyurtmalar
- Hisobotlar
- Servis-provayderlar
- Qurilmalar
Buyurtmani yaratish uchun "Buyurtmalar" bo'limiga o'tish va buyurtmani shakllantirish kerak. Buning uchun "Qo'shish" tugmasini bosish kerak;
Keyinchalik, "Maishiy texnika" mahsulot guruhini tanlab, paydo bo'lgan kerakli maydonlarni to'ldirishingiz va "Keyingi" tugmasini bosishingiz kerak;
Shundan so'ng, aloqa ma'lumotlari va tovarni olib chiqish usuli (O'zbekistonda ishlab chiqarilgan, O'zbekistonga olib kelingan, qoldiqlarni markirovkalash) ko'rsatiladi.
Keyin qizil rang bilan belgilangan maydonlarni to'ldirishingiz kerak:
- Tovar kodi (Shtrixkod katalogda);
- Qadoq kodi turi (Iste'mol);
- Markirovka kodlari soni;
- Seriya raqamini yaratish usuli (markirovkalash kodining seriya raqamini ishtirokchining o'zi yoki avtomatik ravishda yaratishda (seriya raqamlari tizim tomonidan ishlab chiqariladi)).
"Maishiy texnika" mahsulot guruhi uchun faqat bitta turdagi qadoqlash qo'llaniladi - "Iste'mol" qadog'i.
Barcha kerakli maydonlarni to'ldirgandan so'ng, "Saqlash" tugmasini bosishingiz kerak;
Markirovkalash kodlarini yuklab olish "Asl Belgisi" MAT (Milliy axborot tizimi) buyurtmalarni boshqarish stansiyasida tekshirilgandan va bajarilgandan so'ng amalga oshiriladi. Buning uchun "Asl Belgisi" MATning "Buyurtma kodlari" bo'limidagi "Buyurtmalar" sahifasiga o'tishingiz kerak.
Faol buyurtmani ochish va "Tovarlar" sahifasiga o'tish lozim.
"Harakatlar" sahifasidagi "Printerlar" tugmasini bosish kerak.
Shundan so'ng, tizim markirovkalash kodlarini yuklab olish uchun format tanlashni taklif qiladi: CSV, PDF.
MUHIM: Har bir format uchun tizim yuklab olish faylida ruxsat etilgan MK sonini ko'rsatadi. CSV - 1 dan 30 000 gacha, PDF - 1 dan 500 gacha.
Har qanday formatni tanlashda: hozirgi paytda yuklab olinishi kerak bo'lgan miqdor ko'rsatiladi.
"Kodlarga buyurtma berish"ga o'tishga muammo yuzaga kelganda, aslbelgisi.uz manzilidan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Boshqa foydali maqolalar:
- TIF TN kodiga muvofiq raqamli markirovkalash shart bo'lgan maishiy texnika mahsulotlari ro'yxati
- Tovar qoldiqlarini markirovkalsh uchun texnik kartochkani qanday ro'yxatdan o'tkazish kerak?
- "Maishiy texnika" bo'yicha kartani to'ldirish misoli, ikki kamerali sovutgich
- Maishiy texnikani majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish bosqichlari
Sharhlar 0
Sahifa sharhlar uchun yopiq